shaxs-son qo‘shimchalari, tuslovchi qo‘shimchalar,
birlik son, ko‘plik
son, shaxs-son asosi.
31.2. ZAMON QO‘SHIMCHALARINING USLUBIY
XUSUSIYAТLARI
Dars maqsadi: zamon qo‘shimchalari yuzasidan o‘rta umumiy ta’limda
olgan bilimlarni mustahkamlash. Zamon qo‘shimchalaridan nutqda o‘rinli
foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.
R e j a:
* Zamon qo‘shimchalari haqida ma’lumot.
* Zamon qo‘shimchalarining tasnifi.
*
Zamon
qo‘shimchalarining
o‘zaro
vazifaviy
almashinuvi va uning uslubiy xususiyatlari.
Keldim, kelyapman, kelaman fe’llarining uchalasi ham I shaxsni
bildiradi, lekin ular harakatning nutq momentiga nisbatan qachon bajarilishi
yoki bajarilmasligi bilan farq qiladi.
Fe’ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan
bajarilishi yoki bajarilmaslik paytini bildiradigan shakllarga
zamon shakllari, ana shunday shakllar tizimiga zamon
kategoriyasi deyiladi.
Zamon turini belgilashda so‘zlanayotgan nutq vaqti asosiy tayanch nuqta
bo‘lib hisoblanadi. Ana shunga ko‘ra uch zamonga bo‘linadi: 1) o‘tgan
zamon, 2)
hozirgi zamon, 3) kelasi zamon.
Fe’ldan anglashilgan harakatning nutq so‘zlanayotgan
Do'stlaringiz bilan baham: