Savol va topshiriqlar
1. Zamon shakllari deb qanday shakllarga aytiladi?
2. Zamon shakllari necha turli bo‘ladi? Ularning
bir-biridan farqini
ayting.
3. Zamon qo‘shimchalarining o‘zaro almashinuvi va buning o‘ziga xos
xususiyatlarini ayting.
311-mashq. Berilgan gaplarning xatosini toping.
1.1227-yili Botuxonning ukasi Berkaxon Oltin O‘rda taxtiga chiqayapti.
2. 1996-yil Prezident Islom Karimovning Farmoni bilan «Amir Тemur yili»
deb e’lon qilinmoqchi edi. 3. Тarixiy Vatanini yodidan chiqargan odam
yashab turgan joyining ham qadriga yetmoqchi. 4.
Poydevorsiz imorat
bo‘lmaganidek, o‘qildizsiz daraxt yuksaklikka bo‘y cho‘zadi, bo‘ronlarga
dosh beryapti. 5. Oiladaga mehnat tarbiyasi bolalarni uy yumushiga jalb
etishdan boshlaymiz. 6. Ko‘zimiz yorug‘ jahonni ko‘rgan edi. Kamalakning
tovlanishi — yetti tusni bir-biridan ajrata olmoqchi edik.
Do'stlaringiz bilan baham: