Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida
sheg qiymatini topa olamizki, unda singan nur ikki muhitlar chegarasida sirpanib yo‘naladi, bordiyu nur α
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
sheg
qiymatini topa olamizki, unda singan nur ikki muhitlar chegarasida sirpanib yo‘naladi, bordiyu nur α sheg dan katta burchak ostida tushayotgan bo‘lsa yorug‘lik nuri 2- muhitdan 1 – muhitga butunlay o‘tmaydi. Bu hodisani yorug‘likning to‘la ichki qaytish hodisasi deb ataladi. Sinish burchagi β =90 0 ga mos kelgan burchak to‘la ichki qaytishning chegaraviy burchagi α sheg deb ataladi. Chegaraviy burchak uchun quyidagi tenglik o‘rinli bo‘ladi: 𝑛 = 𝑛 𝑜 ∙ sin 𝛼 Agar nurni 1-muhitdan 2-muhitga yo‘naltirsak, nurlarning qaytuvchanligi prinsipiga asosan ularning yo‘nalishi o‘zgaradi, xolos. Ammo bu holda cheg sinish burchagi bo‘lib qoladi. 9.4-rasmdan bilish mumkinki, e nuqtadan chap tomonda 1-muhitga nurlar o‘tadi, ammo e nuqtadan o‘ng tomonda esa 1- 118 muhitga nur o‘tmaydi. Shuning uchun 1-muhit tarafdan qarayotgan kuzatuvchiga e nuqtaning chap tomoni yorug‘, o‘ng tomoni esa qorong‘u (xiralashgan) holda ko‘rinadi. Endi refraktometrning ishlash prinsipini zamonaviy «NAR-2T» tipidagi Abbe refraktometri misolida ko‘rib chiqamiz. Asbobning asosiy qismi AVS va A 1 B 1 C 1 shisha prizmalardan tashkil topgan bo‘lib, ular bir-biriga gipotenuzalari bilan qo‘yilgan (9.5-rasm, b, c) 9.5-rasm. «NAR-2T» tipidagi Abbe refraktometri (a) va uning prizmasidan nurlarni o‘tish yo‘nalishlari (b,c). AVS prizmani yorituvchi prizma (1), A 1 B 1 C 1 prizmani esa o‘lchash prizmasi (2) deb yuritiladi. Tekshiriladigan suyuqlik (3) esa ularning orasiga yupqa qatlam tarzida joylashtiriladi. Prizmalar sindirish ko‘rsatkichi katta shisha-flintdan tayyorlangan. Yorituvchi prizmaning AS asosining sirti yaxshilab silliqlanmagan, o‘lchash prizmasining A 1 S 1 asosi esa etarli darajada yaxshilab silliqlangan. Suyuqlikni prizmalar orasiga tomizishni osonlashtirish uchun 1-prizma qo‘zg‘aluvchan, maxsus ochib-yopilishi mumkin bo‘lgan yarim qopqoqqa o‘rnatilgan, 2-prizma esa qo‘zg‘almasdir. Tekshiriladigan suyuqlikning sindirish ko‘rsatkichini o‘lchash uchun qopqoq ya’ni, 1- prizma ko‘tarilib, 2 - prizma sirtiga 1-2 tomchi suyuqlik tomiziladi va qopqoq yana yopiladi. Bunda ikkala 119 prizma sirtlari ustma-ust tushib tomizilgan suyuqlikning yupqa qatlamini o‘z sirtlari orasiga oladi. Yorituvchi prizmaning AV sirtiga tushgan yorug‘lik dastasi prizma ichida sinib uning AS sirtiga tushadi. Bu sirt yaxshilab tekislanmaganligi uchun undan yorug‘lik nurlari sochilgan holda tarqaladi. Suyuqlik qatlamidan o‘tuvchi sochilgan nurlar 0 0 dan 90 0 gacha har xil burchak ostida o‘lchash prizmasiga tushadi. Suyuqlikning sindirish ko‘rsatkichi prizmanikidan kichik bo‘lgani uchun A 1 S 1 sirt bo‘ylab yo‘nalgan sirpanuvchi (tushish burchagi 90 0 bo‘lgan) nur o‘lchash prizmasiga to‘la qaytishning chegaraviy burchagi ostida kiradi. Boshqa nurlarning hammasi esa chegaraviydan kichik burchaklar ostida o‘tadi. Biz qarayotgan sirpanuvchi nur 9.5-rasmda yorug‘lik dastasining o‘ng tomonidagi chekkasida joylashgan. Tekshiriluvchi suyuqlikdan o‘lchash prizmasiga tushuvchi sirpanuvchi nurdan boshqa nurlar ikkinchi prizmasidan sirpanuvchi nurga nisbatan chaproqdan chiqadi. O‘lchash prizmasidan chiqayotgan bu nurlarni ob’ektiv linzasi yordamida shkala joylashgan fokal tekislikda yig‘iladi. Natijada shkalaning chap qismi yoritilgan, o‘ng qismi esa qorong‘i bo‘ladi (nurlar tushmayotganligi uchun). SHunday qilib, shkalaning yorug‘ va qorong‘i qismlari chegarasidagi bo‘limi, to‘la qaytishning chegaraviy burchagini topish imkonini beradi. Ammo amalda to‘la ichki qaytishning chegaraviy burchagi o‘rniga sirpanuvchi nurning o‘lchash prizmasidan chiqish burchagi ni o‘lchash oson. SHkalaning yonida ning qiymatlarini emas, balki unga mos nur sindirish ko‘rsatkichlarining qiymatlari va tekshirilayotgan suyuqlikning sindirish ko‘rsatkichlari ham bevosita ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agar yorituvchi prizmaga oq yorug‘lik dastasi tushsa, shkalada yorug‘ va qorong‘i qismlar chegarasida bo‘yalgan manzara vujudga keladi. Shkalaning yoritilgan va qorong‘i qismlarining keskin chegarali manzarasi esa prizmalarni monoxromatik yorug‘lik bilan yoritilganidagina ro‘y beradi. Buning uchun ob’ektiv oldiga disspersiya kompensatori joylashtiriladi. Refraktometr asosiy qismlarining joylashishi 9.5a- rasmda ko‘rsatilgan. Asbobning optik qismlari og‘ir asosga o‘rnatilgan metall qutichaga joylashtirilgan. Qutichaning ustki qismida qo‘zg‘aluvchan yorituvchi prizma va qo‘zg‘almas 120 o‘lchash prizmasi bor. Yorituvchi prizmani o‘lchash prizmasi ustiga yotqizilganda ular orasida 0,1 mm cha kenglikda bo‘sh joy qoladi. Uni tajriba tekshirilayotgan suyulik (eritma) bilan to‘ldiriladi. Yoritkichdan yorug‘likni darchalar orqali har bir prizmaga yuborish mumkin. O‘lchash vaqtida yorug‘lik asbobning optik sistemasidan o‘tib, shkalani yoritadi (9.6-rasm), u dastakka o‘rnatilgan okulyar orqali kuzatiladi. Okulyarni shkala bo‘ylab siljitish uchun dastakni harakatga keltirish kerak. Yorug‘ va qorong‘i qismlarning yaqqol chegarasini hosil qilish uchun richag buraladi. Refraktometrning okulyaridan kuzatganimizda okulyarning fokal tekisligida joylashtirilgan ikkita konsentrik shkalani va vizir chizig‘ini ko‘ramiz. Ularning chap tomondagisi bevosita sindrish ko‘rsatkichining qiymatlari bo‘yicha darajalangan, o‘ng tomondagisi esa sindirish ko‘rsatkichining u yoki bu qiymatlariga mos keladigan eritmadagi qand eritmasi konsentratsiyalarining foizlarda ifodalangan qiymatlari ko‘rsatilgan (9.6-rasm). 9.6-rasm. Refraktometr shkalasining ko‘rinishi. 9.6-rasmdagi shkaladan istalgan shaffof eritma uchun foydalanish mumkin. Bu shkaladagi qorong‘i va yorug‘ maydonlarning chegarasi bilan vizir chizig‘ini ustma-ust keltirib chap tomondagi shkaladan eritmaning sindirish ko‘rsatkichini, o‘ng tomondagi shkaladan esa eritmaning konsentratsiyasini aniqlash mumkin. Agar tajribani nurning sirpanib o‘tish usuli bilan bajarsak, pastki darcha yopilib, nur yuqoridagi darachadan yoritish prizmasiga tushiriladi. O‘lchash vaqtida vizir chizig‘i ko‘rish maydonining qorong‘i va yorug‘ qismlarini chegaralab turuvchi 121 chiziq bilan ustma-ust tushganda shkalaning chap tomoni sindirish ko‘rsatkichi "n" ning, o‘ng tomoni esa "n" ga mos kelgan eritma konsentratsiyasi "S " ning qiymatlarini ko‘rsatadi. SHunday qilib, refraktometr yordamida "n" va "S " larning qiymatini bir vaqtning o‘zida aniqlay olamiz. Aniq o‘lchash ishlarida suyuqlik haroratini ham bilish kerak. Haroratni aniqlash uchun maxsus moslama o‘rnatilgan. Laboratoriya mashg‘ulotlari vaqtidagi o‘lchashlarda unchalik katta aniqlik talab qilinmaganligi uchun tekshiriladigan suyuqlik xona haroratida o‘lchanadi. Quyida biz turli xildagi eritmalarni tarkibidagi qand miqdorini hamda dori vositalari tarkibidagi ta’sir etuvchi moddalarni konsentratsiyasini aniqlash, ularni analiz qilish uchun ishlatiladigan refraktometrlarni qiyoslash metodikasi bilan tanishamiz. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling