Соғлом турмуш тарзи ҳақида аёллар ўртасида суҳбат ўтказиш


Kontrasepsiyaning ko'ngilli jarrohlik usuli (KJU)


Download 330.73 Kb.
bet29/30
Sana18.06.2023
Hajmi330.73 Kb.
#1575686
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
dom.rod

Kontrasepsiyaning ko'ngilli jarrohlik usuli (KJU).
Sog'lom ayollarda asosan 45, ba'zan 50-51 yoshgacha nasi qoldirishi, erkaklarda esa umrining oxirigacha urug'lantirish qobiliyati saqlanishi mumkin. Ko'pincha er-xotinlar 25-35 yoshlarida oila oldiga qo'ygan maqsadlariga erishadilar. Ya'ni keraklicha farzandli bo'ladilar. Umrining qolgan yillarida esa homiladorlikdan saqlanishning samarali usullaridan foydalanishga to'g'ri keladi.
Lotin Amerikasi va Osiyo qit'asining ko'pgina mamlakatlarida oilali ayollarning 40-70 foizi qayta tug'ishni xohlamaydilar. Bu esa KJU qo'llash ehtiyojini oshiradi. Afrika va Markaziy Osiyo mam lakatlarida faqat 5-25 foiz ayolgina qayta bola tug'ishni istamaydilar, shu munosabat bilan KJUni qo'llashga ehtiyoj kamroq seziladi. Shun- . ga qaramasdan ba'zi bir mamlakatlarda KJUni qo'llashga qiziqish ortib bormoqda.

  • homiladorlik salomatligiga xavf soladigan ayollarga qo'l keladi;

  • mahalliy og'riqsizlantirish sharoitida bajarilishi mumkin bo'lgan, murakkab bo'lmagan jarrohlik muolajasi hisoblanadi;

  • organizmga va jinsiy faoliyatga salbiy ta'siri yo'q.

Kamchiligi:

  • usul doimiy ekanligi inobatga olinsa, ayol vaqti kelib, keyinchalik afsuslanishi mumkin;

  • muolajadan keyin qisqa muddatli noqulaylik holati va qisman asorat paydo bo'lishi mumkin;

  • usul yuqori malakali shifokor tomonidan bajarilishi talab etiladi;

  • barcha davolash muassasalarida ham laparoskop apparati bo'lmasligi mumkin;

  • jinsiy yo'l orqali yuqadigan kasalliklar (JYOYuK) va jinsiy a'zolar kasalliklaridan saqlamaydi.

Usulni qo'llashda ehtiyotkorlik talab qiluvchi holatlar. Homiladorlik. Homiladorlikning dastlabki muddatlarida, tug'ruqdan keyingi 7 kundan 42 kungacha, homiladorlik va tug'ruq paytida preeklampsiya yoki eklampsiyani boshdan kechirgan bo'lsa, qog'onoq suvi barvaqt ketib, homila uzoq muddat (24 soatdan ko'p) davomida suvsizlik holatida qolgan bo'lsa, tug'ruqdan keyingi septik holatlarda, 500 ml dan ortiq qon yo'qotganda, tug'ruq paytida yoki boshqa sabablarga ko'ra jinsiy a'zolar jarohatlanganda, qindan sababsiz qon kelganda, kichik chanoq a'zolarining yallig'lanish kasalliklarida, gripp, virusli gepatit, o'tkir ichak kasalliklarida, o'tkir kamqonlik, qorin bo'shlig'i a'zolari infeksiyasi, jinsiy a'zolar raki, chuqur vena qon tomirlari trombozi, abortdan keyingi septik holat, kuchli qon ketishi va jinsiy a'zolar jarohati, bachadon perforatsiyasi holatlarida to ayolni sog'lomlash-tirmasdan muolajani bajarish turli asoratlarga va hayot uchun xavf soladigan holat sodir bo'lishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda muolaja kechiktirilishi maqsadga muvofiqdir. Qayd etilgan barcha kamchiliklar bartaraf etilgandan keyingina jarrohlik muolajasi bajarilishi lozim.
Quyidagi holatlar jarrohlik usulini qo'llashda muammolar keltirib chiqarishi mumkin:

  • qandli diabet kasalligi;

  • yurak qon-tomir tizimi kasalliklari, qon bosimining baland bo'lishi (160/100 mm simob ustunidan baland);

  • qon ivish tizimining buzilishi;

  • tana vaznining og'irligi (80 kg dan ortiq);

  • qorin yoki kindik churrasi;qorin pastki sohasida chandiq bo'lishi;

  • keyinchalik farzand ko'rish istagi paydo bo'lishi;

  • ixtiyoriy rozilik hujjatini imzolashdan bosh tortishi, norozilik tug'ilishi;

  • ayolning ikkilanishi;

  • depressiya holati;

  • oilaviy muammolar;

  • ayol yolg'iz bo'lsa yoki farzandi bo'lmasa.

Bunday hollarda ayollarga kontrasepsiyaning boshqa usullarini qo'llash tavsiya etiladi. Ayollar yuqorida ko'rsatilgan holatlardan forig' etilgan taqdirda jarrohlik muolajasi bajarilishi lozim.
Jiddiy muammolari bo'lgan ayollarga jarrohlik muolajasiga qadar va undan keyin maxsus nazorat talab etiladi. Faqatgina jarrohlik muolajasi qo'llash mumkin bo'lgan toifadagi mijozlarga ambulatoriya sharoitida IJKni bajarsa bo'ladi.
Bu mezonga mos kelmaydigan ayollarga IJKni bajarish jarayonida quyidagilar talab qilinishi mumkin:

  • ayolga qulay bo'lishi uchun sedativ analgetik dorilar miqdorini oshirish;

  • kesish o'lchamini kattalashtirish;

  • jarrohlik vaqtini uzaytirish.

Yana farzand ko'rish istagi bo'lgan oilaviy juftlarga, kontrasepsiya vositalarining boshqa turlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ixtiyoriy jarrohlik kontrasepsiyasi qo 'llangan ayollarda sodir bo 'lishi mumkin bo'lgan muammolar:

  • yaraning infeksiyalanishi;

  • operatsiyadan keyin isitma ko'tarilishi (38°C dan ortiq);

  • operatsiya paytida siydik qopi va ichak jarohatlanishi;

  • teri ostida gematoma bo'lishi;

  • kam uchrasa-da, laparoskopiya paytida gazli emboliya bo'lish xavfi. Yuqoridagi asoratlar sodir bo'lganda, teri infeksiyasi mavjud bo'lsa antibiotiklar

qo'llash, mabodo abssess borligi aniqlansa, uni ochish va drenajlash va antiseptik dori vositalari bilan davolash lozim.
Agar muolaja paytida siydik qopi yoki ichaklar jarohatlansa, nialakali mutaxassis o'zi jarohatni darhol tiklashi kerak va unday ayollarga alohida parvarish tashkil etish lozim.

Download 330.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling