Soha iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.49 Mb.
bet26/109
Sana18.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1594372
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109
Bog'liq
Ma\'ruza matni

Bashoratning maqsadi - bozorga ta’sir kiluvchi omillarni, shu bilan birga, xo‘jalikning umumiy axvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika taraqqiyotining iste’molchi va ishlab chikaruvchilarga ta’sir ko‘rsatishi, an’anaviy maxsulotlardan tashkari korxonani barqarorlik va raqobatbardoshlikka olib keluvchi yangi maxsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xolatlarni belgilashdadir.
Bashorat- korxona, ob’ekt yoki xodisaning kelajakdagi axvoli va ularni amalga oshirish variantlari va muddati to‘g‘risidagi ilmiy asoslangan muloxazadir. Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashorat qilish, ya’ni kelajakni xozirgi vaqtdan kelib chikkan xolda oldindan ko‘ra bilish deb ataladi. Iqtisodiy bashoratlarning asosiy vazifalari: rivojlanish maqsadlarini belgilash, optimal yo‘nalishlar va ularga erishish vositalarini izlab topish, resurslarni va ko‘yilgan vazifalarni bajarish muddatlarini belgilash, korxona rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan cheklashlarni aniqlash.
Rejalashtirish - balans, me’yoriy, iqtisodiy-matematik, statistik, omillar bo‘yicha, ko‘p variantli xisob-kitob usullaridan iborat.
Me’yor - belgilangan sifatdagi maxsulot birligi tayyorlash uchun sarflanuvchi xomashyo, material, yoqilg‘i, energiya va boshqa resurslardan foydalanishning yo‘l ko‘yilishi mumkin bo‘lgan maksimal yoki minimal chegarasidir.
Me’yoriy - nisbiy kattalik bo‘lib, asosan foizlar yoki koeffitsientlarda aks ettiriladi. U mehnat vositalari va predmetlaridan foydalanish darajasini, ularning xar bir maydon birligi, og‘irlik birligi, xajm birligiga sarflaninshini ifodalab beradi.
Me’yor va me’yoriylar kuyidagi asosiy guruhlar asosida ishlab chiqiladi:
" tirik mehnat xarajati me’yorlari;
" moddiy xarajat me’yorlari;
" ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish me’yorlari;
" mehnat vositalaridan foydalanish me’yorlari;
" korxona sex asbob-uskunalarning loyiha quvvatiga chiqish vaqti me’yorlari.
Rejalashtirishning asosiy vazifalari kuyidagilar:
" maqsadni belgilash;
" korxona faoliyatining turli xil yo‘nalishlari, iqtisodiyot va aholi uchun zarur bo‘lgan maxsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofikligini asoslab berish;
" zarur moddiy-texnika asosini shakllantirish;
" moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
" yakuniy natijalarning ijobiy bo‘lishiga erishish.
Rejalashtirish tamoyillari:
" ilmiylik tamoyili;
" majmuaviylik tamoyili;
" proporsionallik tamoyili;
" uzluksizlik tamoyili;
" optimallik tamoyili;
" moslashuvchanlik tamoyili.
Rejalashtirish turlari:
" strategik rejalashtirish (10-15);
" uzoq muddatli rejalashtirish (3-5);
" kiska muddatli rejalashtirish (1-3);
" joriy rejalashtirish (choraklar).
Rejalashtirish boshqarish jarayoni sifatida o‘z texnologiyasiga ega bo‘lib, bu texnologiya korxonaning rejalashtirilayotgan davrdagi maqsad va vazifalarini aniqlash, bajaruvchilarga muayyan vazifalarni belgilash, vazifalarning turi, kattaligi va muddatiga ko‘ra aniqlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyati natijasi - daromad yoki foyda olishni o‘z ichiga oladi. Bu vazifalarni bajarishda kuyidagi omillar xisobga olinadi:
" ishlab chiqarish quvvatining mavjudligi va tuzilmasi;
" xodimlar soni, ixtisos tarkibi va malakasi;
" moliyaviy resurslar;
" aylanma mablag‘lar mavjudligi va unga bo‘lgan extiyojlar;
" ilmiy-texnik tadqiqotlar tuzilmasi va tayyorlik darajasi;
" maxsulotni sotish kanallari.
Rejalashtirish quyidagi talablarga javob bergan takdirdagina samarali va ishonchli xisoblanadi:
" rejalashtirishning xar bir elementi va bosqichi kat’iy ravishda asoslab berilishi;
" rejadagi vazifaning aniq va o‘z vaqtida bajarilishi, ya’ni rejaning adresliligi;
" reja bajarilishini doimiy va uzluksiz ravishda xisobga olish, nazorat qilish va unga zarur xollarda o‘zgartirishlar kiritish;
" ichki va tashki muxitdagi o‘zgarishlarni ijobiy qabul qilish, shuningdek, korxona faoliyatini ro‘y bergan o‘zgarishlarga mos ravishda o‘z vaqtida qayta tashkil qilish;
" fan-texnika taraqqiyoti va xo‘jalik yuritishning ilg‘or tajribalariga tayanish.
Rejalashtirishning xar bir turi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, kuyidagilardir:
" belgilangan rejalashtirish oralig‘ining aniqligi;
" integratsiya va differensiatsiya darajasi, shuningdek, rejalashtirilayotgan ko‘rsatkichlar miqdori;
" ishlab chiqarish xarajatlari va natijalarini xisob-kitob qilish darajasining aniqligi;
" rejani tayyorlovchilar va amalga oshiruvchilar o‘rtasidagi majburiyatlarni taksimlash tartibi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling