Sonlar bilan berilgan proeksiyalar. Nuqta, to’g’ri chiziq va tekisliklarning proeksiyalari. Topografik sirt ustida berilgan maydonchaning yer ishlari chegarasini aniqlash. Suniy inshootning (topografik sirt bilan birga) profilini yasash
Download 1.01 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konus kesimlari
Sirtlar.
Odatda, kesim chizig‘i konturining proyeksiyalarini yasash uning tayanch nuqtalarini topishdan boshlanadi. Agar sirtni kesuvchi tekislik proyeksiyalovchi bo‘lsa, kesim chizig‘ining proyeksiyalarini yasash soddalashadi, chunki bu holda kesishish chizig‘ining proyeksiyalaridan biri to‘g‘ri chiziq kesmasidan iborat . Quyida ba’zi sirtlarning proyeksiyalovchi tekisliklar bilan kesishishini ko‘rib chiqamiz. 1- masala. Og‘ma elliptik konusning H1(H1v) gorizontal tekislik bilan kesishish chizig‘i yasalsin (12.1-rasm). Echish. Konusning bir necha yasovchilari o‘tkaziladi va ularning kesuvchi tekislik bilan kesishish nuqtalari belgilanadi. Kesishish chizig‘ining A"B" frontal proyeksiyasi kesuvchi tekislikning frontal izi bilan ustmaust tushadi. A(A', A") va B(B', B") nuqtalar kesimni o‘ng va chap tomondan chegaralovchi nuqtalardir. Ularning A' va B' gorizontal proyeksiyasi ular orqali o‘tuvchi S1 va S2 yasovchilarning gorizontal proyeksiyalari S'1' va S'2' larda bo‘ladi. Konusning gorizontal ocherk yasovchilari S'3', S'4' bilan Hi tekislikning kesishish nuqtalarini yasash uchun bu yasovchilarning frontal S"3" va S"4" proyeksiyalari bilan tekislikning Hiv izining kesishish nuqtalari C" va D" lar belgilab olinadi. Bu nuqtalardan proyeksion bog‘lanish chiziqlari o‘tkaziladi va ularning S'3' , S'4' yasovchilar bilan kesishgan nuqtalari C' va D' nuqtalar topiladi. 13.1-rasm Konus kesimlari Doiraviy konus sirtning tekislik bilan kesishishidan hosil bo‘lgan chiziqlar konus kesimlari yoki ikkinchi tartibli chiziqlar bu chiziqlar oilasiga o‘zaro kesuvchi ikki to‘g‘ri chiziqlar aylana parabola, giperbola, ellips kiradi bu oilaga mansub chiziqlarning hosil bo‘lishi kesuvchi tekislikning konus o‘qiga va uning yasovchilariga nisbatan vaziyatiga bog‘liqmi. bo‘ladi. Kesuvchi tekislik konusning uchidan o‘tib, yasovchilardan birortasi bilan kesishmasa, u holda kesimda nuqta hosil bo‘ladi (9.7-rasm). Kesuvchi tekislik konus o‘qi orqali o‘tsa, kesimda o‘zaro kesuvchi ikki to‘g‘ri chiziq hosil bo‘ladi (12.2-rasm). Kesuvchi tekislik konus o‘qiga perpendikulyar bo‘lib, uning uchidan o‘tmasa, kesimda aylana hosil bo‘ladi (12.2-rasm). Teorema. Aylanma konusning tekislik bilan kesishuvidan hosil bo‘lgan kesimning konus o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan tekislikdagi to‘g‘ri burchakli proyeksiyasi 2-tartibli egri chiziq bo‘lib, uning fokuslaridan biri konus uchining shu tekislikdagi proyeksiyasi bo‘ladi. 13.2-rasm Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling