Sonlar bilan berilgan proeksiyalar. Nuqta, to’g’ri chiziq va tekisliklarning proeksiyalari. Topografik sirt ustida berilgan maydonchaning yer ishlari chegarasini aniqlash. Suniy inshootning (topografik sirt bilan birga) profilini yasash


Topografik sirt ustida berilgan maydonchaning yer ishlari chegarasini aniqlash. Suniy inshootning (topografik sirt bilan birga) profilini yasash


Download 1.01 Mb.
bet6/6
Sana01.04.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1315546
1   2   3   4   5   6
Topografik sirt ustida berilgan maydonchaning yer ishlari chegarasini aniqlash. Suniy inshootning (topografik sirt bilan birga) profilini yasash.
Topografik sirtlarning berilishi.
Topografik sirtlar ochiq yoki yopiq gorizontallar orqali tasvirlanadi. Gorizontallarning tashqi tomoniga shtrix qo'yilsa (23.1-rasm a), balandlik, ichki tomoniga shtrix qo'yilsa (23.1-rasm, b) chuqurlikni bildiradi.
Joyning relyefini hisobga olgan holda gorizontallar qatorida o'rmon, yo’llar, suvlar, uylar, muxandislik inshootlari va boshqalar masshtabga rioya qilgan holda tasvirlansa, katta yoki topografik plan hosil bo'ladi. 23.2-rasmda topografik kartalar uchun misol tariqasida joyning plani berilgan. Unda Chirchiq daryosiga Qorasuv arig'ining quyilishi, ariqdan o‘tishga mo'ljallangan ko'prik va boshqalar tasvirlangan.

13.8-rasm.
Turar joy mavzelari, zavod, fabrika, muhandislik inshootlari kabilar qurilishini boshlashdan oldin ularni bosh planlarining loyihalari tuziladi. Bosh planlari loyihalashdan oldin o‘sha joyning topografik asoslari bo'lishi lozim. Geodeziya asboblari yordamida joyning tasviri olinadi va to‘plangan materiallar bo'yicha bosh planga asos tuziladi.13.9-rasm.
Bosh planlar O‘z DSt 2.305:2005 talabiga binoan shartli grafik belgilarda va Ml: 200, Ml 1:400, Ml 1:1000 masshtablarda chiziladi. Bosh plan elementlari raqamlanib, eksplikatsiyasi tuziladi. 23.4- rasmda turar joy dahasining bosh plani tasvirlangan.

13.9-rasm



13.10-rasm.

13.11-rasm.
Nazorat savollari.
Yer ishlarining chegarasini aniqlash.
Ikki sirtning o’zaro kesishuv chig’ini sonlar bilan belgilangan proeksiyalarda yasash uchun umumiy yordamchi kesuvchi tekisliklar usulidan foydalaniladi. Yordamchi kesuvchi tekisliklar sifatida gorizontal tekisliklar qo’llaniladi. Har bir shunday yordamchi gorizontal tekislik berilgan sirtlarni ularning gorizontallari bo’yicha kesadi. Bu gorizontallariing o’zaro kesishgan nuqtasi berilgan sirtlarning o’zaro kesishuv chizig’iga oid umumiy nuqta bo’ladi.

14.1-rasm.
Amalda yordamchi gorizontal tekisliklar o’tkaziladi deb faraz qilinadi chizmada esa sirtlarning belgilari bir xil bo’lgan gorizontallaridan foydalaniladi.
1-misol. Gorizontallari orqali berilgan turli doiraviy konus sirt bilan topografik sirtning kesishuv chizig’i yasalsin (24.1-rasm).
Yechish. Konus sirtning gorizontallari bilan belgilari bir xil bo’lgan topografik sirt gorizontallarining kesishgan nuqtalarini aniqlab, ularni ketma-ket tutashtirsak, izlangan kesishuv chizig’ining proeksiyasi abc ... q hosil bo’ladi.
Misol. Topografik sirtning gorizontallar bilan ifodalangan plani berilgan. Shu yerda konturi ko’rsatilgan shakldagi maydoncha (supa) va unga chiqadigan kirish yo’li (apparel) qurish kerak (24.2- rasm). Maydonchaning belgisi [asosiy (I) tekislikdan balandligi), maydonchaning bir qismi chuqurlikda (tuproq olingan joyda ikkinchi qismi ko’tarmada (tuproq to’kilgan yerda) bo’ladi. Chuqurlik yon bag’rining qiyaligi 5:4, ko’tarma yon bag’irlarining va ko’tarmadagi apparel yon bag’irlarining qiyaligi 1:1, apparelning qiyaligi 2:3 berilgan.

14.2-rasm.
Topografik sirtga qurilish inshooti planini loyihalash. Vertikal qirqimini yasash (Namuna).

14.3-rasm


Maydoncha va apparel yon bag’irlarining o’zaro va topografik sirt bilan kesishgan chiziqlar yasalsin.
Yechish. Berilgan qiyaliklar uchun mos bo’lgan intervallar aniqlanadi. Keyin topilgan intervallarga binoan maydoncha va apparel yon bag’irlarining gorizontallari chiziladi. Bu gorizontallarning belgilari bir xil bo’lgan topografik sirt gorizontallari bilan kesishgan nuqtalari ketma- ket tutashtirilsa topografik sirt bilan maydoncha va apparel yon bag’irlarining kesishgan chiziqlari hosil bo’ladi. Yondosh qiyaliklarining belgilari bir xil bo’lgan gorizontallari kesishgan nuqtalar o’zaro tutashtirilsa qiyaliklarning (yon bag’irlarning) o’zaro kesishgan chiziqlari kelib chiqadi.



14.4-rasm
Maydonchaning belgisi + 25 m bo’lgani uchun uning yer sirti 25- gorizontalidan yuqori (shimol) tomondagi qismi chuqurlikda joylashgan. Maydonchaning bu qismini va yon bag’irlarini qurish uchun yerni qazib, tuprog’ini olish kerak. Maydonchaning 25- gorizontaldan past (janub) tomondagi qismini apparelni va ularning yon bag’irlarini (qurish uchun bu tomonga tuproq (masalan, maydoncha uchun 24- gorizontal utgan yerga 1 m, 23- gorizontalda 2 m va hokazo 1m uzunlinlikda zichlangan tuproq) to’kish kerak.
Chuqurlik gorizontallarining proyeksiyalari orasidagi masofa 15 (interval) 0,8 m ko’tarma gorizontallarining proeksiyalari orasidagi masofa esa 1 m. Tekis qiyaliklarning gorizontallari maydonchaning tegishli yon tomonlariga parallel to’g’ri chiziq shular bo’ladi. Chuqurlikning yarim aylanagan tutashgan sirti konus sirt bo’lib, uning gorizontallari bir markazdan chizilgan (konsentrik) aylanalarning yoylari ko’rinishida tasvirlanadi. Apparel gorizontallarining proeksiyalari orasidagi masofa 1,5 m. Apparel yon bag’irlarining gorizontallari, 24.2-rasmdagi qiyaligi bir xil bo’lgan qaytish qirrali sirt gorizontallarini yasash singari, yordamchi konuslardan foydalanib chiziladi. Apparel chetlari bilan maydoncha chetining kesishgan nuqtalaridan, radiuslari bo’lgan aylanalar chiziladi. Bu aylanalar yordamchi konuslarning 24,23,22, ... gorizontallari bo’ladi. Apparel chetlaridagi belgilari 24 nuqtalardan 11 radiusli aylanalarga, belgilari 23 nuqtalardan 21и radiusli aylanalarga, belgilari 22 nuqtalardan 3/, radiusli aylanalarga o’tkazilgan urinmalar apparel yon bag’irlarining 24, 23, 22, ... gorizontallari bo’ladi.
Maydonchaning chuqurlikdagi bir qismi perimetri bo’yicha kengaytirilgan. Bu zapas yer qor- yomg’ir suvlari chiqariladigan kyuvetlar yasash uchun kerak buladi.
Nazorat savollari.

  1. Ikki sirtning o’zaro kesishuv chig’ini sonlar bilan belgilanishi.

  2. Yer ishlarini bajaraish haqida

  3. Yer ishlarini bajarishda uning chegarasini aniqlash

  4. Yer ishlarini bajarishning loyihasini ishlash.

  5. Chuqurlik gorizontallarining proyeksiyalari.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling