Современных тенденций и перспектив внедрения


Yusupov R. - texnika fanlari nomzodi, dotsent  Qodirov G ‘


Download 395.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana19.04.2023
Hajmi395.34 Kb.
#1365834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ЖДПУ конференция-20.12.2022 razdelit.1 (3)

Yusupov R. - texnika fanlari nomzodi, dotsent 
Qodirov G ‘. - biologiya fanlari nomzodi, dotsent 
Botirov D. - texnika fanlari nomzodi, dotsent 
Haitov F. - texnika fanlari nomzodi, dotsent 
Begbo’tayev A.- p.f.f.d. (PhD)
Sattorov A.- p.f.f.d. (PhD)
Ergashev J . - f.m.f.f.d. (PhD), dotsent
TAQRIZCHILAR:
F.M.Zakirova - pedagogika fanlari doktori, professor 
O.A.Mamaraufov - PhD
S.A. Tovboev - texnika fanlari nomzodi, dotsent
To‘plam muharrirlari: J.M.Majidov, Sh.R. Bobobekov, F.P.Raxmonkulov
Ushbu to ’plam Jizzax davlat pedagogika universitetida O ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi №101-F sonli Farmoyishiga asosan joriy 
yilning 20 dekabr kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida “Uzluksiz ta ’limda 
raqamli texnologiyalarni joriy etishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” 
mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallaridan iborat.
Toplamda joy olgan tezislarda keltirilgan malumotlarning to'g'riligiga 
mualliflar javobgardirlar
The authors are responsible fo r the correctness o f the information contained in 
the theses included in the collection
Авторы 
несут 
ответственность 
за 
правильность 
информации 
содержащейся в тезисах включенных в сборник
© “
Uzluksiz ta ’limda raqamli texnologiyalarni joriy etishning zamonaviy 
tendensiyalari va istiqbollari’

© Jizzax-2022
3


KIRISH SO„ZI
Butun dunyoda raqamli transformatsiya jarayonlari davom etar ekan, 
zamonaviy voqelik va tendensiyalami hisobga olgan holda O ‘zbekiston ham 
raqamli iqtisodiyotga o ‘tishni boshladi.. Shu jihatdan, mamlakatimiz Prezidenti 
Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan 
Murojaatnomasida ta ’kidlaganidek “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar 
va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga 
yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda 
barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli 
iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat 
resurslarini talabetishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu 
ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi”.
2019 yil 8 oktabrda “O ‘zbekiston Respublikasi oliy ta ’lim tizimini 2030 
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to ‘g ‘risida”gi Farmoni bu 
boradagi islohotlarning huquqiy asosi hisoblanadi. 2020 yil 6 oktabrda “Axborot 
texnologiyalari 
sohasida ta ’lim tizimini 
yanada takomillashtirish, 
ilmiy 
tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora- 
tadbirlari to ‘g‘risida” gi PQ-4851 qarori e ’lon qilindi. Qarorda axborot 
texnologiyalari sohasidagi kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish —
Raqamli 
O ‘zbekiston 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli 
texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni 
ta’minlashning muhim shartlaridan biri ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, 
qarorda axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash 
tiziminining samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davlat 
organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash 
uchun mustahkam zamin yaratilayotganligi ta ’kidlab o ‘tilgan. Bugungi kunda oliy 
ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar oldida turgan 
asosiy vazifa - bu ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan unumli foydalangan xolda talabalarga ta ’lim standartlari 
talablariga muvofiq sifatli ta’lim berish, ularning faoliyatini uzluksiz nazorat qilib
4


borish va ilmiy-uslubiy yordam berish, axborot oqimidan samarali foydalanishga 
hamda mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatishga o ‘rgatishdan iboratdir. Zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalaridan samarali foydalanishga 
asoslangan 
ilg‘or 
interfaol 
ta ’lim 
texnologiyalarini 
joriy 
etish, 
professoro‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati va mahorati doimiy oshib 
borishi bilan uyg‘unlikda barqaror rivojlanadigan iqtisodiyot uchun global 
fikrlovchi va kasbiy kompetentligi yuqori kadrlarni tayyorlashga kafolat berishi 
mumkin.
Sohada rivojlanishning yangi bosqichi Prezidentimizning 2020-yil 5- 
oktabrdagi “Raqamli 0 ‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali 
amalga oshirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida” gi Farmoni imzolanishi bo‘ldi. 
Hujjatning qabul qilinishidan maqsad zamonaviy haqiqatlarni hisobga olgan holda 
raqamli iqtisodiyotga muvaffaqiyatli o ‘tishdir. Zero, bugungi kunda raqamli 
iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2,2 foizni tashkil 
etmoqda. Demak, 2020-2022 yillarda “Raqamli O ‘zbekiston-2030” strategiyasi va 
uni amalga oshirish uchun “yo‘l xaritasi” ning qabul qilinishi, birinchi navbatda, 
raqamli iqtisodiyotga o‘tishning huquqiy asoslarini yaratadi. Raqamli jamiyat va 
raqamli iqtisodiyotga o ‘tish davrida ta ’limning kelajagi va rivojlanish istiqbollari 
raqamlashtirish jarayonlari bilan bevosita bog‘liq. Bu esa o ‘z o‘rnida jamiyatda 
ilm-fan va ta’limga raqamli texnologiyalariga asoslangan yangi munosabatlar 
shakllanishiga asos bo‘lmoqda.
Raqamli 
texnologiyalarni 
ta’lim 
jarayoniga 
kiritilishi 
qo‘yidagi 
imkoniyatlarini yaratadi: 
ta’lim-tarbiya jarayonini shafoflik, ochiqlik va
tizimliligini kengaytiradi; ta ’lim va tarbiyaviy bilim va ko‘nikmalarni taqdim etish 
imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi; katta hajmli axborotlar bilan ishlashni 
ta ’minlaydi; insonning zamonaviy axborot makoniga moslashishi va axborot 
madaniyatini shakllantirishga zamin yaratadi; ta ’lim jarayonini diagnostika va 
monitoring qilish tizimini yanada samarali bo‘lishini ta ’minlaydi; pedagogik 
mehnat sifatini oshirishga imkon yaratadi.
s


Ushbu konferensiyani yukorida keltirilgan vazifalarni bajarishdagi oliy 
ta ’lim muassasalarining ishtiroki, ijrosi haqidagi oraliq bir hisobot deyish ham 
mumkin.
Bugun o ‘z ishini boshlayotgan, “Uzluksiz ta’limda raqamli texnologiyalarni 
joriy etishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusidagi Respublika 
ilmiy-amaliy anjuman O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 
7-martdagi 
№101-F 
sonli 
Farmoyishi 
bilan 
tasdiqlangan 
O ‘zbekiston 
Respublikasining 2022 yilda respublika va xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy 
va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi asosida o ‘tkazilmoqda. Konferensiya kun tartibiga 
kiritilgan masalalar dolzarb bo‘lib, u yalpi m a’ruzalar va “Raqamli texnologiyalar 
olamining 
ta ’limdagi 
imkoniyatlari”, 
“Umumiy 
o ‘rta 
ta ’limga 
raqamli 
texnologiyalarni joriy etishning mavjud holati va muammolari”, “ Professional 
ta ’limni shakllantirishda raqamli texnologiyalarning o ‘rtni va ahamiyati” “Oliy 
ta ’limda raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etishning zmonaviy tendensiyalari 
va istiqbolari” kabi shu’balardan tashkil topgan.
Mazkur sho‘balarda mamlakatimiz uzluksiz ta ’lim tizimida raqamli 
texnologiyalarni qo‘llash, ularning imkoniyatlarini tahlil qilish asosida o ‘quv 
jarayonini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash maqsadi qo‘yilgan 
bo‘lib, unda raqamli texnologiyalarning ta ’lim sohasida nafaqat muhim o ‘rin 
egallashi va qanday shaklda joriy etilishi bo‘yicha tahlillar amalga oshiriladi
Ushbu 
Respublika 
ilmiy-amaliy anjuman materiallari to ‘plamiga 
mamlakatimiz oliy ta’lim muasasalarining professor-o‘qituvchilarining maqola va 
tezislari kiritilganligi quvonarlidir. Mazkur ilmiy-amaliy konferensiya kun 
tartibidagi ilmiy yo‘nalishlarni yanada rivojlantirishga, fan, ta ’lim va ishlab 
chiqarish integratsiyasini kengaytirishga, fan va ta’lim sohalarida xalqaro 
hamkorlikni mustahkamlashga, ta’lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini uzluksiz 
ravishda rivojlantirib borishga va komil shaxsni shakllantirishga o ‘z xissasini 
qo‘shadi. Ta’lim tizimi samaradorligini oshirish, albatta ta’lim tizimiga zamonaviy 
axborot texnologiyalarini qo‘llash, innovatsiyalarni joriy etish asosida amalga 
oshiriladi.
6


Shu nuqtai nazardan, bugungi Uzluksiz ta’limda raqamli texnologiyalarni 
joriy etishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusidagi respublika 
ilmiy-amaliy anjumani mavzusi dolzarb ahamiyatga ega. Anjumanning asosiy 
maqsadi - raqamli ta ’lim texnologiyalarini o‘zluksiz ta’lim tizimi o ‘quv jarayoniga 
joriy etishning amaldagi holatini tahlil qilish hamda takomillashtirishga qaratilgan 
ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni shakllantirishdan iborat. O ‘ylaymanki, anjuman 
davomida sohaga oid dolzarb muammolar muhokama etilib chuqur tahlil qilinadi, 
qimmatli fikrlar bildiriladi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Bu borada ishtirok etayotgan barcha m a’ruzachilar, professor-o‘qituvchilar, 
amaliyotchi mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar va talabalarga muvaffaqiyat tilagan 
holda anjuman ishiga omad tilayman.

Download 395.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling