Soxibaxon ped texnologiya doc


Download 1 Mb.
bet55/112
Sana16.07.2023
Hajmi1 Mb.
#1660615
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   112
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

Texnologik pasport (pedagogikada) - ta’lim yoki ma’naviy-ma’rifiy tadbirning asosiy ko’rsatkichlari va ularning texnologik tavsifini yorituvchi hujjat.
1-jadval. OTMdagi o’quv mashg’ulotining texnologik pasporti

Ma’ruza mavzusi

Ma’ruzaga ajratilgan vaqt

Talabalar soni

O’quv mashg’ulotining shakli va turi




O’quv mashg’ulotining tuzilishi




O’quv mashg’ulotning maqsadi:




Pedagogik vazifalar:

O’quv faoliyati natijalari:

Ta’lim metodlari




Ta’limni tashkil etish shakli




Didaktik vositalar




Ta’limni tashkil etish sharoiti




Nazorat





Texnologik xarita (pedagogikada) - pedagogik (ta’lim va tarbiya) jarayonni bajaruvchi yoki ma’lum ob’ektga texnik xizmat ko’rsatuvchi pedagoglarga taqdim etiladigan barcha zarur ma’lumotlar, ko’rsatmalarni o’z ichiga olgan hujjat.
2-jadval. OTMdagi o’quv mashg’ulotlarining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Pedagog

Talaba

1-bosqich. Boshlang’ich qism - o’quv mashg’ulotining tashkiliy-tayyorgarlik bosqichi (15 daqiqa)







2-bosqich. Asosiy qism - bilimlarni mustahkamlash bosqichi (55 daqiqa)







3-bosqich. Yakuniy qism (10 daqiqa)







Ta’lim jarayonni loyihalashda odatda modellashtirishdan ham foydalaniladi.
Model - real, haqiqatda mavjud bo’lgan ob’ektning soddalashtirilgan, kichraytirilgan (kattalashtirilgan) yoki unga o’xshagan nusxasi.
Modellashtirish hodisa, jarayon yoki tizimning umumiy mohiyatini to’la yorituvchi modelni yaratish.
O’quv jarayonida quyidagi turdagi modellar qo’llaniladi:

  1. O’quv modellari (ta’lim jarayonida qo’llaniladi; ko’rsatmali qurollar, ko’rgazmali vositalar, trenajyorlar, ta’limiy dasturlar).

  2. Tajriba modellari (ilmiy, amaliy tajribalarni olib borishda qo’llaniladi; loyihalashtirilayotgan ob’ektning kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan nusxasi).

  3. Ilmiy-texnik modellar (jarayon va hodisalarni tadqiq etishda qo’llaniladi; qurilma, moslama, asbob, jihoz va mexanizmlar).

  1. O’yin modellari (turli vaziyatlarda ob’ekt tomonidan turli harakatlarni bajarish orqali ko’nikma, malakalarni hosil qilish maqsadida qo’llaniladi; kompbyuter, sport, iqtisodiy, harbiy, ishchanlik o’yinlari va b.).

  2. Imitatsion modellar (real voqelikni u yoki bu darajada shunchaki aniq aks ettirish uchun emas, balki aynan unga o’xshatish maqsadida qo’llaniladi; amaliy harakatlarni bajarishga xizmat qiluvchi turli trenajyorlar, mexanizmlar).

Bugungi kunda ta’lim jarayonida talabalar tomonidan ham turli o’quv loyihalarning tayyorlanishiga e’tibor qaratilmoqda.
Xo’sh, o’quv loyihasining o’zi nima? O’quv loyihalarini tayyorlash jarayoni qanday kechadi?
O’quv loyihasi - 1) talablarning muammolarni izlash, tadqiqot qilish va yechish, natija (echim)ni mahsulot ko’rinishida rasmiylashtirishga qaratilgan mustaqil o’quv faoliyatini tashkil etish usuli;

  1. nazariy bilimlar asosida amaliy topshiriqlarni
    yechishga qaratilgan o’quv harakati vositasi;


  2. rivojlantirish, tarbiyalash, ta’lim berish, bilimlarni
    boyitish, mustahkamlash va malakalarni shakllantirishga
    yo’naltirilgan didaktik vosita hisoblanadi



Fan sohasi
(sohalari)ga
ko’ra

Faoliyat mazmuniga ko’ra

Axborotli loyihalar
O’quv loyihalari faoliyat mazmuni, bilim sohasi (fanlar) bo’yicha tayyorlanishiga ko’ra quyidagicha tasniflanadi:
Mono loyiha (bir bilim sohasi, fan) bo’yicha
amalga oshiriladigan loyiha)

Bir necha bilim sohasi, fan) bo’yicha
amalga oshiriladigan loyiha

15-rasm. O’quv loyihalarining tasniflanadi
Har bir o’quv loyihasi o’z maqsadi va kutiladigan natijasiga ko’ra muayyan turga mansub bo’ladi. O’quv loyihalarining asosiy turlari quyidagilardir:
3-jadval. O’quv loyihalarining asosiy turlari

Axborotli loyihalar

Tadqiqot loyihalari

Amaliy loyihalar

Maqsadi

Muammoga oid ma’lumotlarni to’plash, ularni tahlil qilish, umumlashtirish, mohiyatini yoritish, muammoni hal etish usul va vositalarini tavsiflash, ularning ahamiyatini asoslash

Tadqiqotni amalga oshirish, tadqiqot asosida muammo izohini asoslash, kelgusida rivojlanish uchun yangi muammolarni asoslash

Muammoni hal etish usul va vositalarini ishlab chiqish

Natijasi

Maqola, referat ma’ruza keys va b.

Hisobot ma’ruza keys va b.

Harakatlar dasturi, biznes-reja, keys, strategiya, tavsiya, ma’lumotnoma to’plami va b.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling