Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov
Anbar otin - ... Muqimiy - ... Zavqiy -
Download 1.93 Mb.
|
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY
- Bu sahifa navigatsiya:
- M Atamalar izohi Savol va topshiriqlar eteorologiya
- §. TEATR VA MUSIQA SAN’ATI
Anbar otin - ... Muqimiy - ... Zavqiy - ...
N Jadid adabiyotida 1910-yilda Abdulla Qodiriy ilk nasriy asarlarini e’lon qildi. Adib o‘zining hikoyalari, felyetonlari va pyesalari bilan Tur- kiston ziyolilari hamda xalq ommasi orasida keng tanildi. Uning «Juvon- boz» hikoyasi, «Baxtsiz kuyov» pyesasi va qator romanlarini xalq sevib o‘qiy boshladi. asrda ijod qilish xalq uchun eng ommabop va tushunarli adabiyot shakli edi. Shuning uchun ham jadidlar o‘z g‘oyalarini keng xalq ommasiga singdi- rish maqsadida nasr janridan keng foydalanganliklari ham bejiz emas edi. Jadidlar xalqqa yaqinlashishning eng samarali yo‘li sifatida xalq milliy teatrini yara- tishdi. 1911-1913-yillarda Turkistonning turli sha- harlarida teatrlar tashkil etildi. Adiblar ular uchun pyesalar yozishdi. Sahnada yangragan ona tilidagi nutq va teatr aktyorining harakatlari xalq ommasiga nisbatan qudratli ta’sir vositasiga aylandi. Jadid teatrlarida 1911-1917-yillarda 25 ta pyesa namoyish etildi, ular xalq ommasi orasida eng mashhur asarlarga aylan- di. Bu paytda spektakllaming aksariyati ochiq sahnalarda qo‘yilit>, ularga ko‘plab tomoshabinlar tushgan. Ilk o‘zbek tomoshabinlari uchun jadidlar qo‘ygan pyesalar axloqiy tarbiya maktablariga aylandi. Jadidlar rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan yozilgan mashhur pyesa - «Padarkush»da otalar va bolalarni bir-biriga nisbatan shafqatsiz mavjudotlarga aylantirgan ma’naviy qashshoqlik, mol-mulkka ruju qo‘yish qattiq qoralangan edi. Unda yot odatlaming kirib kelishi jamiyat uchun muqaddas bodgan oilani yemirishi ko‘rsatib berildi. Nus- ratilla Qudratilla qalamiga mansub «To‘y» asarida oilaviy va shaxsiy fojialar sababchisiga aylangan serchiqim ba’zi urf-odatlar va an’analar tanqid ostiga olindi. Pyesada oila boshligdning serhasham sunnat to‘yi uchun puli yetmay qolganida qarz olishga majbur bodganligi va ko‘p o‘tmay todovga layoqatsizligi oqibatida qarzdorning qamoqqa olinishi ko‘rsatilgan. Shu kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega, ma’naviy boy adabiyot xalq on- gini uyg‘otuvchi eng muhim vosita boddi. Uning atoqli namoyandalari esa soha rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar. M Atamalar izohi Savol va topshiriqlar eteorologiya (yunoncha) - Yer atmosferasi, uning xususiyatlari va unda bodadigan fizik jarayonlar haqidagi fan. Felyeton (fransiizcha) - kundalik turmushda ro‘y beradigan salbiy hodisalarni tanqid qilib yozilgan gazeta yoki jurnal maqolasi. Turkistonda tarix fanining rivoji haqida nimalarni bilib oldingiz? «0‘rta Osiyo olimlar jamiyati» nima uchun tez orada yopilgan edi? Adabiyot sohasida ijod qilgan allomalarni sanab bering. Jadid ma’rifatparvarlarining dramalari haqida nimalarni bilib oldingiz? Jadid adabiyoti namoyandalari faoliyati haqida gapirib bering. Jadid adabiyotida o‘sha davrga xos bodgan qanday g‘oyalar yetakchilik qiladi? Shu mavzu bo‘yicha kichik esse yozing! §. TEATR VA MUSIQA SAN’ATI Q Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling