Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov
Download 1.93 Mb.
|
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1914-yil boshlarida Abdulla Avloniy Toshkent shahrida
- 1916-yil Qo‘qon shahrida
Hamza Hakimzoda Niyoziy
urkistonda birinchi o‘zbek milliy teatri Samar- qand shahrida Mahmudxo‘ja Behbudiy rahbarli- gida tashkil etildi. Bu truppada namoyish etilgan ilk asar ham uning «Padarkush» pyesasi edi. 0‘zbek milliy teatri shakllanishi va rivojlanishida ulug‘ ma’rifatparvar Abdulla Avloniy va jadidlar harakati- ning atoqli namoyandasi Hamza Hakimzoda Niyoziy katta xizmat qildilar. 1914-yil boshlarida Abdulla Avloniy Toshkent shahrida «Turon» nomidagi teatr truppasini tashkil etdi va u sahnalashtirgan birinchi asar ham «Padarkush» pyesasi boddi. 1915-yilda teatrning Turkiston shaharlari bo‘ylab gastrollari zo‘r muvaffaqiyat bilan oddi. 1916-yil Qo‘qon shahrida Hamza rahbarligida havaskorlar teatri tashkil etildi. Unda namoyish etilgan birinchi spektakl Hamzaning «Zaharli hayot yo- xud ishq qurbonlari» pyesasi boddi. Bu pyesa o‘zbek teatri shakllanishida ham, o‘zbek dramaturgiyasi vujudga kelishi da ham muhim ahamiyat kasb etdi. Teatr chuqur mazmunli, ijtimoiy ahamiyatga molik ho- disaga aylandi. 1916-yildan hozirgi Milliy teatr asoschisi Mannon Uyg‘ur va o‘zbek teatrining birinchi aktrisasi Ma’suma Qoriyeva san’atga ilk qa- damini tashladi. Shu tariqa asta-sekin Andijonda, Xivada, Buxoroda ham dastlabki milliy teatrlar tashkil topa boshladi. Buxoro shahridagi teatming tashkil etilishida Mannon Uyg‘urning xizmatlari beqiyos edi. Teatrlar da katta ijtimoiy va axloqiy muammolarga daxldor mavzular sahnalashtirildi. Ularda adolatsizlik, yovuzlik, zulmni qoralovchi g‘oyalar, tomoshabinlarda e’tiroz va norozilik hissini qo‘zg‘atuvchi spektakllar namoyish etildi. 0‘zbek teatri - o‘zbek milliy madaniyatining ajralmas qismiga aylandi. Teatr spektakllari, o‘ziga xos va iste’dodli aktyorlar ijrosi o‘zbek xalqining bitmas-tuganmas ijodiy imkoniyatlarini namoyish etdi. Xudoybergan Devonov 1878-yilda tugTlgan. Bolaligidan bilimga chanqoqligi va ijodiy iste’dodi bilan ajralib turgan. U arab, fors va rus tillarini o‘rgangan. Qiziquvchan o‘smir nemis tilini o‘rgana boshlagan va bu kelgusida uning taqdirini belgilab bergan. G ap shundaki, XIX asr oxirida Xorazmning o‘sha paytdagi hukm- dori Muhammad Rahimxon II nemis-mennonitlarning bir necha oilasiga oTkada yashashiga ruxsat bergan. Ularning eng yoshi ulugT Vilgelm Pen- ner yoki mahalliy odamlaming tili bilan Panor buvada qiziquvchan Xudoybergan birinchi marta fotoapparatni ko‘rgan va undan foydalanishga ruxsat so‘ragan. Keyinchalik Panor buva shogir- dining muvalfaqiyatlaridan xursand bo Tib, unga fotoapparatni sovg‘a qilgan. Shunday qilib, 1903-yilda Xudoybergan Devonov Xivaning minoralari va hamyurtla- rini suratga ola boshlagan. Awaliga bu diniy ulamolaming qattiq qarshiligiga uchragan. Biroq fotosuratchini har qanday yangilikka qiziqqan Muhammad Rahimxon II o‘z himoyasiga olgan. U nafaqat xon, balki iste’dodli shoir va bastakor sifatida tarixda qolgan. Hukmdor Xudoybergan- ga o‘zining suratini olishni buyurgan, keyin esa uni o‘z devoniga ishga taklif qilgan. A Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling