Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov
Download 1.93 Mb.
|
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musiqa asboblari
Musiqa san’ati
n’anaviy xalq og‘zaki musiqali asarlari asrlar davomida saqlanib keldi. Xalq musiqa san’atida terma, qo‘shiq, lapar, yalla, ashula keng tarqal- gan edi. Qo‘shiq, yalla va laparlar hazilomuz raqslar va o‘yin jo‘rligida ijro etilardi. Termalar ko‘pincha xalq qissago‘ylari bodmish baxshilar va shoirlar tomonidan ijro etiluvchi ohangdor kuylami o‘zida mujassam etgan edi. Ashula esa keng qamrovli turli kuy-ohangga ega lirik qo‘shiq hisob- lanardi. Xalq mumtoz shoirlarining g‘azallari va she’rlari ashulalar uchun matn bo‘lib xizmat qilgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida o‘zbek xalqi musiqiy ijodiyoti o‘zida lirik qahramonlik mazmunidagi epik rivoyatlami mujassamlashtirgan dostonlar («Go‘ro‘g‘li», «Alpomish», «Kuntug‘mish», «Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Hasan va Dalli», «Rustam va Avaz») alohi- da o‘rin tutgan. Mazkur dostonlar to‘rtlik she’r tuzilishiga ega bo‘lib, musi- qasi nisbatan sodda ohangli va bu musiqada nota yozuvi qoMlanilrnagan. Xalq sozandalari mashhur usta-bastakorlar qo‘lida ta’lim olishgan. Ko‘p asrlar davomida butun Sharqda keng tarqalgan mumtoz maqomlar professional musiqaning og‘zaki an’analaridagi bebaho xazinasini tashkil etgan. Maqomlar yirik turkumli og‘zaki-cholg‘uli (yakkaxon va cholg‘uli) asarlardir. Musiqa asboblari ham nihoyatda rang-barangligi bilan ajralib turar Musiqa asboblari
edi. Bu borada torli-kamonchali cholg‘u asboblari (gdjjak, qo‘biz, uchtor), torli-noxunli (do‘mbira, dutor, tanbur, ud, rubob), torli-zarbli (chang), puf- lama nayli (nay, surnay), mushtuk-puflamali (karnay), zarbli-membranali (doira, nog‘ora, chindovul) kabi cholg‘u asboblari keng tarqalgan edi. Turkistonning o‘sha kezlardagi musiqa madaniyatida yakkaxon ijro- chilar ham, ansambl ijrosi ham rivojlandi. Kamay, nog‘ora yoki doira, ya’ni qattiq jaranglovchi cholg‘u asboblari an’anaviy bayramlarda, to‘y- tantanalarda, ommaviy tomoshalarda jodovoz bodgan; birmuncha past jaranglovchi cholg‘u asboblari - sumay, dutor, gdjjak esa kamer (xonada) yoki konsert (davrada) ijrosiga modjallangan edi. Xorazm maqom va musiqa maktabi Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz) davrida yanada rivojlandi. 0‘z davrining ma’rifatli hukmdori bodgan Feruz san’at namoyandalariga katta imkoniyatlar yaratib berib, ular faoliyatiga homiylik qilgan. Bundan tashqari bevosita musiqa san’atini rivojlantirishga oid farmonlar ham chiqargan. (J'zingizni sinangl Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling