To‘la masxara
Xorazm an’anaviy teatri - ...
870-yil Turkiston general-gubernatori tomonidan taklif qilingan Samara teatri oTkada bir necha kunlik dasturlarini namoyish etgan edi. 1910-yilda Samarqand va Toshkentga ms aktrisasi V. F. Komissarjevs- kaya truppasining gastrollari uyushtirildi.
Turkistonda namoyish etilgan bunday tomoshalar oTka mahalliy san’atkorlari ijodiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Ilg‘or ma’rifatparvarlar va jadidlar yangicha g‘oyalarini targ‘ib etish uchun dramatik teatming ul- kan imkoniyatlarini tushunib yetdilar.
T atar va ozarbayjon truppalarining 1910-1912-yillarda Turkistonda boTib o‘tgan gastrollari ham katta madaniy voqeaga aylandi. U. Gajibe- kovning «Go‘ro‘g‘li», «Layli va Majnun» va «Arshin mol olon» musiqali pyesalari o‘zbek jamoatchiligi orasida iliq kutib olindi. Bu o‘z navbatida mahalliy teatr rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
TO ‘zingizn i sin ang!
V. F. Komissarjevskaya — ... U. Gajibekov — ... 1870-yilda...
0
Jadid teatrining vujudga kelishi
‘zbek milliy teatrining shakllanishida jadidlaming o‘rni katta edi. Birinchi Prezident I.Karimov «Yuk- sak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida: «Qachon- ki milliy madaniyatimizning uzviy qismi bodgan teatr san’ati xususida so‘z borar ekan, buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning: «Te- atr - bu ibratxonadir», deb aytgan fikrini eslash o‘rinlidir», - deb yozadi.
Turkistonda 1911-yil dastlabki yozma milliy sahna asarlari yaratildi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Padarkush», A. Samadovning «Mahramlar»,
F
Abdulla Avloniy
itratning «Bir farangi bilan buxorolik bir mudarris- ning qilgan munozaralari» nomli asarlari shular jum- lasidandir. Ular ichida, ayniqsa, o‘zbek milliy teatri durdonasiga aylangan Behbudiyning «Padarkush» dramasi g‘oyatda muhim voqelik boddi.
T
Do'stlaringiz bilan baham: |