Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Download 1.93 Mb.
bet120/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

Islomxo‘ja minorasi
ul va Ibrohim Hofizovlar, Mo‘minjon Solihov, Shirin Murodov kabi ko‘plab ustalar yetishib chiqdi. XX asr bosh­larida barpo etilgan Sitorai Mohi Xosa qurilishida yuqorida nomlari zikr etil­gan me’morlar, ustalar faol qatnashgan edilar. Majmuaning maxsus Oqsaroy zaliga pardoz berish ishini Usta Shirin Murodov boshchiligida bir guruh usta ganchkorlar amalga oshirdilar.
Xorazm me’morchilik maktabining sarkori Odina Muhammad Murod par­doz hamda naqshinkor parchinlarni joylashtirishning barcha sir-sinoatlarini mukammal egallagan. Usta kulollar Nur- muhammad, Abdujabbor, uning o‘g‘li So‘fimuhammad Niyoz va Abdullalar esa oddiy loydan go‘zal san’at asarla-
ri yaratish va tabiatdagi turli giyoh va o‘simliklardan betakror ranglar kashf etish mumkinligini amalda isbotlab berdilar.
XX asr boshlarida tiklangan Islomxo‘ja minorasining (1908-1910) yaratish tashabbuskori va homiysi Asfandiyorxonning bosh vaziri, ma’rifatli inson Islomxo‘ja edi. U bunyod ettirgan minora Xivaning fax- riga aylandi. Qolaversa, Islomxo‘ja o‘z davrining yirik madaniyat va davlat arbobi edi. U Xorazmni dunyoning eng rivojlangan davlatlari qa- torida ko‘rishni istagan, vatanini tashqi dunyo bilan bog‘lashga intilgan, ilg‘or g‘oyalar bilan to‘lib-toshgan inson edi.
Xorazm me’morchilik maktabining e’tiborli tomoni shundaki, peshtoqlar, shiplar, burjlar o‘ta nozik did va nafosat timsoli arabiy yo- zuvlar bilan bezatilardi. Mohir xattotlar bu yozuvlarni o‘ta mohirlik bilan bino bezagiga uyg‘unlashtirib yubora olardilar. Yog‘och o‘ymakorligi esa eshik, darvoza va ustunlarni o‘ymakor naqshlar bilan bezab, o‘sha binolarning umumiy ko‘rinishiga o‘ziga xoslik va jilo baxsh etardi.
Farg‘ona vodiysida ham o‘zbek xalq me’morchiligining o‘ziga xos tarmog‘i mavjud edi. XIX asming ikkinchi yarmida vodiy milliy me’mor- chiligiga Yevropa me’moriy uslubidagi binolarni qurish an’analari ki- rib keldi. Shunday bo‘lsa-da, XIX asr oxirlarida qurilgan Andijon jome masjidi o‘z qurilishi bilan yuksak milliy me’morchilik namunasi bo‘lib qoldi.
Yodda tuting!
X orazm me’morchilik maktabining e’tiborli tomoni shun­daki, peshtoqlar, shiplar, burjlar o‘ta nozik did va nafosat timsoli arabiy yozuvlar bilan bezatilardi. Xattotlar bu yozuvlarni o‘ta mohirlik bilan bino bezagiga uyg‘unlashtirib yubora olganlar.
0‘zingizni sin ang!

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling