Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov
Download 1.93 Mb.
|
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Y AKUNLOVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
- MUNDARIJA
X U L O S A
XVIII asrda uch xonlikdagi o‘zaro urushlar, ichki nizolar va paro- kandalik yurtimizni egallash uchun istilochilarga qulay zamin yaratdi. Natijada XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Turkiston xalqlarini mustamlaka asoratiga soldi. Podsho hukumati odkani siyosiy- hududiy jihatdan zabt etibgina qolmay, balki erksevar, zahmatkash xal- qini ma’naviy-ruhiy bo‘ysundirishga harakat qildi. Podsho hukumati to- monidan joriy qilingan siyosiy tuzum oTkada mustamlakachilik hukm- ronligini qaror toptirishga va o‘zbek milliy davlatchiligini yo‘q qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Bu hayotning shafqatsiz bir qonuniyati bor. Ya’ni tarixiy murakkab va hal qiluvchi burilish pallasida har qanday millat va elat o‘z ahilli- gi va birdamligini saqlab, o‘z milliy manfaatlari yo‘lida qat’iyat bilan turmasa, mas’uliyat va hushyorligini yo‘qotadigan boTsa, oxir-oqibatda o‘zining eng katta, tengsiz boyligi bodmish mustaqilligi va ozodligidan judo bodishi shubhasizdir. Darhaqiqat, Rossiya imperiyasining istilosi ko‘pgina sabablar bilan bir qatorda o‘sha davrda mavjud bo‘lgan harbiy-siyosiy boshboshdoqlik, davlat hukmdorlarining uzoqni ko‘rishga qodir emasligi, ma’naviy-ruhiy ojizligi oqibatida ro‘y berganini ko‘plab tarixiy misollar asoslab turibdi. Bu achchiq bo‘lgan haqiqat barchamizga, ayniqsa, bugun hayotga katta umid va ishonch bilan kirib kelayotgan, siz, yosh avlodga doimo saboq bo‘lishi lozim. Mustamlaka yillarida xomashyoni qayta ishlash, tog‘-kon sanoati, paxtachilik sanoati, temiryo‘1 transporti va boshqa tarmoqlar Rossiya imperiyasi sanoati ehtiyojlarini ta’minlashga modjallangan edi. Ana shu korxona mahsulotlarining tashib ketilishi bu korxonalarni foyda ko‘rish va ishlab chiqarishni zamonaviylashtirishga imkon bermadi. Rossiyadan keltirilgan sanoat tovarlari bilan raqobat tufayli Turkiston hunarmandchilik-kustar ishlab chiqarishi inqirozga yuz tutdi. Bu esa o‘z navbatida oTkaning iqtisodiy jihatdan Rossiyaga qaramligini yanada kuchaytirdi. 0‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1998-yil bir guruh ziyolilar bilan uchrashuvida Turkistonda Rossiya imperiyasi o‘tkazgan mustamlakachilik siyosatining oqibatlarini xolisona yoritish vazifasini ilgari surib, shunday savolni ko‘ndalang qo‘ygan edi: «... har tomonlama mudhish, chetdan qaraganda xalqimiz, uning madaniyati, milliy tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi, hech bir mubolag‘asiz ay- tish mumkinki, nasl-nasabi yo‘q bo‘lib ketishi kerak bo‘lgan sharoitda baribir, qator yo‘qotishlar bilan bo‘Isa ham, millatimiz o‘zligini saqlab qoldimi yo yo‘qmi?» Albatta, davlatimiz rahbarining bu savoli javobsiz qolmadi. Tarixchi- lar darsliklarda tarixiy ma’lumotlar asosida Rossiya imperiyasi mustam- lakachilarining jabr-zulmi sharoitida ham xalqimiz o‘zligini, milliy qad- riyatlarini, madaniyatini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlab qolganini o‘quvchilarga yetkazib bermoqdalar. Mustamlaka davrida ham mamlakatimiz to‘la-to‘kis dunyo sivili- zatsiyasidan ajralib qolmadi. Rossiya imperiyasi manfaatlariga xizmat qilsa-da, turli zavod va fabrikalar, banklar, tijorat tashkilotlari hamda temiryo‘l kirib keldi. Darhaqiqat, mustamlakachilik sharoitida ham ota-bobolarimizning erkinlikka, taraqqiyot va istiqlolga bo‘lgan azaliy intiqlik kayfiyati so‘nmadi. Xalqimizning yurak-bag‘riga teran o‘rnashgan mustaqillik va ozodlik tuyg‘usi tobora qudratli kuchga aylana bordi va pirovard natijada 0‘zbekiston istiqloli tantanasi uchun mustahkam zamin hozirladi. Y AKUNLOVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR XX asr boshida 0‘rta Osiyo xaritasi XIX asr o‘rtalaridagi holatdan qay darajada o‘zgardi? Bugungi dunyo xaritasi asosida ma’lumotingizni tahlil qiling. 1868 va 1873-yilgi shartnomalar o‘zbek davlatchiligi tarixida qan- day ahamiyat kasb etdi? Rossiya imperiyasi bosqinining 0‘rta Osiyo xalqlari turmush tarzini o‘zgartirishi omillarini sanang! «Uchta xonlik mustamlakachilikka qarshi birlashganda...» mavzu- sida «debat» uyushtiring! MUNDARIJA 0‘ZBEKISTON 1 SOYIBJON TILLABOYEV, AKBAR ZAMONOV 1 TARIXI 1 (XIX ASRNINGIKKINCHI YARMI - XX ASR BOSHLARI) 1 I B O4 L I M 5 XIX ASR O ‘ RT AL ARID A 0‘ZBEK XONLIKL ARININ G SIYOSIY, IQTISODIY VA MADANIY HAYOTI 5 Bo‘limni o‘rganish natijasida: 5 l-§. XIX ASR O ‘ RT AL ARID A 0‘RTA OSIYO DAVLATLARINING HUDUDI VA AHOLISI 5 (71 6 2-§. XIX ASR O ‘ RT AL ARID A 0‘ZBEK XONLIKL ARININ G MA’MURIY BOSHQARUV TIZIMI 8 3-§. XIX ASR O ‘ RT AL ARID A 0‘ZBEK XONLIKL ARININ G IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTI 10 4-5-§§. XIX ASR O ‘ RT AL ARID A 0‘RTA OSIYO AHOLISINING 15 MADANIY HAYOTI 15 ROSSIYA IMPERIYASINING 0‘RTA OSIYONI BOSIB OLISHI 21 6-§. ROSSIYA IMPERIYASI TOMONIDAN 0‘RTA OSIYONI BOSIB OLISH UCHUN ISTILOCHILIK HARAKATLARINING 21 BOSHLANISHI 21 7-§. TOSHKENTNING BOSIB OLINISHI 25 8-§. TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGINING 29 TASHKIL ETILISHI 29 9-§. BUXORO AMIRLIGIGA QARSHI HARBIY HARAKATLARNING BOSHLANISHI 34 10-§. BUXORO AMIRLIGI USTIDAN ROSSIYA IMPERIYASI PROTEKTORATINING 0‘RNATILISHI 37 T 49 14-§. TURKISTON 0‘LKASIDA ROSSIYA IMPERIYASINING 58 YER-SUV SIYOSATI 58 16-§. XIX ASRNING IKKINCHI YARMI - XX ASRNING BOSHLARIDA TURKISTONDA IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOL 66 IVB O4 L I M 70 XIX ASR OXIRIDA TURKISTONDAGI MILLIY-OZODLIK HARAKATLARI 70 Bo‘limni o‘rganish natijasida: 70 17-§. TURKISTONDA MILLIY-OZODLIK HARAKATLARINING BOSHLANISHI VA UNING SABABLARI 70 18-§. TOSHKENTDA «VABO ISYONI» 74 19-§. ANDIJON QO‘ZG‘OLONI 76 T 78 20-§. MILLIY-OZODLIK HARAKATLARINING AHAMIYATI 82 B 0‘ L I M 84 XIX ASRNING IKKINCHI YARMI - XX ASR BOSHLARIDA QORAQALPOQLAR 84 VIB 0‘ L I M 96 Bo‘limni o‘rganish natijasida: 96 25-§. JADIDCHILIK HARAKATINING VUJUDGA KELISHI 96 26-§. JADIDLARNING DASTURIY MAQSAD VA VAZIFALARI 100 27-§. JADIDCHILIK HARAKATI NAMOYANDALARI VA ULARNING FAOLIYATI 102 ! 103 28-§. JADIDCHILIK HARAKATINING TURKISTON IJTIMOIY - SI Y O SI Y VA MADANIY HAYOTIGA TA’SIRI 106 ! 109 30-§. TURKISTONDA 1916-YILGI QO‘ZG‘OLONNING 114 BOSHLANISHI 114 31-§. JIZZAX QO‘ZG‘OLONI 118 34-§. YOSH BUXOROLIKLAR FAOLIYATI VA BUXORO AMIRLIGINING TUGATILISHI 130 TS 150 39-§. TURKISTONDA ILM-FAN TARAQQIYOTI 156 40-§. TEATR VA MUSIQA SAN’ATI 162 41-§. ME’MORCHILIK VA TASVIRIY SAN’AT 169 YAKUNLOVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 175 MUNDARIJA 176 0‘ZBEKISTON 185 TARIXI 185 157 Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling