Qoraqalpoqlarning mashg‘ulotlari ...
Qoraqalpoqlarda dehqonchilik ...
X
Qoraqalpoqlarda
urug‘chilik
va qabilaviy
munosabatlar
IX asrda ham qoraqalpoqlarning ayrim ovullari- da urug‘ munosabatlari mustahkam tarzda davom etdi. Xitoy-qipchoq, mangMt va kenagas qabilalari tarkibidagi urugMar «o‘n to‘rt urug‘» - aris (urug‘) birlashmasini tashkil qilgan. Arislar orasida eng yirigi o‘n to‘rt urug‘ boMsa, harbiy kuch borasida ikkinchi o‘rinda shul- luk va joungurni birlashtirgan aris-qo‘ng‘irotlar turar edi. Ularda yer-suv mulki, chorva mahsulotlari urug‘niki deb hisoblansa-da, urug‘ oqsoqol- lari, ruhoniylar va biylarning ulushi katta miqdomi tashkil qilgan. Bu hoi XIX asr ikkinchi yarmida tabaqalanish jarayonining kuchayishini yanada tezlashtirdi.
Q
Qoraqalpoq o‘tovi
oraqalpoq urugMarini boshqarish biy va uning oqsoqollari qoMida boMgan. Urug‘ biylarini Xiva xonlari tayinlar va mansabga tayinlanganli- gini tasdiqlovchi yorliq berar edi.
Biylar qo‘l ostidagi urug‘ a’zosini jazolar, loyiq deb bilgan odamlariga tortiq va hadyalar in’om qilardi. Xiva xonining ishonchini qozongan biylarning vakolatlari yanada kengaytirilib, ularga alohida muruvvat ko‘rsatilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida bu- tun qoraqalpoq urug‘larini boshqarish, soliqlarni undirish, harbiy xiz- matni oMash majburiyatlariga doir ishlarni tartibga solish maqsadida bek- larbegi lavozimi tayin etilgan. Ayrim tnma.n1a.mi idora qilish uchun esa xon o‘zining qarindosh-umgMari va ishonchli odamlarini qoraqalpoqlar yashayotgan quyi Amudaryo va Orolbo‘yi hududlariga jo‘natib turgan. Islom dini asoslarini qoraqalpoq xalqi orasida mustahkamlash, yoshlarini Xiva madrasalariga jo‘natib turish uchun Xivadan musulmon ruhoniylari
Q
ham jo‘natilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |