Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Download 1.93 Mb.
bet62/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

Soliq va
majburiyat turlari
oraqalpoqlar ham Xiva xonligining fuqarolari singari o‘sha davrdagi xonlikda mavjud soliqlarni to‘lab, majburiyatlarni bajarganlar. Aholidan yer solig‘i - solg‘ut, ruhoniylar foydasiga - ushr solig‘i undirilgan. Urush paytlarida qoraqalpoqlar ham qozon puli solig‘ini to‘lar edilar.
Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi har bir oila chorva mollarining qirqdan bir qismini zakot solig‘i tariqasida to‘lagan. XIX asrning ikkin­chi yarmida aholidan 40 bosh qoramol uchun pul hisobida 9 so‘m, 40 bosh qo‘y va echki uchun 2 so‘m 50 tiyin pul miqdorida zakot olingan.
Soliqlarni to‘lashdan tashqari qoraqalpoqlar ko‘pincha soliqlardan
og‘irroq bo‘ladigan turli majburiyat- larni ham bajarganlar. Majburiyat- lardan eng og‘iri bu har oiladan bitta erkak kishining 12 kun davomida ariq qazish ishlarida qatnashishi edi. Maj- buriyatlarning butun og‘irligi urug‘ jamoasining oddiy a’zolari zimmasiga tushardi. Urush holatlarida aholining majburiy harbiy xizmatga chaqirilishi ham asosiy majburiyatlardan biri edi.
B
unda har bir jamoa 1000 tadan 2000 tagacha askar berishlari lozim bodgan.
Askar yetkazib bera olmagan jamoalar qo‘shimcha soliq to‘lagan. Safarbarlik paytida bunday jamoalardan 180 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha pul yig‘ilgan. Jang harakatlari davomida qoraqalpoqlar orasidan ko‘plab bahodir jangchilar yetishib chiqqan va ular xonning iltifotiga sazovor bo‘lgan.
J
Qozon puli - ... Majburiyatlar - ... Solg‘ut - ...
X
Xalq
qo‘zg‘olonlari
iva xoni Muhammad Aminxon (1845-1855) hukmronligining oxirlarida Rossiya imperiyasi- ning 0‘rta Osiyoga harbiy tahdidi kuchayib ketdi. Ular turkman sardorlari bilan qoraqalpoq oqsoqol va biylarini Xiva xoni- ga qarshi qo‘yib, xonlikni parokandalikka uchratishga urindilar. Buning ustiga o‘sha vaqtda Xiva xonligi bilan Buxoro amirligi o‘rtasida hududiy nizolar ham mavjud edi. Xiva xoni mudofaani kuchaytirish choralarini ko‘rdi. Bu ko‘plab xarajatlarni talab qilardi. Bo‘shab qolayotgan xazina- ni toddirish uchun aholiga solinadigan soliqlar miqdorini oshirib borardi. Rossiya imperiyasi o‘zbek, turkman, qirg‘iz, qozoq hamda qoraqalpoq xalqlarini bir-biriga qarshi qo‘yib, hatto turkman, qoraqalpoq, qirg‘iz, qozoq urug‘ boshliqlarini katta pul evaziga sotib olish siyosatini ham yurgizgan.
Bujarayonlar natijasida 1855-yil qoraqalpoqlarning qo ‘Idovli qabilasi- dan bo‘lgan Ernazarbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olon boshlanadi. Qoraqal­poqlar bundan buy on Xivaxonligigabo‘ysunmasligini e’lon qiladilar. Erna-
zarbiy Rossiya ta’sirida bo‘lgan qozoq urug‘ boshliqlaridan biri Zarliqni xon qilib ko‘tarish va imperiya tobeligiga o‘tishga intilardi. Rossiya imperiya- si xuddi mana shu qabiladagi qo‘z- g‘olon va xatti-harakatlami nafaqat pul-mablag‘lar bilan, balki harbiy yor- dam yuborish bilan ham qo‘llab-quv- vatlashga uringan.
1 856-yili Said Muhammadxon Xi- va taxtiga o‘tirgach, Ernazarbiy qo‘z- g‘olonini bostirish uchun katta qo‘shin yuboradi. Xivadan yuborilgan yasovulboshi Muhammadniyoz Ernazarbiy qo‘zg‘olonini tor-mor etish uchun otlandi. Buni eshitgan Ernazarbiy o‘zi qurdirgan Qozoqdaryo qo‘rg‘oniga joylashib olib, mudofaa jangiga tayyorgarlik ko‘rdi.
Katta qo‘shinning qamal qilishga kirishganligini ko‘rgan qo‘zg‘olonchilar orasida kelishmovchilik chiqadi va Ernazarbiy otib tashlanadi. Uni oxirigacha qo‘ 1 lab-quvvatlashga ahd qilgan guruhlar esa maxfiy yo‘llar orqali qal’adan chiqib, 1853-yili Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan Oqmachit qal’asidan panoh topishadi. Ular podsho hukumatidan qoraqalpoqlarni Rossiya imperiyasi fuqaroligiga o‘tkazilishini so‘rab murojaat qildilar. Butun qoraqalpoq xalqi nomidan gapirish huquqiga ega boMmagan ayrim oqsoqol yoki biylarning muro- jaati Rossiya tashqi ishlar va harbiy vazirliklari tomonidan bo‘rttirilib, «Rossiyaga butun turkiy qabilalar o‘zlarini qo‘shib olishni so‘rab mu­rojaat qilayotirlar, ular na Xiva, na Qo‘qon xonlari tarkibida boMishni istashmayapti», - degan bahonada o‘z xatti-harakatlarini oqlashga urin-
d ilar.
1858-1859-yillarda qoraqalpoq urug‘lari dan ay- rimlari yana qo‘zg‘olon ko‘taradilar. Qo‘ng‘irot shah- ri qo‘zg‘olon markaziga aylandi. Xiva xoni qo‘zg‘o- lonchilami shafqatsiz j azolash va tor-mor keltirishni turkman jangovar kuchlari boshlig‘i Otamurodxonga topshirdi. Natijada qo‘zg‘olon ayovsiz bostirilib, uning markazi - Qo‘ng‘irot shahri vayron etiladi.
Ko‘pchilik qoraqalpoqlar Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shilishni istamay, jondosh va qondosh turkiy xalq - o‘zbeklar bilan birgalikda yashash aha-
miyatini yaxshi tushunar edilar. Kelib chiqishi azaldan bir boMgan ushbu xalqlarda yagona turkiy zaminda birga yashash istagi ustunlik qilardi.
Podsho hukumati tomonidan Xiva xonligi protektoratga aylantiril- gandan so‘ng Amudaryo bo‘limidagi qoraqalpoqlarga nisbatan jabr-zulm kuchaydi. Biybozor va Nukus volostida mustamlakachilarga qarshi Bobo Go‘klan boshchiligida xalq qo‘zg‘oloni jiddiy tus olib, qariyb o‘n yil (1881-1891) davom etdi.
Dehqonlarning ahvoli og‘irlashishi oqibatida 1900-yil Nukus volosti va Qo‘ng‘irot bekligida norozilik harakatlari amalga oshirildi. Bunday harakatlar mustamlakachi hukumat tomonidan ayovsiz bostirildi.
0 ‘zingizni sinangl

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling