So‘z boshi xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qituvchilarni ishga qabul qilish
Umumiy o‘qituvchilar kengashlari. Shotlandiyada umumiy
o‘qituvchilar kengashlari (UO‘K) 1965 yili tashkil qilingan bo‘lib, u shotland o‘qituvchilari kasbiy darajasini yaxshilash, kasbga 164 kirishish standartlarini belgilash va bu standartlar dastlabki tayyorgarlik kurslarida ma’lum strukturalarga erishish mumkinligiga ishonchni tarbiyalaydi. Yangi o‘qituvchilar UO‘Kga shartli qabul qilinadilar. To‘liq a’zo bo‘lish faqatgina ikki yillik sinov muddati tugaganidan so‘ng amalga oshadi. To‘liq a’zo bo‘lgan o‘qituvchilardan o‘z kasbiy darajasini uzluksiz takomillashtirish, o‘z-o‘zini baholashni rivojlantirishga tayyor bo‘lishi talab qilinadi. Angliya va Uelsda tashkil qilingan UO‘K quyidagi muammolar yechimiga yordam beradi: - ta’lim standartlari; - o‘qituvchilar xulqi standartlari; - o‘qituvchi kasbining o‘rni; - o‘qituvchining tayyorgarligi, obro‘si va faoliyati; - o‘qituvchi kadrlar safini to‘ldirish; - dars berishga tibbiy jihatdan yaroqlilik. O‘qituvchilarni ishga qabul qilish Vazifaga kirishish Yangi o‘qituvchi uchun dastlabki bir necha yil og‘ir kechishi mumkin. Bir qancha davlatlarda (Avstriya, Belgiya, Angliya, Daniya, Fransiya, Germaniya, Grestiya, Irlandiya, Italiya, Shotlandiya, Shveytsariya) yangi o‘qituvchini dastlabki tayyorgarlik kursini muvaffaqiyatli yakunlab, ishga kirish arafasida baholash davri mavjud. Avstriyada sinov muddati bir yildan iborat. Maktab xodimi yangi o‘qituvchining faoliyatini kuzatib borishga javobgar hisoblanadi. Yangi o‘qituvchi yil davomida haftada bir marta pedinstitutga katnash imkoniyatiga ega. U bu muddatni qay darajada muvaffaqiyatli o‘tkazganini maktab jamoasi, ilmiy mudir, maktab inspektori va pedinstitut xodimi hal qiladilar. Belgiyada o‘qituvchi stajer bo‘lgunicha 240 kun vaqtinchalik o‘qituvchi bo‘lib ishlashi lozim. Stajirovka yana bir yilni o‘z ichiga oladi. Bir yildan so‘ng stajyor faoliyatini ilmiy mudir hamda maktab inspektori baholaydi. Ilmiy mudir va maktab inspektori bayonotiga asosan mazkur o‘qituvchining lavozimiga loyiq ekanligi yoki sinov muddatini yana biron yilga uzaytirish lozimligi yohud uning faoliyati umuman qoniqarsiz ekanligi hal qilinadi. Germaniyada sinov muddati bo‘lg‘usi o‘qituvchining kasbiy tayyorgarlik darajasiga qarab belgilanadi. 165 6 daraja mavjud: 1 - eng yuqori, 5 yoki 6 qoniqarsiz. O‘qituvchi birinchi darajada 12 oy sinov muddatida faoliyat yuritadi, 2 - 15 oy, 3 - ikki yil. Maktab inspektori ilmiy mudir qarashlariga asosan sinov muddati nechog‘li samarali o‘tganligi haqida qaror qabul qiladi. Daniyada sinov muddati ikki yil davom etadi. Yakuniy qaror asosan ilmiy mudir axboroti asosida maktab kengashi tomonidan qabul qilinadi. Grestiyada dars o‘tishning dastlabki ikki yili sinov muddati hisoblanadi. Shundan so‘ng o‘qituvchi maktab maslahatchilari tomonidan baholanadi. Baho ijobiy bo‘lgan holda o‘qituvchi o‘z vazifasida doimiy qoldiriladi. Shotlandiyada yangi o‘qituvchi ta’limga muvofiq kursni tugatgan hamda UO‘Kning shartli ruxsati bilan o‘qituvchi hisoblanadi. To‘liq ro‘yxatdan utish faqatgina ikki yillik sinov muddatidan so‘nggina amalga oshiriladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling