So‘z boshi xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/85
Sana22.06.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1649183
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   85
Umumiy o‘qituvchilar kengashlari. Shotlandiyada umumiy 
o‘qituvchilar kengashlari (UO‘K) 1965 yili tashkil qilingan bo‘lib, u 
shotland o‘qituvchilari kasbiy darajasini yaxshilash, kasbga 


164 
kirishish standartlarini belgilash va bu standartlar dastlabki 
tayyorgarlik 
kurslarida 
ma’lum 
strukturalarga 
erishish 
mumkinligiga ishonchni tarbiyalaydi. Yangi o‘qituvchilar UO‘Kga 
shartli qabul qilinadilar. To‘liq a’zo bo‘lish faqatgina ikki yillik 
sinov muddati tugaganidan so‘ng amalga oshadi. To‘liq a’zo 
bo‘lgan 
o‘qituvchilardan o‘z kasbiy darajasini uzluksiz 
takomillashtirish, o‘z-o‘zini baholashni rivojlantirishga tayyor 
bo‘lishi talab qilinadi. 
Angliya va Uelsda tashkil qilingan UO‘K quyidagi muammolar 
yechimiga yordam beradi: 
- ta’lim standartlari; 
- o‘qituvchilar xulqi standartlari; 
- o‘qituvchi kasbining o‘rni; 
- o‘qituvchining tayyorgarligi, obro‘si va faoliyati; 
- o‘qituvchi kadrlar safini to‘ldirish; 
- dars berishga tibbiy jihatdan yaroqlilik. 
O‘qituvchilarni ishga qabul qilish Vazifaga kirishish 
Yangi o‘qituvchi uchun dastlabki bir necha yil og‘ir kechishi 
mumkin. Bir qancha davlatlarda (Avstriya, Belgiya, Angliya, 
Daniya, Fransiya, Germaniya, Grestiya, Irlandiya, Italiya, 
Shotlandiya, Shveytsariya) yangi o‘qituvchini dastlabki tayyorgarlik 
kursini muvaffaqiyatli yakunlab, ishga kirish arafasida baholash 
davri mavjud. 
Avstriyada sinov muddati bir yildan iborat. Maktab xodimi 
yangi o‘qituvchining faoliyatini kuzatib borishga javobgar 
hisoblanadi. Yangi o‘qituvchi yil davomida haftada bir marta 
pedinstitutga katnash imkoniyatiga ega. 
U bu muddatni qay darajada muvaffaqiyatli o‘tkazganini 
maktab jamoasi, ilmiy mudir, maktab inspektori va pedinstitut 
xodimi hal qiladilar. 
Belgiyada o‘qituvchi stajer bo‘lgunicha 240 kun vaqtinchalik 
o‘qituvchi bo‘lib ishlashi lozim. Stajirovka yana bir yilni o‘z ichiga 
oladi. Bir yildan so‘ng stajyor faoliyatini ilmiy mudir hamda maktab 
inspektori baholaydi. Ilmiy mudir va maktab inspektori bayonotiga 
asosan mazkur o‘qituvchining lavozimiga loyiq ekanligi yoki sinov 
muddatini yana biron yilga uzaytirish lozimligi yohud uning 
faoliyati umuman qoniqarsiz ekanligi hal qilinadi. Germaniyada 
sinov muddati bo‘lg‘usi o‘qituvchining kasbiy tayyorgarlik 
darajasiga qarab belgilanadi. 


165 
6 daraja mavjud: 1 - eng yuqori, 5 yoki 6 qoniqarsiz. O‘qituvchi 
birinchi darajada 12 oy sinov muddatida faoliyat yuritadi, 2 - 15 oy, 
3 - ikki yil. 
Maktab inspektori ilmiy mudir qarashlariga asosan sinov 
muddati nechog‘li samarali o‘tganligi haqida qaror qabul qiladi. 
Daniyada sinov muddati ikki yil davom etadi. Yakuniy qaror 
asosan ilmiy mudir axboroti asosida maktab kengashi tomonidan 
qabul qilinadi. Grestiyada dars o‘tishning dastlabki ikki yili sinov 
muddati 
hisoblanadi. 
Shundan 
so‘ng 
o‘qituvchi maktab 
maslahatchilari tomonidan baholanadi. Baho ijobiy bo‘lgan holda 
o‘qituvchi o‘z vazifasida doimiy qoldiriladi. 
Shotlandiyada yangi o‘qituvchi ta’limga muvofiq kursni 
tugatgan hamda UO‘Kning shartli ruxsati bilan o‘qituvchi 
hisoblanadi. To‘liq ro‘yxatdan utish faqatgina ikki yillik sinov 
muddatidan so‘nggina amalga oshiriladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling