So‘z boshi xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib


 Jahon mamlakatlarida pedagog kadrlarga bo‘lgan


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/85
Sana22.06.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1649183
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   85
 
3.6. Jahon mamlakatlarida pedagog kadrlarga bo‘lgan 
ehtiyoj va ularni tayyorlash masalalari 
Boshqa ko‘plab kasblar kabi o‘qituvchilik kasbi tayyorgarligi 
dastlabki 
pedagogik 
ta’lim 
olingandagina 
tugamaydi. 
O‘qituvchilarga doimiy yangilanib turuvchi talablar qo‘yiladi. 
Professional o‘qituvchi bu yangilanishlarga tabiiy ravishda o‘z 
kasbiy darajasini doimiy oshirib borish bilan erishishi lozim. 
O‘qituvchilarni tayyorlash uzluksiz jarayon sifatida ishga 
kirgunicha, ishga kirayotgan vaqti va ishlayotgan davri 
bosqichlarini o‘z ichiga olishi kerak. 
O‘qituvchilarni dastlabki tayyorlash
Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlarida(Daniya, Finlandiya, 
Fransiya, Germaniya, Grestiya, Irlandiya, Ispaniya, Shvetsiya
Buyuk Britaniya) boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘qituvchilarining 
dastlabki tayyorgarligi oliy o‘quv yurtlarida kechadi. O‘rta 
maktabning boshlang‘ich sinflarida dars berish uchun o‘qituvchilar 
oliy ma’lumotli bo‘lishi kerak (Avstriya), Belgiya, Gollandiya 
bundan istisno. 


162 
O‘qituvchilarning kasbiy va amaliy tayyorgarligi asosiy kurs 
bilan bir vaqtda(baravar usul) yoki asosiy kursdan keyingi, masalan, 
aspirantura darajasida(izchil usul) olib boriladi. Baravar usul 
bo‘yicha kirish talablariga to‘liq o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi 
attestat, ba’zi hollarda oliy ma’lumot olishga loyiqligi haqidagi 
sertifikat talab qilinadi. Izchil usul bo‘yicha dastlabki oliy ma’lumot 
(universitet yoki undan boshqa)ni maxsus fan yo‘nalishda egallagan 
talabalar muallimlikka aspirantura yoki universitetdan tashqari 
kurslarda tayyorlanadi. 
Baravar usul o‘qituvchilarining barcha ta’lim va tayyorgarligi 
boshlang‘ich maktablarda izchil usulda yo‘lga qo‘yiluvchi 
Fransiyadan boshqa barcha davlatlarda tarqalgan. Angliyada har 
ikki usul ham amal qiladi, ammo maktab o‘qituvchilarini 
tayyorlashning baravar usuli kengroq tarqalgan. 
Shotlandiyada kasbiy ta’limda lektorlar pedagog darajasini 
egallashlari mumkin. Bu majburiy bo‘lmasada, 85% lektorlar bu 
daraja sohibi bo‘ladilar. Pedagoglar tayyorlashda lektorlar uchun 
albatta pedagog malakasi talab qilinadi. Oliy ta’limning boshqa 
sohalarida lektorlar odatda bunday malakaga ega emaslar. Hozirgi 
kunda universitet xodimlari uchun ta’lim kurslarida pedagogik 
metodlarga taya’niladi. 
Lektorlardan oliy ta’limda ham, undan keyingi ta’limda ham 
ta’lim usullarini doimiy yaxshilab borish talab qilinadi. Bu turli 
sabablar bilan izohlanadi. Bir qancha davlatlarda lekttorlardan 
yaxshi natijalarga erishish talabi qo‘yilgan qoidalar mavjud. 
Shuningdek: 
Talabalarning muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq moliyaviy pul 
ulushi mavjud. 
1. 
Talabalarga har bir predmet bo‘yicha so‘rovnomalarni 
to‘ldirishga beriladi. Natijalar kursdagi barcha lektorlarni jamlovchi 
kurs qo‘mitasi a’zolari, talabalarning vakillari, ishlab chiqarish va 
mahalliy jamiyatlar vakillari huzurida e’lon qilinadi. 
2. 
Ta’lim sifatini tekshirishni amalga oshiruvchi inspektor 
va boshqa universitet xodimlari ishtiroki. 
3. 
Talabalarni baholovchi professionallar guruhi. 
4. 
Yomon o‘qitish mazkur kursga juda kam talabalarni 
to‘plashga sabab bo‘ladi va bu o‘z navbatida kurning yopilishiga 
olib kelishi mumkin. 
5. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling