So'zlarning morfem tarkibi


Download 135 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi135 Kb.
#1567007
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
So\'zlarning morfem tarkibi

E) sanamoq, yosh, ota;
T3 son, yosh, ata.
28. Ogzi, ko'ngli, sanamoq so'zlari qanday yozuv asosida yozjlgan?
fonetik yozuv; B) shakliy yozuv;
D) morfologik yozuv;
E) grafik yozuv;
F) differensial yozuv.
29. Morfologik yozuv asosida yozilgan qatorni toping.

  1. ko'm-ko'k, qizil, Nyu—York;

  2. qiyin, stadion, o'tga, qishloqqa; D) o'qibdi, aytibdi, tug'ildi;

'E) qip-qizil, fakultet, monolog; F) trolleybus, geologiya, pasport.
MORFEMIKAGA OID TEST SAVOLLARI
1. So'zlarning morfologik tuzilishi, ularni eng kichik ma'noli qismlarga bo'lishning tartib-qoidalari tilshunoslikning qaysi boiimida o'rganiladi?

  1. morfologiyada;

  2. sintaksisda; D) fonetikada;

E) morfemikada;
F) leksikologiyada.
2. Morfemikaning o'rganish obyektiga qaysilar kiradi?

  1. asos qism, tushuncha, so'z;

  2. so'z yasovchi, forma hosil qiluvchi qo'shimchalar;

D) asos qism, negiz, so'z yasovchi qo'shimcha, shakl yasovchi qo'shimcha, so'z o'zgartiruvchi qo'shimcha;
E) shaxs-son, zamon, nisbat, fei;
yV) asos qism, qo'shimchalar.
3. So'z yasovchi qo'shimchalar:
A) yangi so'z yasamaydi;
B) gapda so'zlarni bir-biriga bog'laydi;
^ D) asosga qo'shilib yangi so'z yasaydi;
E) B va D javoblar to'gri;
F) so'z shakli yasaydi.
4. Mirzacho'llar obod bo'ldi gapidagi -lar qo'shimchasining ma'nosi qaysi qatorda to'g'ri berilgan?
A) sof ko'plik; i^B) hurmat;
D) kuchaytiruv;
E) chama-taxmin;
F) hudud-joy ma'nosida.
5. Asos qismning grammatik belgilari to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping.

  1. so'zning asl ma'nosini anglatadi;

  1. hech qanday grammatik belgini bildirmaydi; , D) qismlarga ajralmaydi;

E) so'z yasash uchun asos vazifasini bajaradi;
F) gapga qo'shimcha ma'no beradi.

6. Qo'shimchalarning aksariyati qaysi tamoyil asosida yoziladi?



  1. fonetik;

  2. shakliy; D) differensial; y E) morfologik; F) to'g'ri javob yo'q.

7. Kelishik qo'shimchalari to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping.
LA) 5 ta; B) 6 ta;
D) 3 ta;
E) 4 ta;
F) 2 ta.
8. -lik va -// qo'shimchalarining farqi to'g'ri ko'rsatilgan qatorni
ko'rsating. ;
« A) -lik ot va sifat yasovchi, -/A faqat, sifat yasovchi qo'shimcha; B) -lik Ot va ravish yasaydi;
D) har ikkalasi sifat yasaydi;
E) -lik sifat, -// ot yasaydi;
F) -lik ot, -// sifat yasaydi.
9. YoHovchi so'zi ma'noli qismlarga to'g'ri ajratilgan qatorni toping.
yA) yoi-ov-chi; B) yoiov-chi;
D) yoiovchi;
E) yo'-lov-chi;
F) yo'-lovchi.
10. Madaniyat so'zi ma'noli qismlarga to'g'ri ajratilgan qatorni toping?

  1. madaniyat;

  2. mada-niyat; D) madan-iyat;

QjEr) madan-i-yat; F) bu so'z ma'noli qismlarga ajiratilmaydi.
INSHO HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT
Savodxonlik darajasini tekshirishning sinalgan usullaridan biri INSHO sanaladi. Shu o'rinda insho va uning o'ziga xos xususiyatlari haqida biroz to'xtalib o'tishga to'g'ri keladi. Insho so'zi aslida arabcha so'z bo'lib, «paydo qilish», «ijod», «yuzaga keltirish», «yozuv», «sochma asar», «xat» singari ma'nolarni bildiradi.
Insho quyidagi ikki bosqichni o'z ichiga oladi.

  1. Inshoning qoralama (xomaki) nusxasini tayyorlash.

  2. Uni oqqa ko'chirib yozish.

Inshoning qoralama nusxasi ishning dastlabki bosqichi boiganligi uchun unda o'chirilgan, so'zlarning o'rni almashtirilgan, jumlalar tuzatilgan o'rinlarning boiishi tabiiy. Qoralama nusxadagi bunday tuzatishlar ish tek-shirilayotganda xato hisoblanmaydi va ular hisobga olin-maydi. Insho tekshiruvchi hatto ba'zi bir paytlarda oq nusxadagi jumlalarning g'alizligini aniqlashtirish maqsa-dida qoralama nusxaga uni solishtirishi, agar unda jumla to'g'ri tuzilgan boisa, oq nusxadagi xatoni hisobga olmas-dan ketishi ham mumkin. Bu esa amaldagi qoidalarga mu-vofiq boiadi. Qoralama nusxada ham insho uchun reja tuziladi. Fikrlar izchillik asosida, aniq va lo'nda shakllarda bayon qilinadi. Qoralama nusxani haddan tashqari bo'yab, inshoni o'ta e'tiborsizlik bilan yozish maqsadga muvofiq emas. Xomaki nusxani yozishda quyidagi holatlarga diqqatni qaratish tavsiya etiladi.
INSHONING XOMAKI NUSXASINI TAYYORLASH UCHUN TAVSIYALAR

  1. Qaysi mavzu bo'yicha insho yozishingizni puxta o'ylab oling. Nimalar haqida yozish lozimligi ustida bosh qotiring.

  2. Insho mavzusiga oid materiallarni, masalan, yozuv-chi, uning hayoti va ijodi, yozgan asarlari, siz insho yoz-moqchi boigan asar va uning yozuvchi ijodida tutgan o'rni, asarning mavzusi va g'oyaviy yo'nalishlari, bosh qahramon-lari, asardagi voqealar, asar qahramonlarining xarakteri yuzasidan insho yozish uchun birinchi galda kerak boia-digan holatlarni eslang, so'ngra ularni qog'ozga tushira boshlang.

  3. Insho bo'yicha eng ko'p ishlatiladigan so'zlarni yig'ib chiqing.

  4. Insho mavzusini yoritish uchun o'zingizga ma'qul kelgan usulni tanlang.

  5. Insho uchun reja tuzib oling va mazkur reja asosida insho yozishga kirishing.

  6. Insho yozayotganda fikrlarning izchilligiga, insho ma-teriallarining aniq va lo'nda shakllarda berilayotganligiga alohida e'tibor berib boring.

7. Inshoning qoralama nusxasi tayyor boigach, uni diqqat bilan o'qib chiqing. O'qiyotganingizda quyidagi holatlarga e'tibor qiling. Insho mavzusi yetarlicha yoritilgan-
mi? Inshoning mazmuni talabga javob bera oladimi yoki yo'qmi? Inshoda ortiqcha so'z va gaplar uchramaydimi? Agar shunday so'z va gaplarga duch kelsangiz ularni insho matnidan chiqarib tashlang, bo'sh ko'ringan o'rinlarni toi- diring.

  1. Inshoning tiliga alohida e'tibor qiling.

  2. Yozganlaringizni oqqa ko'chiring.

Inshoning qoralama nusxasi but boigach, uni oqqa ko'chirish jarayonida amaldagi husnixat qoidalariga va in­sho yozishning o'ziga xos tartibotlariga qat'iy rioya qilish kerak. Inshoning oq nusxasida o'chirilgan va ustiga yozib qo'yilgan joylar boimasligi lozim.
Inshoning sarvarag'iga o'quvchining ismi-sharifi yoki unga aloqador boigan so'zlar amaldagi tartib-qoidalar asosida yozib qo'yilishi shart. Insho ustiga turli xil belgilar qo'yilmaydi.
Agar talaba tomonidan maqsadli ravishda yuqoridagi qoidalarga amal qilinmagan boisa, bunday insholarga «qo-niqarsiz» baho qo'yiladi. Insho yozib boiingandan so'ng u o'quvchi tomonidan diqqat bilan o'qib chiqiladi va har ikkala nusxa sarvaraq bilan birgalikda o'quvchiga topshiriladi.
O'quvchilarga belgilab berilgan insho mavzularidan tashqariga chiqish, insho mavzularini o'zboshimchalik bilan o'zgartirish, o'zlari xohlagan mavzu bo'yicha insho yozish huquqlari berilmaydi. Inshoni baholash paytida oq nusxadagi mazmun va savodxonlik hisobga olinadi.
INSHO YOZISH UCHUN ASOSIY YO'L-YO'RIQLAR
O'quvchilarga insho yozish uchun 4 akademik soatdan iborat vaqt beriladi. Ular mana shu vaqt mobaynida tavsiya qilingan insho mavzularidan birini tanlab, mazkur mavzu bo'yicha o'zlarining fikr va mulohazalarini qoralab olish-lari kerak. Qoralama nusxa ustida obdon o'ylab, fikrlar ni-hoyasiga yetgach, qoralama nusxadagi matnni shoshmas-dan, chiroyli yozuv bilan oqqa ko'chirib yozish tavsiya etiladi. Insho mavzusini yoritishda iloji boricha tumtaroq so'z va iboralardan qochish, mujmal hamda noaniq fikrlar-ni bayon qilmaslik lozim. Sodda va ixcham so'zlardan, gaplardan foydalanish, bayon qilingan fikr va mulohazalarni dalillar bilan isbotlash inshoning qadr-qimmatini oshirish uchun xizmat qilishi tabiiy. Inshodagi fikrlar, albatta, xulosalanishi shart.
Aziz o'quvchilar, inshoni yozish paytida quyidagi holatlarga e'tibor berib ketsangiz, bularning sizga foydasi tekkan boiar edi.

  1. Tuzilayotgan jumlalarning lo'nda va aniq boiishiga alohida e'tibor berib borish kerak.

  2. Insho mazmuni materiallarni bayon qilish uslubi bilan chambarchas bogiiq ekanligini hech qachon unutmang.

  3. Insho mavzusi bilan bog'liq materiallarni bayon qilayot-ganingizda izchillikka qattiq rioya qiling. Insho mavzusiga aloqador shaxslarning nomlarini, badiiy asarlardan olingan parchalarni, tarixiy faktlarni, toponimik atamalarni yozish-da amaldagi imlo qoidalaridan kelib chiqqan holda ish ko'ring.

  4. Inshoni yuksak savodxonlik bilan yozishga harakat qi­ling.

  5. Tinish belgilarning ishlatilish o'rinlariga diqqat qiling. Ularning shakllari aniq va ko'rinarli boisin.

6. Insho husnixat qoidalariga muvofiq ravishda yozilsin.
Inshoning hajmi 4—5 sahifadan (varaq emas) iborat
boisa, yetadi.O'ta ixcham shakllarda yozilgan yoki maz­muni huda-behuda so'zlar bilan toidirilib yuborilgan cho'ziq insholar ishning umumiy bahosiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.
Har qanday insho quyidagi uch boiimdan iborat boiadi. Buni foiz nuqtayi nazaridan quyidagicha ko'rsatish o'rinlidir.
Kirish Asosiy qism Xulosa
10-15% 70-80% 10-15%

Foiz nuqtayi nazaridan inshodagi qismlar o'rtasida no-muvofiqliklar uchrasa, xususan, kirish va xulosa qismi kengaytirilib yuborilgan boisa-yu, asosiy qism o'ta tor bo'lib qolgan boisa, bu narsa inshoning mazmuniga jiddiy darajada putur yetkazishi mumkin. Inshoni baholayotganda, albat­ta, bular ham hisobga olinadi.



  1. Insho mavzusi aniqlab olingach, mazkur mavzudan kelib chiqqan holda insho rejasi tuziladi. Tuziladigan reja insho mazmunini o'zida toia-to'kis ravishda namoyon qilib turmog'i, u izchillik asosida mavzudan chetga chiqmagan holda tuzilmog'i darkor. Insho rejasi tuzib olingandan so'ng mavzuga har tomonlama mos keladigan muqaddima so'z(epigraf) tanlab olinadi.

  2. Insho boshqalarga halaqit bermasdan, umumiy tar-tib-intizomga qattiq rioya qilgan holda yoziladi.

  3. Tayyor yozilgan, trafaret usulidagi insholardan foy-dalanishga sira ham harakat qilmang.Ular sizni adashtira-di, fikrlaringizdan chalg'itadi. Yuqoridagi aytilganlarga rioya qilsangiz, o'z mulohaza-laringizni dadil va qo'rqmasdan bayon qilsangiz, Sizning yaxshi baho olishingizga biz kafolat bera olamiz.

INSHO REJASI VA UNGA QO'YILADIGAN ASOSIY TALABLAR
Reja inshoning tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Den-gizda ketayotgan kemalar qirg'oqdagi mayoqqa qarab o'zlariga yoi belgilaganlari singari insho yozayotgan shaxs-lar ham maium bir reja asosida o'zlarining fikr va mulohazalarini qog'ozga tushira boshlaydilar. Yaxshi tuzilgan reja inshoning izchilligini ta'minlaydi, o'quvchi reja asosida qaysi fikrdan keyin qaysisini bayon qilishni aniq his qilib turadi. Har tomonlama o'ylab tuzilgan, o'zida insho mav-zusining hamma jihatlarini yaqqol aks ettirib turgan reja yarim insho demakdir. U inshoning nihoyatda ixcham, lo'nda shakllardagi o'ziga xos ko'rinishidir.
Insho rejasi ikki xil: sodda va murakkab ko'rinishda boiadi.
Odatda erkin va ijodiy mavzulardagi insholar yozilayot-ganda yoki aniq bir yozuvchining ijodiga baho berilayot-ganda sodda shakldagi insho rejalaridan foydalaniladi. Bun-da rejadagi har bir band ixcham va sodda gaplardan iborat bo'Iadi. Sodda shakldagi insho rejasi tuzilayotganda mav-zuga har tomonlama mos keladigan materiallardan, xalq maqollaridan va ibratli gaplardan, hikmatli so'zlardan foy-dalanish maqsadga muvofiqdir. Sodda ko'rinishlardagi reja namunalarini insho mazmu-nining nihoyatda ixchamlashtirilgan shakllari deyish ham mumkin, negaki, yaxshi tuzilgan sodda rejalar inshoning yo'nalishi, tarkibiy qismlari, mavzuning izchilligi haqida aniq bir tasawurlarni berishi turgan gap.
SODDA KO'RINISHDAGI REJA NAMUNALARI
Bunday tipdagi insho rejalaridagi tartib arab raqamlari bilan belgilanadi va ulardan keyin nuqta qo'yiladi.
Namuna: «Do'st bilan obod uying...»
Reja:
1. Do'stlik so'zining ma'nosini men qanday tushunaman?
I. UO SI DOSllga K. 1111*11 lUMlgaiiua omaiaui.
3. Do'stlik, birodarlik insoniyatni taraqqiyotga yetaklaydi.

Sodda ko'rinishdagi insho rejalari tuzilayotganda, undagi gaplar tarkibini 1), 2), 3) ... shaklida arabcha raqamlar bilan belgilash va ulardan keyin yopiluvchi qavsni qo'yish, shuningdek, ularni a), b), d) tarzida belgilash tavsiya etilmaydi. Tartibni belgilash-ning eng maqbul yoii arab raqamlarini qo'yib, ulardan so'ng nuqtani ishlatishdir.


O'quvchilar tomonidan tuzilgan rejalarda undan keyin qanday tinish belgisini ishlatish kerakligi ham haligacha hal etilmagan masalalardan biridir. Sababi o'quvchilar «Reja» deb yozganlaridan so'ng ba'zan hech qanday tinish belgisini ishlatmaydilar, gohida esa undan keyin nuqta belgisini qo'yadilar. Shuningdek, rejadan so'ng ikki nuqtani ishlatish ham tez-tez uchrab turadi. Shu o'rinda «Mazkur holatning qaysinisi amaldagi qoidalarga to'g'ri keladi?» degan savolning paydo boiishi turgan gap. Hozirgi o'zbek adabiy tilining imlo qoidalaridan kelib chiqadigan boisak, ya'ni «Sar-lavhadan keyin hech qanday tinish belgisi ishlatilmaydi» , «Xabar, darak ma'nosidagi atov gaplarning oxirida nuqta qoilaniladi» degan qoidalarga asoslanadigan boisak, har uchala holatda ham to'g'ri va qonuniy yoi tutgan boiamiz. Biz mazkur tavsif-nomamizda «Izoh ma'nosidagi so'zlardan keyin ikki nuqta qo'yiladi» degan qoidaga rioya qilgan holda reja deb yozgandan keyin ikki nuqta ishlatishni (Reja:) ma'qul ko'rdik. Zero, har qanday reja umumlashtiruvchi so'z, uning ostidagi gaplar esa rejaning izohi, uning maqsadiga bo'ysunuvchi mantiqiy davo-midir.

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling