Spermani sifatini makroskopik baholash. Reja


Download 44.9 Kb.
bet2/9
Sana04.02.2023
Hajmi44.9 Kb.
#1162540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-laboratoriya

Spermaning rangi yaxshi yorug‘likda aniqlanadi. Buqalarning spermasi oq-sarg‘ich, quchqorlarniki undan ham sarg‘ichroq rangda bo‘ladi. Ayg‘ir va erkak cho‘chqalarning spermasi oq-kulrang bo‘ladi. Spermaning qizg‘ich rangda bo‘lishi unga qon aralashganligi, yashil rangda bo‘lishi yiring, sariq rangda bo‘lishi esa siydik aralashganligidan dalolat beradi. Bunday spermalar urug‘lantirish uchun yaroqsiz hisoblanadi va nasldor hayvonlar davolanadi va sog‘ayguncha ishlatilmaydi.
Spermaning hidi. Odatda sperma hidsiz bo‘ladi. Qo‘chqorlarning spermasidan ter-yog‘ hidi (kuchsiz sarimsoq hidi), buqa spermasi yangi sog‘ilgan sigir suti hidiga ega bo‘lishi mumkin. Chirigan va ammiak (siydik) hidiga ega bo‘lgan sperma ishlatish uchun yaroqsiz hisoblanadi.
3-jadval.
Hayvonlar va parrandalarda sperma (eyakulyat)ning hajmi.

Hayvon turi

Spermaning hajmi, ml


o‘rtacha

maksimum

Quchqor

1-1,5

3

Buqa

3-5

15

Ayg‘ir

50-100

200

Erkak cho‘chqa

250-400

1000

Quyon

0,5

2

It

2-10

18

Tuya

60

150

Xo‘roz

0,3-0,5

1

Kurka

0,2-0,4

0,8

G‘oz

0,2-0,4

1,8

Spermaning konsistensiyasi quchqorlarda qaymoqsimon, buqalarda - suyuq qaymoqsimon, ayg‘ir va erkak cho‘chqalarda esa suyuq (suvsimon) bo‘ladi.
Sperma ifloslangan, qizg‘ich rangda (qon aralashgan), ko‘kimtir yoki yashilroq (yiring aralashgan), sarg‘imtir va yoqimsiz hidga ega (siydik aralashgan) hamda tarkibida ivimalar bo‘lganda ishlatish uchun yaroqsiz deb topiladi. Bunday sperma beradigan nasldor hayvonlar klinik va laborator tekririshlardan o‘tkazilib, kerakli davolash tadbirlari o‘tkaziladi.
Spermaning fiziko-kimyoviy va biologik xossalari. Urug‘ o‘zining kimyoviy va biologik xossalariga ko‘ra, tirik organizmning murakkab suyuqliklariga kiradi. Urug‘ning zardob va spermatozoidlar qismi farqlanadi.
Urug‘ning zardobi urug‘don ortig‘i ishlab chiqqan va siydik tanosil kanali devorlaridagi qo‘shimcha jinsiy bezlarning (pufakchasimon, prostata, piyozchasimon va uretra bezlari) suyuqliklaridan tashkil topgan.
Urug‘ zardobi bilan spermatozoidlarning nisbati nasldor hayvon turi, yashash sharoiti (oziqlantirish, saqlash va ishlatilishi) va urug‘ olish texnikasiga bog‘liq. Urug‘don ortig‘i kanalining kengaygan qismida barcha erkak hayvonlar spermatozoidlarning soni nisbiy ravishda bir xil bo‘ladi. Masalan, ularning konsentrasiyasi 1 ml urug‘da: buqalarda 3-4 mlrd, ayg‘irlarda esa 5 mlrd. ga yaqin. 1 ml buqa urug‘ida esa spermatozoidlarning soni o‘rtacha 0,8-1,2 mlrd, ayg‘irlarda 100-150 mln. ga teng bo‘ladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, eyakulyatsiya vaqtida urug‘don ortig‘i kanalidagi quyuq spermatozoidlar massasi qo‘shimcha jinsiy bezlar suyuqliklari bilan ayg‘irlarda 30-50 marta suyultirilsa, buqalarda esa faqatgina 4-5 marta suyultiriladi, xolos. Ayg‘ir va cho‘chqalarning qo‘shimcha jinsiy bezlari ko‘plab suyuqlik ishlab chiqaradi va spermatozoidlar eyakulyatning juda oz qismini tashkil etadi: ayg‘irlarda 1,75-2%, cho‘chqalarda - 5,7% bo‘lsa, buqalarda spermatozoidlar eyakulyatning o‘rtacha 14%, qo‘chqorlarda 30% ini tashkil qiladi.

Download 44.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling