Spermani sifatini makroskopik baholash. Reja


Osmotik bosimning ta’siri


Download 44.9 Kb.
bet7/9
Sana04.02.2023
Hajmi44.9 Kb.
#1162540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-laboratoriya

Osmotik bosimning ta’siri. Hayvonlarning spermasi nisbatan doimiy osmatik bosimga ega. Urug‘ zardobining osmatik bosimi bilan spermatozoidlar ichidagi osmatik bosim deyarli bir xil bo‘ladi. Spermatozoidlarning hayoti uchun spermaning suyuq qismida erigan moddalar qancha bo‘lsa, xujayra protoplazmasida ham shuncha bo‘lishi talab etiladi (izotoniya). Gipotonik va gipertonik eritmalar spermatozoidlarga juda yomon ta’sir qiladi. I.I.Ivanovning aniqlashicha, spermatozoidlar gipertonik eritmalarga qaraganda gipotonik eritmalarga yaxshi chidaydi.

4- jadval. Spermatozoidlarga harorat o‘zgarishining ta’siri.



Harorat, °C

Spermatozoidlarning harakati, mm/daqiqa

Harakatning davom etishi

46,5

10-14

1-1,5 soat

45,0

10-14

1,5-4 soat

38,0

6-10

12-30 soat

17,0

2-4

36-120 soat

10,0

1-2

72-160 soat

5,0

0

120-280 soat

0

0

10-24 kun

-12

0

15-30 kun

-79

0

365 kundan ortiq

Spermatozoidlar gipertonik va gipotonik eritmalarda asta-sekinlik bilan o‘ladi. O‘lishidan oldin ular “osmatik anabioz” - deb ataluvchi holatga o‘tadi. Osmatik anabioz holatidan spermatozoidlarni chiqarishga eritma konsentrasiyasini izotonik holatga etkazish bilan erishiladi. Ayniqsa osmatik bosimning birdan o‘zgarishi spermatozoidlarga juda yomon ta’sir qiladi. Eritmalar konsentrasiyasining sekinlik bilan o‘zgarishiga spermatozoidtozoidlar moslashib borib, uzoq yashashi mumkin.
Spermatozoidlar osh tuzining distillangan suvdagi - 0,5, - 1, - 2, - 3%-li eritmasi bilan aralashtirilganda, ular faqatgina 0,9 - 1%-li eritmalarda (izotonik) yashay oladilar va harakatchan bo‘ladilar, ammo 0,5%-li (gipotonik) eritmalarda ham, 2%-li eritmada ham ularning harakatchanligi keskin kamayadi, 3%-li (gipertonik) eritmalarda esa ularning hammasi nobud bo‘ladi. Bu holatni spermatozoidlar qobig‘ining fizik-kimyoviy xususiyatlariga ko‘ra yarim o‘tkazgich membranadan iborat ekanligi bilan izohlash mumkin. Bu membrana orqali u yoki bu tomonga ko‘ra suv, kislorod va uglerod IV - oksidi bemalol o‘tadi, ammo tuz zarrachalari, qand va boshqalar juda sekinlik bilan o‘tadi.
Shuning uchun gipotonik eritmalarda suvning hujayra protoplazmasiga tez o‘tishi hisobiga spermatozoidlar shishadi va turgor holatga keladi, gipertonik eritmalarda esa aksincha, spermiylar protoplazmasidagi suv ko‘p chiqarilib, plazmoliz holatga keladi. Qo‘chqor urug‘i uchun - 6,4%, buqa va cho‘chqalar urug‘i uchun - 6%, quyon urug‘i uchun - 5,4% ayg‘irlar uchun - 7% li glyukoza eritmasi izotonik eritma hisoblanadi.
Spermatozoidlar nafaqat qo‘shimcha jinsiy bezlar suyuqliklarida balki sun’iy tayyorlangan qandli va tuzli eritmalarda ham yashay oladi. Buni birinchi bo‘lib I.I.Ivanov aniqlagan. Bu eritmalar urug‘larni suyultiruvchilar deyiladi, ular qat’iy izotonik eritmalar bo‘lishi kerak.

Download 44.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling