Spermani sifatini makroskopik baholash. Reja
Spermatozoidlarga tashqi omillarning ta’siri
Download 44.9 Kb.
|
3-laboratoriya
Spermatozoidlarga tashqi omillarning ta’siri. Spermatozoidlar organizmdan tashqi muhitga chiqqandan so‘ng turli xil ta’sirlarga uchraydi. Bu ta’sirlarni bilmasdan turib, urug‘larni uzoq saqlash va ularni urug‘lantirish qobiliyatini oshirishga erishish mumkin emas.
Haroratning ta’siri. Tashqi muhit haroratining o‘zgarishi spermatozoidlarga ta’sir qiladi va ular bu o‘zgarishlarni turlicha qabul qiladi. Spermatozoidlar +38-40°C haroratda yuqori faollikda (harakatchan) bo‘ladi, ammo bunda ularning yashash muddati qisqaradi. Bu jarayon spermatozoidlarda modda almashinuvining tezlashishi, oziq moddalarning tez sarf bo‘lishi natijasida sut kislotasining ko‘p hosil bo‘lishiga bog‘liq. Harorat 43-45°C ga ko‘tarilganida spermatozoidlarning faolligi yanada oshadi, +47°C darajada ularning urug‘lantirish qobiliyati mutlaqo yo‘qoladi, +50°C haroratda ularning hammasi o‘ladi. Haroratning pasayishi (+38°C dan past bo‘lganda) asta-sekinlik bilan olib borilsa, u vaqtda spermatozoidlar chidamli bo‘ladi. Haroratni tezda pasaytirish spermatozoidlarga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Haroratni +18-16°C, ayniqsa 0°C darajagacha pasaytirish spermatozoidlarni sovuq urishiga olib keladi, oqibatda ularning harakatchanligi yo‘qoladi va o‘ladi. Harorat shoki yoki sovuq urish holati yangi olingan urug‘larni tezlik bilan kuchli sovutishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Urug‘ +38°C dan 0°C gacha sovutilganda qariyib hammasi o‘ladi. Agar urug‘ olingandan so‘ng bir necha soat xona haroratida saqlansa, unda ularning past haroratga chidamliligi ancha oshadi. SHundan so‘ng urug‘ +20°C dan 0°C gacha sovitilganda 30-50% spermatozoidlar shok holatdan chiqadi va tirik qoladi, ammo urug‘lantirish qobiliyati pasayadi. Spermatozoidlar harakatchanligini oshiradigan muhitda, kislotali muhitga qaraganda ularning sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘ladi. Urug‘don ortig‘i kanalidan olingan spermatozoidlarning sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘lib, ularda harorat shoki deyarli kuzatilmaydi. Qo‘chqor va buqalardan yangi olingan sperma sovuq ta’siriga juda chidamsiz bo‘ladi, bunga eyakulyatning juda oz miqdorda va ularga sovuqning ta’siri kuchli bo‘lishi sabab bo‘ladi, bu ayniqsa urug‘ qish oylarida sovuq urug‘ yig‘gichlarga olinganda kuzatiladi. Urug‘ yig‘gichning harorati +25 -35°C, xonaning harorati +20 - 25°C, ishlatiladigan suyultirgichlarning harorati o‘rtacha 18-20°C bo‘lganda odatda harorat shoki kuzatilmaydi. Urug‘ni saqlashda optimal harorat 0°S hisoblanadi, bunda spermatozoidlarning harakati to‘xtab, modda almashinuvlari susayadi va ularning urug‘lantirish qobiliyati uzoq vaqt saqlanadi. Bunday urug‘lar sekin isitilganda spermatozoidlarning harakati tiklanadi. M.P.Kuznesovning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qo‘chqorlardan olingan urug‘lar izotermik idishlarda 0°C da saqlanganda spermatozoidlarning haraktchanligi 71 kungacha saqlanadi. Ammo bunda 3-4 kundan so‘ng urug‘lantirish qobiliyati pasayadi. Spermaning bu xususiyatlarini mukammal o‘rganish bilan ularni past haroratda (-79 dan -196°C) uzoq muddat saqlash usullari ishlab chiqilgan. Download 44.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling