Spermani sifatini makroskopik baholash. Reja


Spermatozoidlarning harakati


Download 44.9 Kb.
bet5/9
Sana04.02.2023
Hajmi44.9 Kb.
#1162540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-laboratoriya

Spermatozoidlarning harakati. Barcha hayvonlar spermatozoidlari dumi bilan harakat qiladi. Tashqi urug‘lanish guruhiga kiradigan hayvonlarda (jinsiy suyuqlikning suvga chiqarilishi) spermatozoidlar spiral shaklida harakat qiladi, bu urug‘ning tuxum hujayra bilan uchrashishini tezlashtiradi. Ichki urug‘lanish guruhiga kiruvchi hayvonlarda spermatozoidlar to‘g‘ri chiziqli ilgarilanma harakat qiladi. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat - spermatozoidlarning muhim xususiyatlaridan biri, shu harakat tufayli u tuxum hujayra bilan uchrashib urug‘lantirishga muvaffaq bo‘ladi. Spermatozoidlarning harakati dum qismining to‘lqinsimon harakati va o‘z o‘qi atrofida aylanishi hisobiga sodir bo‘ladi.
Spermatozoidlar to‘g‘ri chiziqli ilgarilanma harakatining o‘rtacha tezligi xona sharoitida turli hayvonlarda bir daqiqada 1- dan 4- gacha bo‘ladi.
Spermatozoidlar suyuqlik oqimiga qarshi harakat qilish xususiyatiga (reotaksis) ega. Bu holatni ularning moslashuvi, ya’ni kuyikkan urg‘ochi hayvon jinsiy a’zosidan ajralayotgan suyuqlikka qarshi borish xususiyati deb hisoblanadi.
Spermatozoidlarning elektr zaryadi va agglyutinasiyasi. Urug‘dondondan urug‘don ortig‘iga chiqqan spermatozoidlar maxsus elektr zaryadiga ega bo‘lmaydi va elektr maydoniga (elektrofarez) kamerasiga joylashtirilganda ham katod, ham anod tomon harakat qiladi. Spermatozoidlar uzun urug‘don ortig‘i kanalidan o‘tayotib, u erda ishlab chiqarilayotgan quyuq suyuqlikdan iborat nozik lipoproteid parda bilan qoplanadi. Urug‘don ortig‘ining dum qismidan olingan spermatozoidlar faqatgina anod (+) tomon harakat qiladi, ya’ni spermatozoidlarning hammasi bir xil manfiy elektr zaryadiga ega bo‘ladi. Shu zaryad tufayli spermatozoidlar bir-birini itarishadi va bir-biri bilan yopishib qolmaydi. Qo‘chqor va buqalarning quyuq urug‘ida spermatozoidlarning haddan tashqari ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularning harakati shu elektr zaryadlar tufayli tartibga solinadi.
Spermatozoidlarning lipoproteid qobig‘i buzilganda ular elektr zaryadini yo‘qotadi va bir-biri bilan yopishib qoladi, ya’ni agglyutinasiyaga uchraydi. Buqa va qo‘chqorlar urug‘ida bu holat muhit reaksiyasining kislotali tomonga o‘tishi (vodorod ionlari konsentrasiyasining oshishi) va sut kislotasining ko‘payishi tufayli sodir bo‘ladi. Spermada pH-5,0-6,4 bo‘lganda spermiylarning bosh qismi elektr zaryadini yo‘qotadi va yulduzli agglyutinasiya sodir bo‘ladi ya’ni ular boshi bilan bir-birlariga yopishadi, dum qismi esa har tomonga ko‘ra bukiladi. Kislotali muhitning oshishida spermatozoidlar elektr zaryadini yanada ko‘proq yo‘qotadi va tartibsiz ravishda bir-birlari bilan yopishib qoladi (koagulyatsiya). Bunday paytda spermatozoidlarning harakati kuzatilmaydi, ularning hammasi o‘lgan bo‘ladi.

Download 44.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling