Spermani sifatini makroskopik baholash. Reja


Spermatozoidlarga kimyoviy moddalarning ta’siri


Download 44.9 Kb.
bet9/9
Sana04.02.2023
Hajmi44.9 Kb.
#1162540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-laboratoriya

Spermatozoidlarga kimyoviy moddalarning ta’siri. Spermatozoidlar turli xil kimyoviy moddalar ta’siriga chidamsiz bo‘ladi. Ayniqsa ularga yod bug‘lari, kreolin, lizol, skipidar, nashatir spirti, xlorid va sulfat kislotalari, efir va boshqa uchuvchi, o‘tkir hidli moddalar yomon ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun sun’iy urug‘lantirish laboratoriyalarida dori va dezinfisiyalovchi moddalar saqlanmasligi kerak.
Sun’iy qin va boshqa asbob-uskunalar hamda idishlarni yuvishda spermatozoidlarga salbiy ta’sir etadigan soda eritmalari, dezinfeksiyalash uchun esa spirt yoki furasilindan foydalaniladi. Shu sababli eritmalarning qoldiqlarini ketkazish uchun idish va asboblar 1% -li osh tuzi eritmasi bilan chayqaladi.
Spermatozoidlarga tamaki hidi, atir, sovun, poyafzal moyi, chesnok, piyoz hidlari ham yomon ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim antibiotiklar (biomisin, sintomisin va gramisidin) va sulfanilamidlar ham zaharli ta’sir ko‘rsatadi.
Mikroorganizmlarning ta’siri. Sog‘lom nasldor hayvonlar spermasi tarkibida mikroorganizmlar bo‘lmaydi. Lekin ishlab chiqarish sharoitlarida ayniqsa, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilinmaganda urug‘ turli xil mikroorganizmlar bilan ifloslanishi mumkin.
Mikroorganizmlar sun’iy qin va spermaga urug‘ olinadigan xona havosidan, nasldor hayvonlarning tanasi va jinsiy a’zolaridan tushadi.
Odatda spermada turli kokklar, ichak tayoqchalari, bir xujayralilar va saprofit mikroorganizmlar uchraydi. Spermada erkak hayvonlar turli yuqumli va invazion kasalliklarining (trixomonoz, vibrioz, brusellyoz) qo‘zg‘atuvchilari ham uchrashi mumkin.
Sperma olinayotgan buqa jinsiy a’zolari kasallangan bo‘lsa spermaga qon, yiring, siydik va boshqa moddalar aralashgan bo‘ladi. Tarkibida ana shu aralashmalar bo‘lgan sperma “sifatsiz” - deb topiladi va urug‘lantirish uchun ishlatilmaydi.
Download 44.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling