Spermani sifatini makroskopik baholash. Reja


Download 44.9 Kb.
bet8/9
Sana04.02.2023
Hajmi44.9 Kb.
#1162540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-laboratoriya

Ionlarning ta’siri. Urug‘ tarkibida turli organik va anorganik moddalar bo‘lib, ular ion tarkibiga ko‘ra elektrlit va elektrolitmaslarga bo‘linadi, Ular urug‘ning muhitini belgilaydi. Tuzlar (elektrolitlar) ayg‘ir va cho‘chqalar urug‘i tarkibida buqalar urug‘iga nisbatan ko‘p bo‘ladi.
Turli ionlarning spermatozoidlarga ta’sirini spermani saqlash va ular uchun suyultiruvchilar tayyorlashda hisobga olish kerak. Ko‘pchilik tuzli eritmalar spermiylarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni spermatozoidlarning ta’sirchanligi va harakatchanligini oshiradi, natijada ular energiyasini tezda yo‘qotadi va nobud bo‘ladi. Bundan tashqari, 2, 3 valentli metallarning (Ca, Al, Mg) kationlari spermiylarning manfiy elektr zaryadini neytrallaydi va ularning agglyutinasiyasiga sabab bo‘ladi. 1 valentli metallarning ionlari esa bunday salbiy ta’sirga ega emas, shuning uchun urug‘ suyultirgichlarni tayyorlashda natriy va kaliy tuzlaridan foydalaniladi.
Spermatozoidlarga eritmalar muhitining ta’siri. Spermiylarda energiya almashinuvining tezlashishi nafaqat tashqi muhit harorati va urug‘ning tarkibiga, balki muhitning reaksiyasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Muhitning kislotali bo‘lishi dissosiasiya jarayonida ajraladigan vodorod ionlarining konsentrasiyasiga (pH) bog‘liq. pH - 7,07 ga teng bo‘lganda muhit neytral hisoblanadi.
Urug‘don ortig‘i kanalida spermatozoidlar kislotali muhitda (pH-5,57 dan 6,9 gacha, o‘rtacha 6,1) harakatsiz (anabioz holida) bo‘ladi. Eyakulyasiya paytida urug‘ ishqoriy muhitga ega bo‘lgan qo‘shimcha jinsiy bezlar suyuqliklari bilan qo‘shilib, uning muhiti neytral holga yaqinlashadi, bu spermatozoidlarni anabioz holatidan chiqaradi va harakatlana boshlaydi.
Spermatozoidlarga yorug‘lik nurlarining ta’siri. Tabiiy sharoitda spermaga quyosh nuri ta’sir etmaydi. Shuning uchun spermatozoidlarda quyosh nurining salbiy ta’siriga nisbatan himoyalanish pigmentlari yo‘q. Urug‘ deyarli tiniq va rangsiz. Ilgari spermatozoidlarga hamma nurlar yomon ta’sir etadi degan xulosaga kelinib, ularni qora shishadan yasalgan idishlarda saqlaganlar. Keyinchalik, quyosh nurining, ayniqsa, ultrabinafsha va infraqizil nurlarning spermatozoidlarga salbiy ta’siri aniqlangan.
Infraqizil nurlar issiqlik effektini bersa, ultrabinafsha nurlar esa bakterisid ta’siriga ega. Shuning uchun ham quyosh nurining to‘g‘ri ta’siri hamda kuchli sun’iy yorug‘lik spermatozoidlarning 20-40 daqiqa ichida nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun sun’iy urug‘lantirish paytida spermaga quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmasligi kerak.

Download 44.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling