M etodik к о ‘rsatmalar.
Eng epchil va ziyrak o‘quvchilar nina
qilib tayinlanishi kerak. Nina, ip va tuguncha qilib tayinlangan
o'quvchilar uzoq vaqtgacha xato qilmay yugurib yuraversalar,
boshqa o'yinchilarni ham o'yinda faol qatnashtirish maqsadida
ularni almashtirish mumkin.
6.9. Chavandoz
O'yinga tayyorlanish.
Har bir sinfdan 10-12 o‘yinchidan guruh
tuziladi. Guruhlar uchun 7-9
m
kattalikda to'rtburchaklar chiziladi.
Imkoniyat bo'lsa voleybol maydonchasidan ham foydalanish
mumkin. Har bir guruh, o‘z navbatida ikkitadan jamoaga bo'linadi.
Ular o‘zlariga nom qo‘yishadi. Faraz qilaylik “Lochin” va “Zafar”
jamoalari. “Lochin” jamoasi o'yinchilari to'rtburchakning o‘ng va
chap tomonidan chiziq tashqarisida, to'rtburchak ichkarisiga
qaragan holda yonma-yon saflanadilar. Qur’a tashlash usuli bilan
“Zafar” o'yinchilari to'rtburchak ichiga tushadilar va ularning
vazifasi erkin harakat qilib yurishdan iborat.
0 ‘yin
tavsifi.
O'qituvchining
ishorasi
bilan
“Lochin”
jamoasining o'yinchisi bir oyog'ini tizzadan, chap qo'lini esa
tirsakdan bukib orqaga qo'yib, to ‘rtburchak ichiga kiradi. Uning
vazifasi bir oyoqda sakrab yurib, uning qo'li bilan “Zafar”
o'yinchilarini
ushlashdir,
ya’ni
kafti-panjasi
bilan
begona
o'yinchining biror joyiga tegsa bas. Shu vaqtning o'zidayoq
“Zafar”ning o'yinchisi to'rtburchakdan chiqib, belgilangan joyga
borib turadi. “Lochin” jamoasining o'yinchisi esa navbatidagi
o'yinchini ushlashi 15-20 sekundgacha davom etadi. Buning uchun
“Lochin” jamoasining qolgan o'yinchilari bir xil maqomda 1 dan 20
gacha ovoz chiqarib sanaydilar. Shu vaqt ichida “Zafar”ning necha
o'yinchisi ushlanganligi hisoblanib chiqiladi. Keyingi safar “Zafar”
jamoasi to'rtburchakdan tashqariga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |