Sportning roli
TEXNOLOGIYA FANIDAN BA’ZI MAVZULARNI O’QITISHDA TA’LIMNING INTERFAOL METODLARIDAN FOYDALANISH
Download 290.86 Kb.
|
3- SO`BA TAYYORI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
TEXNOLOGIYA FANIDAN BA’ZI MAVZULARNI O’QITISHDA TA’LIMNING INTERFAOL METODLARIDAN FOYDALANISH
Eshqoraev Ulug’bek Chorievich Denov tadbirkorlik va pedagogika institute dotsenti ueshkorayev@gmail.com. Tel. +998993777037 Chorieva Dilnoza Ulug’bekovna Termiz davlat pedagogika instituti magistranti Annotatsiya: mazkur maqolada texnologiya fanidan ba’zi mavzularni o’qitishda ta’limning interfaol texnologiyalaridan foydalanish orqali o’zlashtirishi qiyin bo’lgan yuqori sinf o’quvchilarning faolligini oshirish masalalari yoritilgan. Kalit so’zlar: texnologiya, interfaol, o’qituvchi, qiyin o’zlashtiruvchi o’quvchi, maktab, jihoz, o’lchov asbobi, randa, arra, stameska, qaychi. Ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatining shakllanishi fan asoslarini o’zlashtirishga oid mexanizmgina bo’lib qolmasdan, balki shaxsning umumiy ijtimoiy-madaniy qobiliyatlarini tarkib toptirishga ham qaratilishini unutmaslik lozim. O’quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda e’tiborga olinishi lozim bo’lgan muhim omillardan biri o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro hamkorlk aloqalarini yuqori darajaga olib chiqishdir. Biz bilamizki, ta’lim jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega bo’lib, o’qituvchi va o’quvchilarning bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarida tashkil topadi. Bu jarayonni boshqarib boruvchi o’qituvchi ta’lim jarayonining to’g’ri tashkil etilishi, ta’lim maqsadlarining to’g’ri amalga oshirilishi va ta’lim natijalari uchun mas’ul shaxs hisoblanadi. Ma’lum bo’lishicha, umumiy o’rta ta’lim maktabining yuqori sinf o’quvchilarining ko’pchiligida balog’at yoshiga o’tish jarayonidagi psixofiziologik o’zgarihlar sabab fanlarni o’zlashtirishi pasayib ketadi. Natijada “o’z qobig’iga” o’ralib olib, aksariyat fanlardan bilimi sustlashib, o’rtoqlari yoki o’qituvchining savollariga javob berishga ro’yxo’sh bermaydi. Bunday o’quvchilar alohida yondashishni talab qiladi. Xo’sh, bunday o’quvchiga savol beravermasdan, aksincha, bu o’quvchining o’zi boshqalarga savol bersachi?. Demak, dars jarayonida o’qituvchi shuday vaziyatni yaratishi kerak. Bilimi sust bo’lgan va albatta baholanishi kerak bo’lgan o’quvchi boshqa o’quvchilarga savol berib, shu asnoda mavzu bo’yicha asosiy savolga javob topsin. Buning uchun umumiy o’rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida texnologiya fanidan takrorlashga ajratilgan mavzularni o’qitishda (“Bu yerda nimaning rasmi tasvirlangan?”, Bu qanday asbob?”) kabi interfaol texnologiyalar orqali yuqorida aytib o’tilgan o’zlashtirishi og’ir bo’lgan o’quvchilar bilan mashg’ulotlar olib boorish ko’zda tutiladi. Mazkur interfaol texnologiya asosida baholanishi kerak bo’lgan o’quvchining boshiga oldindan tayyorlangan qalpoq kiydirilib unga texnologiya fanida o’tiladigan mavzularga oid o’lchov va ish asboblari va jihozlarning rasmlari yopishtirib qo’yiladi. Doskaga chiqarilgan o’quvchi boshiga kiydirilgan qalpoqda nimaning rasmi borligini ko’rmasligi kerak. Bu o’quvchi boshidagi qalpoqda nimaning rasmi borligini o’rtoqlariga savollar berib, topishi kerak. Masalan, qog’ozda ish yoki o’lchov asbobining rasmi berilgan bo’lsa, u holda o’quvchi birinchi navbatda, qog’ozda ish asbobi, jihoz yoki o’lchov asbobi, yoki bo’lmasa formulami, yoki shakl tasvirlanganligini aniqlovchi savollar beradi. E’tibor bering, o’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchiga savol berilmayapti aksincha, u boshqalarga savol bermoqda. Shunday qilib, bilimi sust o’quvchi o’rtoqlariga savollar berish orqali boshidagi qalpoqda nimaning rasmi yopishtirilganligini bilib olishga harakat qiladi. Savollar berishni davom ettirib, oxirida gap nima haqda ekanligini topadi. Bunda quyidagi tartibda savol javob bo’lishi mumkin? O’zlashtirishi past o’quvchini biz shartli ravishda “Ozodbek” deb ataymiz. Download 290.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling