«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
160
Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy 
qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbeiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 
28-dekabrdagi “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini 
yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror 
nuroniylarni rag‘batlantirish, ularning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash 
borasidagi tizimli ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
64
O‘zbek oilalarda katta avlod vakillari tomonidan hayotiy tajribani yosh avlodga 
uzatish va yosh avlod vakillari tomonidan katta avlod merosini o‘zlashtirib olish, 
oilalarda shahslararo munosabatda ma’naviy-ahloqiy muhitni shakllantirishda 
keksalarning o‘z o‘rni bor. Ular ajdodlar yaratgan ma’naviy-ahloqiy qadryatlarning 
davomchisi sifatida yosh avlodni tarbiyalovchi murabbiy hisoblanadi.
Amir Temur xonadonida o‘rnatilgan tartibga asosan, shahzodalar tarbiysi ularning 
onalari zimmasida emas, balki buvi-bibilarimiz zimmasida bo‘lgan. Bo‘lg‘usi olim 
Mirzo Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim hayot bo‘lsalarda, uning oilaviy tarbiyasi 
bilan Saroymulkxonim shug‘ullanib kelganligi tarixiy manbalarda keltirilgan. Amir 
Temur o‘z navbatida bobo sifatida Mirzo Ulug‘bekning harbiy ish, davlatni idora qilish, 
ilm egallash borasidagi tarbiyasiga alohida e’tibor qaratadi. Natijada Mirzo Ulug‘bek 
ma’rifatparvar davlat arbobi, butun dunyoga mashhur olim, еtuk falaqiyotshunos 
bo‘lib еtishadi.
65
Keksalarning ibratli hayot yo‘li, o‘gitlar, yillar silsilasida toblangan chuqur 
hayotiy tajribasi yoshlarimizning o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlay olishida qariyb barcha 
asrlar davomida mayoq vazifasini o‘tab kelmoqda.
Zamonaviy jamiyat oila darajasida ham, umuman jamiyat darajasida ham avlodlar 
o‘rtasidagi munosabatlar bilan tavsiflanadi. Tadqiqotchilar buni dunyoda ro‘y berayotgan 
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar bilan bog‘lashadi. Ularning barchasi u 
yoki bu tarzda insonning dunyoqarashi, turmush tarzi, shaxslararo munosabatlarining 
shakllanishiga ta’sir qiladi. Avlodlar o‘rtasidagi davomiylik an’analaridan voz kechish 
oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlardagi nizolar va nomutanosiblikni, yosh avlodning 
qadriyat yo‘nalishlarining o‘zgarishini keltirib chiqaradi.
Insonning hayot sikli ko‘p qirrali o‘zgaruvchanlik bilan tavsiflanadi. U hayotning 
quyidagi bosqichlarini o‘z ichiga oladi: bolalik, o‘smirlik, kattalik va qarilik. Hayotning 
64
O‘zbkiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2016 dagi PF-4906-son “O‘zbekiston faxriylarni jtimoiy 
qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 
Farmoni.// “Xalq so‘zi”, 2016 yil 30 dekabr
65
Amir Temur o‘gitlari:(to‘plam). – Toshkent: Navro‘z, 1992, 64-b.



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling