Statik biokimyо
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
LIPIDLAR KIMYOSI
Nazariy tushuncha: Lipidlar ham uglevodlarga o’xshab barcha tirik organizmlarda keng tarqalgan moddalardan hisoblanadi. Ular hujayralarning barcha struktura elementlari, birinchi navbatda, membranalar tarkibiga kirib, ularning o’tkazuvchanligini boshqarishda ishtirok etadi, energiyaga boy oziq zapasi vazifasini bajaradi, nerv impulslarining o’tishida, mitoxondrial membranalarning tuzilishida ishtirok etishi tufayli oksidlanishli fosforlanishda qatnashadi, organizmda himoya vazifasini bajaradi. Shuningdek, ular oqsillar bilan komleks hosil qilishi natijasida ko’pgina hayotiy jarayonlarda ishtirok etadi. Lipidlarga turli-tuman kimyoviy tuzilishga ega bo’lgan ko’p sonli tabiiy birikmalar kiradi, ular tarkibiga ko’ra turli xildagi spirtlarning yuqori molekulyar yog’ kislotalari yoki fosfat kislota bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. Ularda tarkibiy qismlarining bog’lanish tipi bo’yicha umumiylik bo’lsada, tuzilishi va kimyoviy tabiati jihatidan bir-biridan farq qiladi. Barcha lipidlar suvda amalda erimaydi-yu, ko’pgina organik erituvchilarda oson eriydi, shu jihatdan ular uglevodlar va oqsillardan keskin farq qiladi. Lipidlarning o’ziga xos eruvchanligi muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lib, to’qima va organlar tarkibida bo’lgan boshqa moddalardan ularni ajratib olishga imkon beradi. Lipidlar tarkibiga qarab oddiy va murakkab lipidlarga bo’linadi. Oddiy lipidlarning ko’pchiligi ikki komponentli bo’lib, kimyoviy jihatdan spirtlarning yog’ kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. Ularga yog’lar, mumlar, steridlar, oddiy diollipidlar va boshqalarni kiritish mumkin. Murakkab lipidlar ko’p komponentli birikmalar bo’lib, ularning tarkibida yog’ kislotalari va spirtlardan tashqari azot asoslari, fosfat kislota, uglevod va boshqalar qoldig’i uchraydi. Ularga fosfolipidlar, sfingolipidlar, glyukolipidlar, murakkab diollipidlar va boshqalarni kiritish mumkin. Quyida lipidlarning fizik-kimyoviy xossalariga tegishli bo’lgan yog’larga xos sifat reaktsiyalar to’g’risida tajribalar keltiriladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling