Statik biokimyо


Mavzu: Yog’larga xos reaktsiyalar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

Mavzu: Yog’larga xos reaktsiyalar 
 
Yog’lar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, ular odam, hayvon, o’simliklar va 
mikroorgnaizmlar, hatto ayrim viruslar tarkibida uchraydi. Maxsus to’qimalarda ularning 
miqdori 90 % ga yetadi. Hozirgi vaqtda yog’larning 600 dan turi aniqlangan. 
11-tajriba: Yog’larning eruvchanligini aniqlash
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, shtativ, spirt lampa, filtr qog’oz, etil spirt, 
atseton, efir, petroley efiri, dixloretan, xloroform, benzol, benzin, uglerod (IV)- sulfid, paxta, 
kungaboqar moyi, margarin, qo’y va mol yog’i. 
Ishning bajarilishi.
20 ta probirka olib, ularni ikki gruppaga bo’lib, nomerlanadi. Har ikkala gruppadagi 
probirkalarga navbati bilan 2 ml dan suv, spirt, atseton, efir, petroley efiri, dixloretan, xloroform, 
benzol, benzin va uglerodsulfid quyiladi. Birinchi gruppadagi probirkalarning hammasiga bir 
necha tomchi paxta yog’i yoki boshqa o’simlik moyi, ikkinchi gruppadagi probirkalarga no’xat 
kattaligidagi mol yog’i solib, normal temperaturada eruvchanligi kuzatiladi, so’ng suv 
hammomida qizdirib ko’riladi. Kuzatish natijalarini yozib quyiladi.
12- tajriba. Yog’lardagi glitseringa xos reaktsiya 
Tabiiy yog’lar tarkibida ma’lum miqdorda erkin glitserin bo’ladi, uni aniqlash uchun 
ma’lum miqdorda yog’ yoki moy olib, suv tortib oluvchi modda – kaliy bisulfat ishtirokida 
qizdirilsa, o’tkir hidli akril aldegid – akrolein ajraladi. 
Akrolein ajralganini aldegidga xos reaktsiyalar yordamida aniqlash mumkin.
Lipoidlar tarkibida erkin glitserin bo'lmaydi, shu sababli ular akrolein reaktsiyasini 
bermaydi. 
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, shtativ, spirt lampa, filtr qog’oz, kaliy 
gidrosulfat kristali, kumush gidroksidining ammiakli eritmasi bilan namlangan filtr qog’oz, 
fuksin-sulfat kislota eritmasi bilan namlangan filtr qog’oz, paxta, kungaboqar moyi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling