Kerakli asbob va reaktivlar: 0,1 % tirozin, kontsentrlangan nitrat kislota, ammiak, natriy
gidrooksid 1 % tuxum oqsili, 1 % bug‘doy oqsili, spirt lampa, shtativ, probirkalar.
Ishning bajarilishi:
3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi 1 % tuxum oqsili, ikkinchisiga 5 tomchi bug‘doy yoki
chigit oqsili, uchinchisiga 5 tomchi 1 % tirozin eritmasidan qo‘yiladi. Hamma probirkaga 3-4
tomchidan kontsentrlangan nitrat kislota qo‘shib qizdiriladi. Uchala probirkadagi suyuqlik sariq
rangga kiradi. Aralashma sovitilgan ammiak yoki natriy gidrooksid yordamida ishqoriy muhit
hosil qilinadi va qizg‘ish-sariq rang paydo bo‘lishi kuzatiladi. Olingan natijalar jadval
kurinishida ifoda etiladi.
№
Reaktsiyaning
nomi
Tekshirilayotgan
manba
Qo‘llanila
yotgan
reaktivlar
Kuzatilgan
rang
Reaktsiya
nimaga bog‘liq
19- tajriba. Fol reaktsiyasi
Fol reaktsiyasi yordamida oqsillar molekulasi tarkibida kuchsiz bog‘langan oltingugurt
bo‘lgan aminokislotalar tsistein va tsistinni aniqlashga imkon beradi. Metionin olingugurt bilan
kuchli bog‘langanligi uchun bu reaktsiyani bermaydi.
Oqsil eritmasiga ishqor qo‘shib qizdirilganda oltingugurt osongina ajralib, natriy sulfid
hosil qiladi. Aralashmaga natriy plyumbit yoki qo‘rg‘oshin atsetat qo‘shilsa, qora rangli
qo‘rg‘oshin sulfid cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Reaktsiya quyidagicha ketadi.
CH
2
-SH CH
2
-OH
CH-NH
2
+2NaOH
CH-NH +Na
2
S + H
2
O
COOH COOH
sistein serin
Qora rangning ravshanlik darajasi eritmadagi oqsilning kontsentratsiyasiga hamda oqsil
molekulasidagi tsisteinning miqdoriga bog‘liq.
Kerakli asbob va reaktivlar: 1 % tuxum oqsili, 1 % bug‘doy oqsili, 1 % jelatina, 30 %
natriy gidrooksid, 5 % qo‘rg‘oshin atsetat, natriy alyumin, spirt lampa, shtativ, probirkalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |