Statik biokimyо


Mavzu: Oqsillarga xos rangli va ularni cho'ktirish reaktsiyalari


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

Mavzu: Oqsillarga xos rangli va ularni cho'ktirish reaktsiyalari
Biologik ob’ektlar yoki turli eritmalarda oqsil mavjudligini rangli va ularni cho'ktirish 
reaktsiyalari yordamida aniqlash mumkin. Bu reaktsiyalar oqsil tarkibidagi turli xil 
aminokislotalar, spetsifik funktsional guruhlar yoki peptid bog‘larning xossalariga asoslangan. 


Bir qancha kimyoviy moddalar oqsilga ta’sir etganda reaktsiya mahsuloti sifatida turli 
rangli birikmalar hosil bo‘ladi. Xuddi shu reaktsiyalar asosida oqsillar va ularning tarkibidagi 
aminokislotalarni sifat va miqdor jihatdan aniqlash usullari ishlab chiqilgan. 
Rangli reaktsiyalar tabiatiga ko‘ra ikki xil: universal va o‘ziga xos rangli reaktsiyalarga 
bo‘linadi. Universal reaktsiyalar hamma oqsillar uchun, o‘ziga xos rangili reaktsiyalar esa oqsil 
molekulasida u yoki bu xil aminokislota qoldiqlari borligini aniqlashga qaratilgan. 
Aminokislotalarni biologik suyuqliklar yoki to‘qima ekstraktlarida shu o‘ziga xos reaktsiyalar 
yordamida aniqlash mumkin. Rangli reaktsiyalarni tuxum oqsili, jelatina eritmalari, bir necha 
marta suyultirilgan qon zardobi, turli hayvon va o‘simlik to‘qimalari ekstraktlari bilan amalga 
oshirish mumkin. 
Oqsillar yuqori molekulyar biologik polimerlar bo‘lganligi sababli ular suvda eriganda 
kolloid eritmalar hosil qiladi. Oqsil molekulasi o‘zining aminokislota tarkibiga qarab eritmada 
musbat yoki manfiy zaryadga ega bo‘ladi. Oqsil zarrachasining zaryadi uni eritmada stabillovchi 
asosiy omil hisoblanadi.
Oqsillarning muhim xususiyatlardan biri ularning cho‘kishi hisoblanadi. Ular turli fizik 
va kimyoviy omillar ta’sirida eritmadan cho‘kadi. Cho‘ktiruvchining turi va oqsil erigan muhitga 
qarab oqsil o‘z holiga qaytmas bo‘lib cho‘kishi, denaturatsiyaga uchrashi yoki qayta cho‘kishi 
mumkin. Oqsil molekulasidagi erkin amino-karboksil gruppalarni miqdori va nisbati turli 
oqsillarda turlicha bo‘ladi, shu sababli oqsillar zaryadining kattaligi va turi har xil bo‘lishi 
mumkin.
/ NH
2

NH

+

-
/
NH
2

/
NH
3
+




COOH


R- COO
-



COOH


R

COO

\ COOH

COO
-

\ NH
2


NH

+

Karboksil gruppaning dissotsialanishi kislotali muhitda, aminogruppaniki esa ishqoriy 
muhitda kamayadi. Shuning uchun oqsil erigan eritmaning рН ko‘rsatkichi oqsilning zaryadiga 
qarab kislotali yoki ishqoriy tomonga o‘zgartirilsa, molekulasidagi musbat yoki manfiy 
zaryadlangan funktsional gruppalar soni tenglashib, oqsil zarrachasining umumiy zaryadi nolga 
teng bo‘lib qoladi. Bu holat oqsilning izoelektrik holati, shu muhitdagi vodorod ionlar 
kontsentratsiyasi (рН) oqsilning izoelektrik nuqtasi deb ataladi. Oqsil molekulasining 
eruvchanligi izoelektrik holatda kamayib, juda oson cho‘kadigan bo‘lib qoladi. Ko‘pchilik 
oqsillarning izoelektrik nuqtasi kislotali sharoitga to‘g‘ri keladi. Chunki, karboksil gruppaning 
dissotsialanish darajasi aminogruppanikiga qaraganda yuqori, natijada hatto oqsil molekulasi 
teng miqdorda amino-karboksil gruppalari tutgan holatda ham oqsil zarrachasining zaryadi 
manfiy bo‘ladi. Oqsilning ikkilamchi va uchlamchi tuzilishi unga bog‘liq bo‘lgan elektr zaryadi 
va suv qobig‘i uning turg‘un eritma hosil qilishini ta’minlaydi. Oqsil zarrachasining nativ 
fazoviy tuzilishiga ta’sir qiluvchi, zaryadsizlantiruvchi, suv qobig‘ini buzuvchi ta’sirotlar oqsilni 
eritmadan cho‘kishga olib keladi. Ularga yuqori temperatura, og‘ir metall tuzlari, organik 
erituvchilar, organik va mineral kislotalar, alkaloid reaktivlari va boshqalar kiradi. Ishqoriy 
metallar neytral tuzlarining yuqori kontsentratsiyali eritmalari ta’sirida oqsil zarrachasining suv 
qobig‘i yo‘qoladi, oqsil o‘z holiga qaytar bo‘lib cho‘kadi. Bu hodisa tuzlanish deb ataladi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling