Statik biokimyо
Mavzu: Oqsillarga oid reaktsiyalar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15- tajriba
Mavzu: Oqsillarga oid reaktsiyalar
Oqsillarga o’tkaziladigan barcha sifat reaktsiyalari yoki miqdoriy o’lchovlar, ularning tarkibidagi u yoki bu funktsional guruhlarni aniqlashga yoki fizik-kimyoviy xossalariga asoslangan. Organizmda aminokislota yetishmasligi oqsil yetishmasligiga sabab bo’ladi. Oqsil yetishmasligi, oqsil almashinuvining buzilishi oqibatida turli asoratlar- kasalliklar yuzaga keladi. Demak kasalliklarning kelib chiqish sabablarini, ularda kuzatiladigan biokimyoviy o’zgarishlarni aniqlash, ro’y berishi mumkin bo’lgan ko’ngilsizliklarni oldini olish uchun oqsillarning tuzilishini, xossalarini, bajaradigan vazifasini o’rganish juda zarurdir. 15- tajriba. Oqsil eritmasini tayyorlash Oqsillarning xossalari va reaktsiyalari bilan tanishib chiqish uchun oqsil eritmalari turli tabiiy mahsulotlardan tayyorlanadi. Kerakli asbob va reaktivlar: tuxum, 40-50 g. yog‘siz go‘sht, 50 ml. sut, 25 g. bug‘doy, 2 qavat ho‘l doka, NaCl 10% li eritmasi, distillangan suv, filtr qog‘oz, ammoniy sulfatning to‘yingan eritmasi, tsentrifuga. Ishning bajarilishi. 1. Tovuq tuxumining bir donasini olib, uning sarig‘i ajratiladi, so‘ngra tuxum oqi yaxshilab aralashtirilgach, o‘lchov kolbasiga solinadi va ustiga 12 hajm distillangan suv solib chayqaladi. Ќosil bo‘lgan eritmani voronkaga joylashtirilgan ikki qavat ho‘l dokadan o‘tkazib filtrlanadi. Filtrdan tuxum abumini eritmasi o‘tadi, cho‘kmada tuxum globulini qoladi. Tuxum globulini osh tuzining 10 % li ozroq eritmasida eritiladi va bu eritma filtrlangach, avval filtrlangan tuxum albumini eritmasining yarmiga qo‘shiladi. Natijada toza albumin eritmasi hamda albumin-globulin eritmasining aralashmasi hosil bo‘ladi. 2. Go‘sht qiymalagichdan o‘tkazilgan yog‘siz 40-50 gramm go‘sht qiymasini stakanga solib, ustiga NaCl ning 10 % li eritmasidan 80-100 ml qo‘shiladi va hosil bo‘lgan aralashma vaqti-vaqti bilan aralashtirib turib 15-20 minut chamasi qoldiriladi. So‘ngra ikki qavat ho‘l dokadan o‘tkazib filtrlanadi. Eritma tarkibida asosan muskul albumini va globulin bo‘ladi. 3. 50 ml yangi sog‘ilgan sutga ammoniy sulfatning to‘yingan eritmasidan shuncha hajm qo‘shiladi. Bunda globulinlar va kazein cho‘kmaga tushadi. Albuminlarning tiniq eritmasi qog‘oz burma filtrdan o‘tkazib, filtrlanadi. 4. 25 gramm bug‘doy uni 100 ml distillangan suv bilan aralashtiriladi va aralashma chayqatgichda 1 soat davomida chayqatiladi. Unning hosil bo‘lgan muallaq zarrachali eritmasi tsentrifugalanadi, so‘ngra tsentrifugat burma filtrdan o‘tkazib filtrlanadi. Filtrlangan tiniq eritma tarkibida asosan, bug‘doy doni albumini bo‘ladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling