Statik biokimyо


 -tajriba. Ningidrin reaktsiyasi


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

 
17 -tajriba. Ningidrin reaktsiyasi 
Ningidrin reaktsiyasi erkin α - aminogruppa uchun xos reaktsiya hisoblanadi. α – 
aminokislotalar, peptidlar va oqsillarning molekulalarida erkin α – aminogruppa bo‘ladi. 
Shuning uchn yuqoridagi moddalarning eritmalariga ningidrin qo‘shib qizdirilganda ko‘k yoki 
ko‘kish-binafsha rang paydo bo‘ladi. Ningidrin ta’sirida erkin α – aminogruppasi bor 
aminokislota, peptid yoki oqsillar oksidlanish yo‘li bilan dezaminlanadi, dekarboksillanadi, 
natijada aldegid hosil bo‘ladi. Bu vaqtda ningidrin qaytariladi va ajralib chiqqan NH2 
`yordamida ikkinchi qaytarilmagan ningidrin molekulasi bilan bog‘lanib ko‘k-binafsha, prolin 
bilan esa sariq rangli kompleks hosil qiladi. 
 
Kerakli asbob va reaktivlar: tuxum oqsilining 1 % eritmasi, alanin eritmasi, 0,5 % 
ningidrin eritmasi, spirt lampa, shtativ, probirkalar. 
 
Ishning bajarilishi.
3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi tuxum oqsili, ikkinchisiga 5 tomchi bug‘doy 
oqsili, uchinchisiga 5 tomchi alanin eritmasidan tomizib, ustiga 5 tomchi 0,5 % ningidrin 
eritmasidan quyib, 1-2 minut qaynatiladi. Probirkalardagi aralashmalar avval pushti-binafsha 
yoki ko‘kish-binafsha rangga bo‘yaladi. Vaqt o‘tishi bilan eritma ko‘karadi. 
Olingan natijalar jadval kurinishida ifoda etiladi.


Reaktsiyaning 
nomi 
Tekshirilayotgan 
manba 
Qo‘llanilayotgan 
reaktivlar 
Kuzatilgan 
rang
Reaktsiya 
nimaga 
bog‘liq 
 O‘ziga xos rangli reaktsiyalar
18 - tajriba. Ksantoprotein reaktsiyasi
Ksantoprotein reatsiyasi oqsillar molekulasidagi tarkibida benzol yadrosi bor tsiklik 
aminokislotalarga (fenilalanin, tirozin, triptofan) xos reaktsiyadir. Ko‘pchilik oqsillar 
kontsentrlangan nitrat qo‘shib qizdirilganda sariq rangga kiradi, ishqoriy muhit hosil qilinsa
qizg‘ish to‘q sariq rangga o‘tadi. Bu reaktsiya aromatik aminokislotalardagi benzol yadrosining 
kontsentrlangan nitrat kislota ta’sirida nitrolanishga asoslangan. Ќosil bo‘lgan nitrobirikma 
ishqoriy muhitda xinoid ko‘rinishiga o‘tib, nitron kislotalari va ularning tuzlarini hosil qiladi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling