Statik biokimyо
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
Universal reaktsiyalar
16 - tajriba. Biuret reaktsiyasi Biuret reaktsiyasi yordamida oqsil va polipeptidlar tarkibidagi peptid bog‘lari (-CO-NH-) aniqlanadi. Biuret reaktsiyasini eng kamida 3 ta aminokislota qoldig‘i, ya’ni 2 ta peptid bog‘ bor moddalar berishi mumkin. Kuchli ishqoriy sharoitda biuret (NH 2 – CO – MH – CO – NH 2 ), oksamid (NH 2 – CO – CO – NH 2 ), polipeptid va oqsil eritmalariga mis tuzlari qo‘shilsa, ko‘k binafsha, qizil binafsha rang hosil bo‘ladi. Peptid bog‘ni hosil qiluvchi gruppa ishqoriy muhitda tautomerlanib yenol formasida bo‘ladi: O H OH C N C = N Kuchli ishqoriy muhitda hosil bo‘lgan gidroksogruppa dissotsilanadi, natijada manfiy zaryad hosil bo‘ladi, bu esa mis ioni bilan tuzsimon bog‘ hosil qilishiga imkon beradi, bundan tashqari, peptid bog‘ni hosil qilishda ishtirok etayotgan azot atomlari bilan ham koordinatsion bog‘ hosil qiladi. Bu misli kompleks barqaror birikma bo‘lib, paydo bo‘lgan rang ancha uzoq saqlanadi. Biuret kompleksi rangining ravshanlik darajasi oqsil kontsentratsiyasiga, eritmadagi mis tuzining kontsentratsiyasiga bog‘liq. Kerakli asbob va reaktivlar: tuxum oqsilining 1 % eritmasi, 5 marta suyultirilgan qon zardobi, bug‘doy oqsilining 1 % eritmasi, 10 % NaOH, mis (II) sulfatning 1 % eritmasi, pipitkalar, probirkalar. Ishning bajarilishi. 3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi tuxum oqsilining 1 % eritmasi, ikkinchisiga 5 tomchi 5 marta suyultirilgan qon zardobi, uchinchisiga ham shuncha miqdorda bug‘doy oqsilining 1% eritmasi solinib, hamma probirkaga 10 tomchidan 10 % o‘yuvchi natriy eritmasi va bir tomchidan mis sulfat eritmasidan quyiladi. Uchala probirkada ham qizil-binafsha yoki ko‘kish – binafsha rang hosil bo‘ladi. Olingan natijalar jadval kurinishida ifoda etiladi. № Reaktsiyaning nomi Tekshirilayotgan manba Qo‘llanilayotgan reaktivlar Kuzatilgan rang Reaktsiya nimaga bog‘liq Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling