Statik biokimyо


Mavzu: Oqsillarga oid reaktsiyalar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

Mavzu: Oqsillarga oid reaktsiyalar 
Oqsillarga o’tkaziladigan barcha sifat reaktsiyalari yoki miqdoriy o’lchovlar, ularning 
tarkibidagi u yoki bu funktsional guruhlarni aniqlashga yoki fizik-kimyoviy xossalariga 
asoslangan. Organizmda aminokislota yetishmasligi oqsil yetishmasligiga sabab bo’ladi. Oqsil 
yetishmasligi, oqsil almashinuvining buzilishi oqibatida turli asoratlar- kasalliklar yuzaga keladi. 
Demak kasalliklarning kelib chiqish sabablarini, ularda kuzatiladigan biokimyoviy o’zgarishlarni 
aniqlash, ro’y berishi mumkin bo’lgan ko’ngilsizliklarni oldini olish uchun oqsillarning 
tuzilishini, xossalarini, bajaradigan vazifasini o’rganish juda zarurdir. 
15- tajriba. Oqsil eritmasini tayyorlash 
Oqsillarning xossalari va reaktsiyalari bilan tanishib chiqish uchun oqsil eritmalari turli 
tabiiy mahsulotlardan tayyorlanadi. 
 
Kerakli asbob va reaktivlar: tuxum, 40-50 g. yog‘siz go‘sht, 50 ml. sut, 25 g. bug‘doy, 
2 qavat ho‘l doka, NaCl 10% li eritmasi, distillangan suv, filtr qog‘oz, ammoniy sulfatning 
to‘yingan eritmasi, tsentrifuga.
 
Ishning bajarilishi.
 
1. Tovuq tuxumining bir donasini olib, uning sarig‘i ajratiladi, so‘ngra tuxum oqi 
yaxshilab aralashtirilgach, o‘lchov kolbasiga solinadi va ustiga 12 hajm distillangan suv solib 
chayqaladi. Ќosil bo‘lgan eritmani voronkaga joylashtirilgan ikki qavat ho‘l dokadan o‘tkazib 
filtrlanadi. Filtrdan tuxum abumini eritmasi o‘tadi, cho‘kmada tuxum globulini qoladi. Tuxum 
globulini osh tuzining 10 % li ozroq eritmasida eritiladi va bu eritma filtrlangach, avval 
filtrlangan tuxum albumini eritmasining yarmiga qo‘shiladi. Natijada toza albumin eritmasi 
hamda albumin-globulin eritmasining aralashmasi hosil bo‘ladi. 
 
2. Go‘sht qiymalagichdan o‘tkazilgan yog‘siz 40-50 gramm go‘sht qiymasini stakanga 
solib, ustiga NaCl ning 10 % li eritmasidan 80-100 ml qo‘shiladi va hosil bo‘lgan aralashma 
vaqti-vaqti bilan aralashtirib turib 15-20 minut chamasi qoldiriladi. So‘ngra ikki qavat ho‘l 
dokadan o‘tkazib filtrlanadi. Eritma tarkibida asosan muskul albumini va globulin bo‘ladi. 
 
3. 50 ml yangi sog‘ilgan sutga ammoniy sulfatning to‘yingan eritmasidan shuncha hajm
qo‘shiladi. Bunda globulinlar va kazein cho‘kmaga tushadi. Albuminlarning tiniq eritmasi 
qog‘oz burma filtrdan o‘tkazib, filtrlanadi. 
4. 25 gramm bug‘doy uni 100 ml distillangan suv bilan aralashtiriladi va aralashma 
chayqatgichda 1 soat davomida chayqatiladi. Unning hosil bo‘lgan muallaq zarrachali eritmasi 
tsentrifugalanadi, so‘ngra tsentrifugat burma filtrdan o‘tkazib filtrlanadi. Filtrlangan tiniq eritma 
tarkibida asosan, bug‘doy doni albumini bo‘ladi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling