Statik biokimyо


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

Ishning bajarilishi.


Probirkaga 0,5-1ml paxta moyi quyiladi, ustiga 2-3g kaliy bisulfat kristallaridan qo'shib 
mo’rili shkafda qizdiriladi. O’tkir hidli oq akrolein bug’lari ajraladi. Buglarga kumush 
oksidining ammiakli eritmasi bilan namlangan filtr qog’oz tutilsa, u qora rangga kiradi, fuksin 
sulfit kislota eritmasi bilan namlangan filtr qog’oz tutilsa, pushti dog’ paydo bo’lishi kuzatiladi. 
Bu har ikkala reaktsiya aldegidlarga xos reaktsiya bo’lib, akrolein ajralayotganini bildiradi. 
13- tajriba. Biologik suyuqliklardan yog’ ajratib olish  
Biologik ob’ektlar ichida sut yog’ ajratib olish uchun eng qulay materialdir. Unda yog’ 
ajratib olish ishqoriy muhitda oranik erituvchi – efir bilan ekstraktsiya qilishga asoslangan. 
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar 10 ml ulchov tsilindri, darajalangan probirka, 50 
ml bug’latuvchi chinni kosacha, suv hammomi, natriy karbonatning 10 % eritmasi, dietil efir, 
sut. 
Ishning bajarilishi.
25 ml ajratgich voronkaga 10 ml sut, 5 ml efir, 3 ml 10 % natriy karbonat eritmasi quyib 
0,5-1 minut chayqatiladi va efirli qavat ajratib olinadi. Suv hammomi yordamida ohistalik bilan 
efir uchirib yuborilsa, kosachada sut moyi qoladi. 
14- tajriba. Yog’larning sovunlanishi va yog’ kislotalar olish. 
Neytral yog’lar ishqoriy sharoitda gidrolizlanganda glitserin va yog’ kislotalar (yoki 
ularning natriyli va kaliyli tuzlari-sovun) hosil bo’lsa, bunday reaktsiya yog’larning sovunlanishi 
deb ataladi. Agar yog’lar kislota ta‘sirida gidrolizlansa, sovun o’rniga erkin yog’ kislotalar hosil 
bo’ladi. Yog’ to’la gidrolizga uchratilgandan keyin, gidrolizatga kontsentrlangan xlorid kislota 
qo’shilsa, erkin yog’ kislotalar ajraladi. 
Kerakli asbob va reaktivlar:  50 ml li qizdirishga chidamli kolba, qaytar sovitgich yoki 
probirka o’rnatilgan 60-70 sm uzunlikdagi shisha nay, suv hammomi, filtr qog’oz, chinni 
kosacha, voronka, probirkalar, pipetkalar, shisha tayoqcha, kaliy gidrokidning spirtdagi 10 % li 
eritmasi, kontsentrlangan xlorid kislota, lakmus qog’oz, efir, Na
2
CO
3
ning 10% li eritmasi
fenolftaleinning spirtdagi 0,1% li eritmasi, kaliy xloridning 5% li eritmasi, 10% li qo’rg’oshin 
atsetat eritmasi, paxta moyi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling