Statik biokimyо
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-tajriba: Hayvon to’qimalaridan glikogen ajratib olish.
Ishning bajarilishi:
20 ta toza probirka olib, har biriga 10 ml dan distillangan suv va 2-3 tomchidan Lyugol eritmasidan tomiziladi va 10 tadan 2 ta guruhga bo’lib nomerlab qo’yiladi. 2 ta 100 ml li kolba olib, 1% li kraxmal eritmasidan 20 ml qo’yib, birinchi kolbaga 5 ml 10% li sulfat kislota, ikkinchisiga esa 5 ml 5 marta suyultirilgan so’lak quyiladi. Birinchi kolba og’ziga qaytar sovitgich o’rnatib, suyuqlik qaynatiladi, ikkinchisi 400 li termostatga quyiladi. Har 2-3 minutda ikkala kolbadagi suyuqlikdan 0,5 ml dan olib avval tayyorlab qo’yilgan probirkalardagi yod eritmasi ustiga quyiladi. Probirkadagi suyuqliklarning rangi birin-ketin o’zgarishi kuzatiladi. Fermentativ gidroliz qilinganda ham shunday ish qilinadi, so’ngra har ikkala gidrolizat bilan Feling reaktsiyasi qilib ko’riladi. Buning uchun kislotali gidrolizat avval neytrallab olinadi. Mavzu: Glikogenga doir reaktsiyalar. Glikogen ba‘zan hayvon kraxmali deb ham ataladi. U ham kraxmalga o’xshash yuqori molekulali polisaxarid bo’lib, odam va hayvonlar organizmida (jigardagi miqdori ho’l massasiga nisbatan 5%, muskullarda 2% ) zahira oziq sifatida to’planadi. Lekin organizmning oziqlanish darajasiga qarab, bu miqdor o’zgarib turadi. 10-tajriba: Hayvon to’qimalaridan glikogen ajratib olish. Organizmda glikogen oqsillar bilan mustahkam bog’langan, to’qimalardan ekstraktsiyalanishi qiyin hamda issiq suvda suyultirilgan xlorli sirka kislota yordamida oson ajraladigan ko’rinishda bo’lishi mumkin. Hayvon to’qimalarida glikogen hujayra elementlari bilan kompleks holatda uchrashi mumkin. Shuning uchun avval to’qima oqsillari qisman parchalanadi va shundan keyingina glikogen spirt yordamida ekstraktsiya qilinadi. Yuqori hayvonlar organizmida jigar glikogenga boy, shu sababli ko’p hollarda glikogen jigardan ajratib olinadi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling