Statik biokimyо


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

Ishning bajarilishi: 
Probirkaga 0,1% kraxmal eritmasidan 3 ml quyib, ustiga 2-3 tomchi Lyugol eritmasidan 
tomiziladi. Hosil bo’lgan ko’k rangli eritmani 3 qismga bo’lib, biriga teng hajmda 10%i natriy 
gidroksid eritmasi, ikkinchisiga shuncha miqdorda etil spirt qo’shiladi, uchinchisi esa 
qaynatiladi. Bu vaqtda uchala probirkadagi suyuqlik rangsizlanadi. Lekin oxirgi probirkadagi 
suyuqlik sovitilgandan so’ng ranggi tiklanadi.
Alohida probirkaga 2-3 ml glikogen eritmasi quyib, unga 2-3 tomchi Lyugol eritmasidan 
tomiziladi. Probirkadagi suyuqlik qizil-qo’ngir rangga kirishi kuzatiladi.
9-tajriba: Kraxmalni gidroliz qilish. 
Kraxmal – ta‘kidlaganimizdek yuqori molekulyar polimer birikma, u gidrolizlanganda 
gidrolitik jarayonning qanday darajada borishiga qarab, molekulasining katta-kichikligi bilan 
farqlanadigan, dekstrinlar deb ataluvchi polisaxaridlar va eng oxirida maltoza bilan glyukoza 
hosil bo’ladi. Dekstrinlar to’rt guruhga bo’linadi. 
1. Amilodekstrinlar. Lyugol eritmasi bilan ko’k rang hosil qiladi, spirt ta‘sirida cho’kadi, 
tuzilishi jihatidan kraxmalga yaqin. Ularda qaytaruvchanlik xossasi kuchsiz (maltozadagiga 
nisbatan 100 baravar kuchsiz) namoyon bo’ladi. 
2. Eritrodekstrinlar. Lyugol eritmasi bilan qizil rang hosil qiladi, spirt ta‘sirida cho’kadi, 
qaytaruvchanlik xossasi kuchsiz amilodekstringa nisbatan 2-3 marta yuqori. 
3. Axrodekstrinlar yod bilan rang hosil qilmaydi, 700 li spirtda eriydi. Qaytaruvchanlik 
xossasi maltozaga nisbatan 10 baravar kuchsiz. 
4. Maltodekstrinlar yod bilan rang bermaydi, spirt ta‘sirida cho’kmaydi, qaytaruvchanlik 
xossasi maltozaga nisbatan ancha kichik. 
Kraxmal gidrolizining keyingi mahsulotlari maltoza va glyukoza hisoblanadi. U 

-
amilaza ta‘sirida gidroliz qilinsa, faqat maltoza hosil bo’ladi. 
 
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, 1 ml li, 10 ml li pipetkalar, shtativlar, gaz 
gorelkasi yoki spirt lampa, 25 ml li o’lchov tsilindri, 25 ml li qaytar sovitgich, 40
0
li termostat, 
qizdirishga chidamli kolba, 1% li kraxmal eritmasi, 10% li H
2
SO
4
eritmasi, Lyugol eritmasi
distillangan suv, Feling reaktivi, 5 marta suyultirilgan so’lak. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling