Statik biokimyо
Mavzu: Disaxaridlarning xossalari
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 - tajriba. Saxarozaning gidrolizi.
Mavzu: Disaxaridlarning xossalari.
Disaxaridlar turkumiga kiruvchi saxaroza molekulasida erkin aldegid turkumi bo’lganligidan unda qaytaruvchanlik xususiyati yo’q. Shuning ham bu disazarid Trommer, Feling va oyna reaktsiyalarini bermaydi. Laktoza molekulasida galaktoza o’zining yarim atsetal turkumi vositasida glyukozaning 4- alkogol turkumi bilan kislorod ko’prigi orqali birikkan bo’ladi. Demak glyukozaning aldegid turkumi birikish reaktsiyasida ishtirok etmay, erkin holda saqlanib qolgan. Shuning uchun ham laktoza Trommer, Feling va oyna reaktsiyalarini beradi, ya‘ni oksidlanadi. 6 - tajriba. Saxarozaning gidrolizi. Saxaroza deyarli barcha o’simliklar shirasida uchraydi. Lekin u asosan shakarqamish va qand lavlagi shirasidan olinadi. Shuning uchun ham u ba‘zan shakarqamish yoki lavlagi shakari deb ataladi. U oson kristallanadi, suyuqlanish temperaturasi 184 0 C, qutblangan nur sathini o’ngga buradi. Saxaroza gidrolizga uchraganda qutblangan nur sathini o’ngga burishi gidroliz natijasiga qarab chapga almashib qoladi (chunki glyukozaning solishtirma burish burchagi +52,5 0 , fruktozaniki-92 0 ). Shuning uchun ham bu jarayon inversiya deb (inventere – lotincha bo’lib, qayta aylantirmoq demakdir), hosil bo’lgan shakar eritmasi esa invertirlangan shakar deb ataladi. Saxarozaning gidrolizlanishidan hosil bo’ladigan glyukoza bilan fruktoza aralashmasini invert qand va shu gidroliz jarayonida ishtirok etgan ferment-saxaraza invertaza nomi bilan ham yuritiladi. Probirkaga saxarozaning 1 foizli eritmasidan 1 ml olib, uning ustiga barobar hajmda Feling suyuqlig’idan qo’shib qizdiriladi. Saxaroza molekulasida erkin aldegid turkumi bo’lmaganidan reaktsiya natijasiz bo’ladi. Ya‘ni glyukoza bilan ishlangandagiga o’xshash sariq rangli CuOH yoki qizil rangli Cu 2 OH hosil bo’lmaydi. Shu xilda saxaroza bilan Trommer, Nilander va oyna reaktsiyalari bilan ishlanganda, ular ham natijasiz chiqadi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling