Statik biokimyо
Mavzu: Kraxmalga doir reaktsiyalar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
Mavzu: Kraxmalga doir reaktsiyalar.
Kraxmal o’simliklar olamida keng tarqalgan polisaxariddir. U fotosintez jarayonida hosil bo’lib, o’simliklar donida, ildizmevalarda, tugunakmevalarda va boshqa qismlarida zahira oziq sifatida to’planadi. Uning miqdori bug’doyda 75%, guruchda 80%, kartoshka tugunaklarida 12- 24%, barglarda 4% atrofida bo’ladi. Kraxmal donachalari sovuq suvdv erimaydi, lekin suv 60-80 0 gacha isitilsa, ular bo’kib yoriladi. Natijada kraxmal kleysteri deb ataladigan yopishqoq kolloid eritma hosil bo’ladi. Kraxmal kimyoviy jihatdan sof modda emas, uning 96-97 foizini polisaxaridlardan amiloza va amilopektin tashkil etadi. Shuningdek, uning tarkibida mineral moddalardan fosfat kislota, yuqori yog’ kislotalardan stearinat, palmitat va boshqalar uchraydi. Kraxmal kislota ishtirokida asta-sekin qizdirilsa, dastlab chala gidrolizga uchrab, molekulyar massasi bir-biridan farq qiladigan qator polisaxaridlar-dekstrinlar hosil qiladi. Kraxmal yod ta‘sirida ko’k rangga bo’yaladi. Agar u sekin-asta gidrolizlansa, hosil bo’lgan mahsulotlar yod bilan aralashtirilganda dastlab binafsha, qizg’ish-binafsha, qizil va nihoyat rangsiz bo’lib qoladi. 8-tajriba: Kraxmalga yod ta’sir ettirish reaktsiyasi Kraxmal yod bilan ko’k rang beradi. Bu reaktsiya o’ziga xos reaktsiya bo’lib, kraxmal tarkibidagi amilozaning poliglyukozid zanjiri spiralsimon strukturaga ega bo’ladi, yod esa spiral o’rtasidagi bo’shliqqa kirib olib, koordinatsion kompleks hosil qilsa kerak. Shuning uchun kraxmal gidrolizga uchratilsa yoki spirt quyilsa ko’k rang yo’qoladi, shunday hodisa qizdirilganda ham kuzatiladi, lekin eritma sovitilganda ko’k rang yana hosil bo’ladi. Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar (1,5 ml li ) tomchilatuvchi pipetka, pipetkalar, shtativ, gaz gorelkasi yoki spirt lampa, 0,1% kraxmal eritmasi, 0,1% glikogen eritmasi, Lyugol eritmasi, 10% natriy gidroksid eritmasi, etil spirt. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling