Statik biokimyо
Kerakli asbob va reaktivlar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarilishi
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, KOH ning 30% li eritmasi, suv hammomi, etil
spirt, 10% li natriy sulfatning eritmasi, jigar, muskul, muzlatgich, 10000 ayl/min tezlikka ega bo’lgan tsentrifuga, analitik tarozi, gaz gorelkasi yoki spirt lampa, distillangan suv. Ishning bajarilishi: Yangi so’yilgan hayvon to’qimasidan (jigar, muskul, miya) 300 mg olib probirkaga solinadi, uning ustiga 2 ml isitilgan 30% li o’yuvchi kaliy eritmasidan quyiladi, qaynab turgan suv hammomida qizdirish yo’li bilan 30-60 minut davomida gidroliz qilinadi. So’ngra probirka sovitilib, unga 10% li natriy eritmasidan 0,2 ml va 5 ml etil spirt quyiladi. Probirka yaxshilab chayqatilgach, muzlatgichda bir sutka qoldiriladi. Hosil bo’lgan cho’kma minutiga 5000 marta aylanish tezlgida 40 minut davomida tsentrifugalanadi. Tsentrifugat (cho’kma ustidagi suyuqlik) to’kib yuborilib, cho’kma 1-2 ml suvda eritiladi. Olingan eritmaga ikki baravar hajmda etil spirt quyib, yarim soatcha muzlatgichga qo’yiladi. Cho’kmani tsentrifugalash yo’li bilan ajratib olinib, suvda eritib qaytadan spirt yordamida cho’ktiriladi. Uch marta qayta cho’ktirilgach, glikogen cho’kmasi quritib olinishi mumkin. Bu usulda glikogen batamom ekstraktsiya qilinadi, lekin nativligini bir oz yo’qotishi mumkin. Nazorat uchun savollar: 1. Monosaxaridlarning qaytaruvchanlik xususiyatini izohlang?. 2. Uglevodlar α-naftol yordamida qanday rang hosil qiladi va suyuqlik nima uchun ikki qavatga bolinadi.? 3. Fruktozaga xlorid kislota qo’shib qizdirilganda qanday modda hosil bo’ladi? 4. Ketogeksozalarni aldogeksozalardan farqlash uchun qangay reaktsiya amalga oshiriladi? 5. Saxaroza gidrolizga uchraganda qanday monosaxaridlar hosil bo’ladi? 6. Shakarlarning oksidlanishi qaysi muhitda oson kechadi? 7.Uglevodlarning qaytaruvchanlik xossasini aniqlashda nima uchun ko’p hollarda Feling reaktividan foydalaniladi? 8. Laktozaning oksidlanish mexanizmini izohlang? 9. Polisaxaridlar qanday hosil bo’ladi? 10. Kraxmal yod bilan qanday rang beradi? 11. Glikogen Lyugol eritmasi bilan qandau rang hosil qiladi? 12. Hayvon to’qimalaridan glikogen qanday ajratib olinadi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling