Statik biokimyо


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

LIPIDLAR KIMYOSI 
Nazariy tushuncha: 
Lipidlar ham uglevodlarga o’xshab barcha tirik organizmlarda keng tarqalgan 
moddalardan hisoblanadi. Ular hujayralarning barcha struktura elementlari, birinchi navbatda
membranalar tarkibiga kirib, ularning o’tkazuvchanligini boshqarishda ishtirok etadi, energiyaga 
boy oziq zapasi vazifasini bajaradi, nerv impulslarining o’tishida, mitoxondrial membranalarning 
tuzilishida ishtirok etishi tufayli oksidlanishli fosforlanishda qatnashadi, organizmda himoya 
vazifasini bajaradi. Shuningdek, ular oqsillar bilan komleks hosil qilishi natijasida ko’pgina 
hayotiy jarayonlarda ishtirok etadi. Lipidlarga turli-tuman kimyoviy tuzilishga ega bo’lgan ko’p 
sonli tabiiy birikmalar kiradi, ular tarkibiga ko’ra turli xildagi spirtlarning yuqori molekulyar 
yog’ kislotalari yoki fosfat kislota bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. Ularda tarkibiy 
qismlarining bog’lanish tipi bo’yicha umumiylik bo’lsada, tuzilishi va kimyoviy tabiati jihatidan 
bir-biridan farq qiladi. Barcha lipidlar suvda amalda erimaydi-yu, ko’pgina organik 
erituvchilarda oson eriydi, shu jihatdan ular uglevodlar va oqsillardan keskin farq qiladi. 
Lipidlarning o’ziga xos eruvchanligi muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lib, to’qima va organlar 
tarkibida bo’lgan boshqa moddalardan ularni ajratib olishga imkon beradi. Lipidlar tarkibiga 
qarab oddiy va murakkab lipidlarga bo’linadi. Oddiy lipidlarning ko’pchiligi ikki komponentli 
bo’lib, kimyoviy jihatdan spirtlarning yog’ kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. 
Ularga yog’lar, mumlar, steridlar, oddiy diollipidlar va boshqalarni kiritish mumkin. Murakkab 
lipidlar ko’p komponentli birikmalar bo’lib, ularning tarkibida yog’ kislotalari va spirtlardan 
tashqari azot asoslari, fosfat kislota, uglevod va boshqalar qoldig’i uchraydi. Ularga fosfolipidlar, 
sfingolipidlar, glyukolipidlar, murakkab diollipidlar va boshqalarni kiritish mumkin. Quyida 
lipidlarning fizik-kimyoviy xossalariga tegishli bo’lgan yog’larga xos sifat reaktsiyalar 
to’g’risida tajribalar keltiriladi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling