Statik biokimyо


Kerakli asbob va reaktivlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

Kerakli asbob va reaktivlar: probirka, gaz gorelkasi, 1% saxaroza eritmasi, 
kontsentrlangan HCI, Feling reaktivi , 10% NaOH eritmasi. 
Ishning bajarilishi: 
Probirkaga 1% saxarozadan olib, uning ustiga 3-4 tomchi kontsentrlangan xlorid 
kislotadan tomizib qaynatiladi. So’ngra suyuqlikni ishqor bilan neytrallab, uning ustiga Feling 
suyuqligidan 1 ml qo’shib qizdiriladi. Natijada xuddi glyukoza bilan ishlangandagi singari sariq 
rangli CuOH yoki qizil rangli Cu
2
OH hosil bo’ladi. Trommer, Nilander va oyna reaktivlari bilan 
ishlanganda ham shu xilda natija olinadi. Reaktsiyaning musbat bo’lishi saxarozani xlorid kislota 
bilan qaynatganda uning gidrolizlanishidan fruktoza bilan bir qatorda glyukoza hosil bo’lishiga 
bog’liqdir. 


 
7 - tajriba. Laktozaning oksidlanish reaktsiyalari. 
Bu disaxarid bir molekula d–glyukoza va bir molekula d–galaktozadan tuzilgan. Laktoza 
faqat sut tarkibida uchraydi, miqdori 5-8 foizni tashkil etadi. U suvda yaxshi erimaydi
suyuqlanish temperaturasi 202
0
C. Laktozani olish uchun dastavval sutdagi oqsillarni mis 
gidroksid yordamida cho’kmaga tushiriladi. So’ngra filtrat bilan Trommer, Feling va oyna 
reaktsiyalaridan bittasi ishlanadi. 
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, 100 ml kolba, sut, distillangan suv, 10% NaOH 
eritmasi, 5% CuSO
4
eritmasi. 
Ishning bajarilishi: 
Bitta 100 ml hajmli kolbaga 2,5 ml sut, 46 ml suv, 5 foizli mis sulfat eritmasidan 1,5 ml 
va natriy ishqorning 10 foizli eritmasidan 0, 15 ml quyiladi. Aralashma chayqatilgach suyuqlik 
30 minut tinch saqlanadi. Shunda sutdagi oqsillar cho’kmaga tushadi. Bundan keyin kolbadagi 
cho’kmali suyuqlik voronkaga o’rnatilgan filtr orqali filtrlanadi. Filtratdagi cho’kma 
tashlangach, bir probirkaga filtratdan 1-2 ml olib okidlanish ya‘ni Trommer, Feling va oyna 
reaktsiyalaridan biri ishlanadi. 
Polisaxaridlar 
Polisaxaridlar yuqori molekulali moddalar bo’lib, amorf tuzilishga ega. Ular suvdv 
erimaydi, lekin ayrimlari kolloid eritma hosil qiladi. Ularning mazasi ham shirin emas. 
Polisaxaridlar kimyoviy tarkibiga ko’ra ikki guruhga: gomo va geteropolisaxaridlarga bo’linadi. 
Gomopolisaxaridlarning tarkibi faqat bir xil monosaxarid qoldig’idan iborat. Masalan, 
kraxmal, glikogen gidrolizga uchraganda glyukoza, inulin esa fruktoza hosil qiladi. 
Geteropolisaxaridlar tarkibida ikki va undan ortiq turdagi monosaxarid qoldig’i uchraydi. 
Ular gidrolizga uchraganda ayrim hollarda monosaxarid xarakteriga ega bo’lmagan moddalar 
ham hosil bo’ladi. Masalan, xondroitinsulfat kislota to’liq gidrolizga uchraganda, glyukouronat 
kislota va galaktozamindan tashqari, sirka va sulfat kislota ajralib chiqadi. 
Polisaxaridlar oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalariga kirishmaydi. Lekin ular spirt 
gidroksidlari bo’yicha reaktsiyaga kirishib, oddiy va murakkab efirlar hosil qiladi. 
Polisaxaridlarning ko’pchiligi kislotalar ishtirokida qaynatilsa yoki ularga ferment ta‘sir 
ettirilsa, oson gidrolizlanadi. Bunda avval oligosaxaridlar, so’ngra monosaxaridlar hosil bo’ladi. 
Ular ishqor ta‘sirida gidrolizlanmaydi.
Kraxmal, glikogen (hayvon kraxmali), insulin, tsellyuloza, dekstrin, xitin, gialuronat va 
xondroitinsulfat kislotalar, geparin va boshqalar tabiatda eng ko’p tarqalgan polisaxaridlar 
hisoblanadi. Ular organizmda turli-tuman vazifalarni bajaradi. 
Polisaxaridlar bir-biridan molekulasining o’lchami, bog’lanish usuli va tipi, tarkibiy 
qismlari, xossa hamda bajaradigan vazifalari jihatidan farq qiladi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling