Statik biokimyо
Kerakli asbob va reaktivlar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5- tajriba. Feling reaktsiyasi
- Kerakli asbob va reaktivlar
- Disaxaridlar
Kerakli asbob va reaktivlar: probirka, gaz gorelkasi, 1% glyukoza eritmasi, 10% NaOH
eritmasi, 5% CuSO 4 eritmasi. Ishning bajarilishi: Probirkaga 1% glyukoza eritmasidan 1-2ml quyib, uning ustiga teng hajmda 10% NaOH eritmasi qo’shiladi. Aralashmaga chayqatib turilgan holatda tomchilatib 5% mis sulfat eritmasidan 1 ml qo’shiladi. So’ngra ohistalik bilan probirkadagi suyuqlik qizdiriladi. Avval sariq rangli loyqa paydo bo’lib, vaqt o’tishi bilan qizil rangli mis(I)- oksidga aylanishi kuzatiladi. 5- tajriba. Feling reaktsiyasi Uglevodlarning qaytaruvchanlik xossasini aniqlash uchun ko’p hollarda Feling reaktividan foydalaniladi. Bu reaktiv tarkibidagi ikki valentli mis ioni segnet tuzi (vino kislotaning natriy-kaliyli tuzi) molekulasida bog’langan holatda bo’lib, oksidlanish-qaytarilish reaktsiyasiga erkin kirisha oladi. Reaktsiya mexanizmi Trommer reaktsiyasi bilan bir xil bo’lib, faqat aniqlashga xalaqit berishi mumkin bo’lgan mis(II)- oksid hosil bo’lmaydi. Bu reaktsiya asosida glyukozani miqdoriy jihatdan aniqlash usuli ham ishlab chiqilgan: O C-H COOK H - C-OH CH-O \ +2 Cu +NaOH + H 2 O CH-O / OH-C-H H - C-OH COONa H - C-OH CH 2 OH d-glyukoza segnet tuzining misli kompleksi COONa COOK H - C -OH CHOH +2 + Cu 2 O CHOH HO- C -H H - C-OH COONa H - C-OH CH 2 OH natriy glyukonat segnet tuzi mis(1)-oksid Kerakli asbob va reaktivlar: probirka, gaz gorelkasi, 1% glyukoza eritmasi, 1% laktoza eritmasi, 1% maltoza eritmasi, Feling reaktivi Ishning bajarilishi: Probirkaga 1% glyukoza eritmasidan 1-2 ml quyib, unga teng hajmda Feling reaktividan qo’shiladi va aralashma ohistalik bilan qaynaguncha qizdiriladi. Reaktsiya natijasida qizil rangli mis(I)- oksid cho’kmasi hosil bo’lishi kuzatiladi. Bu reaktsiyani boshqa uglevodlar – maltoza, laktozalar ham hosil qiladi, saxaroza va kraxmal bilan esa qizil cho’kma hosil bo’lmaydi, chunki ular qaytaruvchanlik xossasiga ega emas. Disaxaridlar Disaxaridlar tabiatiga ko’ra monosaxaridlarning glyukozidi hisoblanadi. Faqat u yerda radikal ham monosaxarid qoldig’idan iborat. Demak, disaxaridlar ikkita monosaxarid qoldig’ining o’zaro birikishidan hosil bo’ladi. Ularning umumiy formulasi C 12 H 22 O 11 . Disaxaridlar bog’lanish tipiga qarab ikki guruhga bo’linadi: 1) maltoza tipidagi disaxaridlar – ularning hosil bo’lishida birinchi monosaxaridning glyukozid gidroksogruppasi bilan ikkinchisining to’rtinchi uglerod atomidagi spirt gruppasi orasida kislorod ko’prigi hosil bo’ladi. Shuning uchun bu disaxaridlar erkin aldegid gruppasiga ega bo’lib, monosaxaridlar singari qaytaruvchanlik xossasini namoyon qiladi. Bu guruhga maltoza, laktoza, tsellobioza kiradi. 2) tregaloza tipidagi disaxaridlar – bu guruhga kiruvchi shakarlarda har ikkala monosaxarid molekulasidagi glyukozid gidroksogruppasi bog’ hosil qilishda ishtirok etadi. Shu sababli qaytaruvchanlik xossasini namoyon qilmaydi. Bu guruhning asosiy vakili saxarozadir. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling