Statik biokimyо


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

2R-COONa + CaCI

 (RCOO)
2
 + 2NaCI 
 
Uchinchi probirkaga qo’rg’oshin atsetatning 10% li eritmasidan 3-4 tomchi qo’shiladi, 
bunda yog’ kislotalarning suvda erimaydigan qo’rg’oshinli tuzi hosil bo’ladi. 
Nazorat uchun savollar 
1. Yog’larning eruvchanligi qanday aniqlanadi? 
2. Yog’larning eruvchanligi deganda nimani tushunasiz? 
3. Yog’lardagi glitseringa xos sifat reaktsiya qanday bajariladi? 
4. Yog’larga xos sifat reaktsiya deganda nimani tushunasiz? 
5. Biologik suyuqliklardan yog’ qanday ajratib olinadi? 
6. Biologik suyuqliklardan yog’ ajratib olish uchun nimalarga e’tibor qaratiladi? 
7. Biologik suyuqliklardan yog’ ajratish nimaga asoslanadi? 
8.Biologik suyuqliklardan yog’ ajratib olish uchun sutdan tashqari yana qanday 
mahsulotlardan foydalanish mumkin? 
9.
 Yog’larning sovunlanishi deganda nimani tushinasiz? 
10.
 Yog’lardan yog’ kislotalar qanday ajratib olinadi? 
 
QSILLAR KIMYOSI 
Nazariy tushuncha: 
Tirik organizmlarning tashkil topishida va ularda hayotiy jarayonlar amalga oshishida 
oqsillarning roli katta. Ular barcha tirik organizmlar, bir hujayrali suv o‘simliklari va 
bakteriyalar, ko‘p hujayrali hayvonlar hamda odam organizmi, tirik organizmlar bilan jonsiz 
tabiat chegarasida turuvchi viruslar tarkibining ajralmas qismini tashkil qiladilar. Hujayrada yuz 
beradigan har qanday kimyoviy o‘zgarish oqsillar ishtirokisiz amalga oshmaydi. Umuman 
olganda oqsillar hujayrada boshqa kimyoviy komponentlarga qaraganda ancha ko‘p jarayonlarda 
xilma-xil funktsiyalarni bajaradi.
1. Katalitik funktsiyasi- shu vaqtgacha kashf etilgan barcha biologik katalizatorlar ya’ni 
fermentlar oqsillardir. Нozirgi vaqtda 2000 dan ortiq fermentlar ishtirokida boradigan 
reaktsiyalar ma’lum.
2. Oqsillar zahira oziq manbai vazifasini ham bajaradi. Masalan, tuxumdagi-albumin, 
sutdagi-kazein, bug‘doydagi-gliadin, makkajo‘xoridagi-zein oqsillari tirik organizmlarning 
rivojlanishi uchun zarur oziq bo‘ladi. 
3. Transport funktsiyasi. Gemoglobin, gemotsianin oqsillari qonda O
2
va CO
2
ni 
tashiydi. Qon plazmasi oqsillari, albumin va ba’zi globulinlar, yog‘ kislotalar, lipidlar, temir, mis 
kabi metal ionlarini tashiydi. 
4. Нimoya funktsiyasi. Organizmning immunologik tizimi tanaga kirgan bakteriya, toksin 
va viruslarga qarshi javob reaktsiyasi sifatida oqsil tabiatli antitelalar ishlab chiqaradi hamda 
ularni parchalab zararsizlantiradi. Masalan, qondagi fibrinogen va trombin oqsillari qon 
quyuqlashishida ishtirok etadi. 
 5. Qisqarish funktsiyasi. Muskullarning qisqarishi oqsillar ishtirokida kechadi. Masalan, 
aktin va miozin oqsillari muskullar qisqarishida ishtirok etsa, diyenin oqsili eng sodda 
organizmlar xivchinlarning harakatlanishida ishtirok etadi. Bundan tashqari miozin yana 
fermentlik faoliyatiga ham ega. 
 6. Struktura funktsiyasi. Teri, suyak, tirnoq, soch, tuyoqlar asosan (

-keratin va kollagen 
oqsillaridan, hashoratlar skeleti sklerotindan, pilla ipagi fibroindan tashkil topgan. 
7. Oqsil gormonlar. Bir qator ichki sekretsiya bezlarining mahsulotlari peptid va oqsil 
tabiatiga ega. Masalan, insulin, o‘sish gormoni va boshqalar. Ular organizmda moddalar 
almashinuvini rostlab turadilar. Bundan tashqari oqsillar yana juda ko‘p biologik faol 
strukturalarning tuzilishida va funktsiyasida ishtirok etadilar. Masalan, hayvon zahiralarining 
aksari oqsil tabiatiga ega, ko‘rish pigmenti rodopsin, informatsiyani hujayra ichiga uzatadigan 


membrana yuzasidagi maxsus tuzilma retseptorlar oqsillarni boshqa molekulalar bilan bergan 
kompleksidir. Oqsillar asosan uglerod (50-55 %), kislorod (21-24 %), vodorod (6,5-7,3 %), azot 
(15-18 %), oltingugurt (0-2,5%) elementlaridan tashkil topgan. Ana shu elementlardan birontasi 
yetishmasa, oqsillar mutlaqo sintezlanmaydi. Bu elementlar ichida eng xarakterli narsa azot 
miqdori, uning o‘rtacha miqdori 16 % ni tashkil qiladi. Shunga muvofiq, oqsil tarkibidagi azot 
miqdori asosida ayni biologik ob’ektdagi oqsil miqdorini aniqlash mumkin. Ayrim oqsillar 
tarkibida fosfor, yod, temir, rux, marganets va boshqa elementlar ham uchraydi. Oqsillar kislota 
yoki ishqor ishtirokida 100-110
0
atrofida 24 soat qaynatilsa, to‘liq gidrolizga uchraydi. Нosil 
bo‘lgan mahsulotlar aminokislotalardir. Umuman olganda tabiatda 300 ga yaqin aminokislotalar 
ma’lum bo‘lib, shulardan 20 xili oqsillar tarkibida doim, ba’zilari ayrim hollarda uchraydi. 
Ularni proteinogen aminokislotalar deb ataladi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling