Stilistik figuralar


Download 123.67 Kb.
bet12/12
Sana18.06.2023
Hajmi123.67 Kb.
#1562408
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
STILISTIK FIGURALAR1

Epitet(sifatlash) – grekcha so’z bo’lib , izohlovchi degan ma’noni anglatadi . Epitet poetik izohlovchi bo’lib , u doimiy sifatlovchidan ekspressivlik hosil qilishi , ko’chma ma’noda ishlatilishi bilan farq qiladi .
Muallif tasvirlayotgan narsa yoki voqeaning o’zi zarur hisoblangan tomonini ma’lum nuqtayi nazardan turib baholash uchun eptitetdan foydalaniladi. Masalan ,
Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so’raydi qadrin
Fursat g’animatdir shoh satrlar-la
Bezamoq chog’idir umr daftarin.
(G’afur G’ulom)
Ayrim epitetlar biron narsa bilan chambarchas bog’langan bo’ladi . Masalan , qor deyilsa oppoq so’zini , osmon deyilsa ko’m-ko’k so’zini , odam deyilsa yaxshi yoki yomon so’zlarini beixtiyor qo’shib aytamiz. Bunday so’zlar narsaning doimiy belgisidir . Shuning uchun ham ular doimiy epitetlar deyiladi.

Epifora – yunoncha so’z bo’lib epi- keyin , foros – ma’no demakdir. So’zlar oxirida unli yoki undosh tovushlarning , misralar , gaplar , abzastlar oxiridaa bor xil konstruksiyaning takrorlanishiga epifora deyiladi . Anafora og’zaki va yozma nutqda epifora esa , asosan , yozma nutqda qo’llaniladi.
Bunda bor harorat , muhabbat, shafqat, va mehnat nonini ko’ramiz baham . (G’afur G’ulom)
Vaqt hamma narsadan kuchli deydilar , quyosh , tovush va nur harakatini taajjublanarli , tez , deydilar , atom va vodarod quvvatini tengsiz va beqiyos quvvat deydilar . (Vohid Zohidov)

Rad ul matla san’ati arabchada matlaning takrorlanishi , qaytarilishi deb atalsada , aslida matlaning bir misrasi yarim takrorlanadi . Shuningdek , “raddi matla” , g’azalning birinchi misrasini asar oxirida takrorlanishi ham nazarda tutadi . Ushbu san’at nomi ba’zi tadqiqotlardda raddul matla tarzida yozilgan .
Iqbol Mirzoning “O’pkalanib” she’riga e’tiborni qarataylik .
O’pkalanib qaraysiz , o’pkalanib…
Ko’zimning gavhari , maxzanim,
Quchmaganim, suymaganim, o’pmaganim,
Sochlarini boshginamdan to’kmaganim,
O’pkalanib qaraysiz, o’pkalanib…
Download 123.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling