Stilistik figuralar


Download 123.67 Kb.
bet7/12
Sana18.06.2023
Hajmi123.67 Kb.
#1562408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
STILISTIK FIGURALAR1

Metofora
Metofora (istiora)ning shaklllaridan biri jonlantirish nutqda ko’p ishlatiladi. Masalan yoniq ko’zlar. Metin iroda. Otash qalb. Og’it fe’l. Ayniqsa, she’riyat poetic metofaralarga boy bo’ladi: “jilva qilar chamanlar, qad ko’tarar shaharlar” (Uyg’un); “Yuragimning qalin, qizg’in olovi-la qaynag’on ko’z yoshlarim, qaydasiz?” (Fitrat); “Bosh tebratar soat kafkiri, Der: qadrimni bilmas odamlar”.

O’xshatish, qiyoslash, qarshilash predmet, uning mohiyatini yaxshiroq anglashga yordam beradi, predmetning betakror xususiyatini yaxshiroq va o’ziga xosligini namoyon etadi. Boz ustiga, ular tinglovchining tasavvurini uyg’otadi, ular ko’z o’ngida predmet va hodisaning jonli suratini namoyon etadi, bu esa, o’z navbatida, diqqatni kuchaytirib, notiq nutqining idrok etilishini oshiradi. Masalan: “Muhabbat dutor, ehtiyot qilib ishlatmasang, tob tashlaydi”, (A. Muxtor). Yoki “Boshqa ishga yaramay adabiyotga tanqidchilik qilib kun ko’rib yurgan tanqidchi qo’rqoq qorovulday har sharpadan cho’chib shaqildoq chalaveradi” (A. Qahhor).



  1. Qo’limdagi sharob to’la payola

Qip-qizildir go’yo bahorgi lola.

  1. Qip-qizil botayotgan kun kabi,

Qip-qizildir go’yo qizlarning labi
(Hamid Olimjon)

Inversiya
Inversiya uslubiy figurasi ham nutqning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. Inversiya ( lotincha inversion – o’rnini almashtirish so’z) nutqda gap bo’laklarining odatdagi o’rnini almashtirib berish bo’lib, notiqqa o’z nutqining g’oyasini, ta’kidlamoqchi bo’lgan fikrini alohida ajratib berishga yprdam beradi. O’zbek tilida gapdagi so’zlarning o’rni nisbatan aniq – odatda gapning boshida ega, oxirida kesim, qolgan gap bo’laklari esa o’rtada keladi. Shuning uchun ham so’zlarning o’rni almashib kelganda nutqning yo’nalishi, uning “musiqasi” sezilarli tarzda o’zgaradi. Inversiya she’riy nutqda ko’p ishlatiladi. Masalan:
Ko’p avjida uzilmasin tor,
She’r yarmida sinmasin qalam.
Yashab bo’lmay umrini zinhor,
Bu dunyodan ketmasin odam.”

Takror
Bu figura so’zlovchi aytayotgan gapi o’z hissiyotini ifodalashga mos emasligini anglab , miqdorni ko’paytirish orqali sifatni ta’minlashga xizmat qiladi. Shunda takror yuzaga keladi. Takror hissiyotli nutqni ifodalaydi. Bunda so’z, so’z birikmasi, gaplar aynan takrorlanishi mumkin:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling